1.4. “Yozma ish” strategiyasi
Strategiya o’quvchi (talaba)larda mustaqil ijodiy fikrlash malakalarini shakllantirishga yordam beradi va har bir o’quvchini mustaqil ravishda faoliyat yuritishini ta’minlaydi.
Ta’limda strategiyani qo’llashda o’quvchi (talaba)larga quyidagi sxema asosida ish ko’rish taklif qilinadi:
Kim yoki nima haqida yozmoqchi ekanligingizni aniq belgilab oling!
Insho (hikoya, maqola) uchun mos sarlavha toping!
Insho (hikoya, maqola)ning qoralamsi (xomaki nusxasi)ni tayorlang!
Insho (hikoya, maqola)ning xomaki nusxasini qayta o’qib chiqib, xatolari bo’lsa tuzatish kiriting!
Insho (hikoya, maqola)ning matnini oqqa ko’chiring!
Insho (hikoya, maqola)ni jamoadoshlaringizga o’qib bering!
Strategiya asosida ishlash uchun o’quvchi (talaba)larga 9-10 daqiqa vaqt beriladi.
Uni kichik guruhlarda ham qo’llash mumkin. Bunda o’quvchi (talaba)larni guruhlarga biriktirish uchun raqamli kartochkalardan foydalanish qulay. Har bir kichik guruh alohida mavzular asosida hikoya, esse yoki maqolalarni tayyorlash mumkin. Hikoya, esse yoki maqolalarni tayyorlashda guruh a’zolarining birgalikda, o’zaro fikr almashib faoliyat yuritishlariga erishish maqsadga muofiqdir. Belgilangan vaqt nihoyasiga yetgach, har bir guruhning ishi taqdimot asosida namoyish etiladi. O’qituvchi hikoyaning mazmuni, saviyasi va orfografik xatolariga e’tibor bergan holda guruh ishini baholaydi.
Strategiyani qo’llash quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
Har bir o’quvchi (talaba), juftlik yoki guruhga o’rganilgan mavzuga oid bir nechta tayanch tushuncha yoki mavzular yozilgan kartochkalar tarqatiladi
O’quvchi (talaba), juftlik yoki guruhlar kartochkada ko’rsatilgan tushuncha yoki mavzulardan birini tanlab, u asosida kichik hikoya, esse yoki maqola tayyorlaydi
Agar o’quvchi(talaba), juftlik yoki guruhlarga bir necha tayanch tushuncha (so’z)lar taqdim etilsa, yaratilgan hikoya, esse va maqolalarda ushbu tayanch tushunchalar ishtirok etishi zarur
Har o’quvchi(talaba), juftlik yoki guruh hikoyaning avval qoralamasini yozadi
Har bir o’quvchi(talaba), juftlik yoki guruh o’zi tomonidan tayyorlangan hikoya, esse yoki maqolani tekshirib chiqib, oqqa ko’chiradi
Hikoya, esse yoki maqola tayyorlash uchun har bir o’quvchi(talaba), juftlik yoki guruhga avval o’zi bilgan, tanigan, eshitgan, o’qiganlarini yodga olish va ular haqida yozish tavsiya etiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |