Samarqand davlat universiteti fizika fakulteti umumiy fizika va magnetizm kafedrasi


Fizik jarayonlarni kompyuter yordamida modellashtirish va uning istiqbollari



Download 8,52 Mb.
bet105/138
Sana09.06.2022
Hajmi8,52 Mb.
#646925
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   138
Bog'liq
2d863ee1fe8fe04036d0b25f02af0d26 МАЖМУАИ ДАСТУРИ ТАЪЛИМИ ОИД БА ФАННИ “УСЛУБИЯТИ ОМЎЗИШИ ФИЗИКА

Fizik jarayonlarni kompyuter yordamida modellashtirish va uning istiqbollari
Ta’lim jarayoniga shu jumladan fizika fanini o’qitishda YaPT ni joriy etish kompyuter imkoniyatlaridan foydalanish bilan bog’liq. Zamonaviy kompyuterlar yordamida istalgan fizik jarayonlarni uning modeli orqali namoyish etish imkoniyati majud. Fizik tajribalarni kompyuterda modellashtirish orqali turli xil asbob va uskunalarga ehtiyoj tug’ilmaydi. Kompyuter yordamida ko’zga ko’rinmas va tez kechadigan fizik jarayonlarni istalgan jadallikda namoyish etish imkoniyati bor. Texnika xavfsizligi muammosiga barham beriladi. Kompyuter va «INTERNET» tarmog’i imkoniyatlaridan foydalanish orqali ta’limning ko’rgazmalilik, ishonarlilik, mustahkamlik, sistematiklik kabi didaktik tamoyillari amalga oshiriladi. Fizik jarayonlarni modellashtirish bilan 8-ma’ruzada tanishgan edik va unda ayrim fizik jarayonlarni modellashtirishga to’xtalgan edik (63-68 betlarga qarang).


Nazorat savollari.

  1. Fizikadan O’TV ning turlari?

  2. O’TV ning didaktik ahamiyati?

  3. Demonstrasiya (namoyish) o’tkazish tartibi va uning ta’lim jarayonidagi ahamiyati?

  4. Zamonaviy O’TV; EHM da tajribalarni modellashtirish qanday didaktiv afzalliklarga ega?

  5. Fizika o’qituvchisi qanday qo’shimcha kasblarni egallashi lozim?

  6. Umumiy o’rta ta’lim maktablarda fizika fanidan demonstrasiyalar ro’yxati qaysi hujjatda ko’rsatilgan?



14-Ma’ruza. O’tilgan mavzuni takrorlash va o’quvchilar bilimi va malakasini nazorat qilish uslubiyati.
Testologiya haqida umumiy ma’lumoti.
Reja: O’tilgan mavzularni takrorlash usullari, o’quvchilar bilimini nazorat qilishning obyektiv va subyektiv usullari. Reyting tizimi. Test usuli. Testning layoqatliligini (validligini) tekshirish (aprabasiya).
Tayanch iboralar: Obyektiv, subyektiv, test, aprabasiya, validlik, ekspert

O’tilgan mavzuni takrorlash usullari.

Ta’lim jarayonida o’quv materiallini berish bilan birgalikda uni mustahkamlash ham muhim ahamiyatga ega. O’quvchilar bilimini mustahkamligi takrorlash orqali amalga oshiriladi. Halqimizda «Mulla bo’lsang takror qil» degan ibora bejiz aytilmagan. Takrorlash usullari haqida to’xtalamiz. Takrorlash o’tilgan mavzuni qayta o’rganishga aylanmasligi kerak. Takrorlash yangi mavzuni o’zlashtirishga zamin hozirlaydi. Takrorlash yodlab olingan narsalarni mexanik tarzda so’zlab berishga aylanmasligi zarur, balkim o’quvchilarni mantiqiy xulosa chiqarishga va o’zlashtirilgan mavzularni sistemaga keltirishga harakat qilishi kerak.


Takrorlashning samarali usuli turli xildagi masalalarni yechish, laboratoriya ishlarini bajarish hisoblanadi. Masala yechish orqali o’quvchilarning nazariy bilimlarini amalda qo’llanilishini, fizik kattaliklar va munosabatlarning fizik mohiyatini chuqurroq o’rganilishiga erishiladi. Takrorlashni yangi mavzuni o’tishdan avval, dars davomida va darsning yakunida ham o’tkazish mumkin. Takrorlash sistematik tarzda o’quv yili davomida o’tkazilishi kerak.


O’quvchilar bilim va malakasini nazorat qilish uslubiyati

O’quvchilar o’zlashtirishini baholash orqali ularning xotirasini rivojlanishiga, olgan bilimlarini sistemaga keltirishga erishiladi. O’quvchilar bilimi va malakasini baholash orqali o’qituvchi qo’llagan uslubiyatining samaradorligi to’g’risida xulosa chiqarishi mumkin. Shu yo’l bilan o’qituvchi o’zi yo’l qo’ygan xato va kamchiliklarni dars jarayonida to’g’rilab borishi mumkin. Sistematik tarzda o’tkaziladigan nazorat o’quvchilarda javobgarlik hissini uyg’otadi, intizomni mustahkamlaydi. O’quvchilar bilimi va malakasini nazorat qilishda qo’yiladigan asosiy talab uning obyektivligidir. Fizikadan o’quvchilar bilimi va malakasini nazorat qilish quyidagi usullar bilan amalga oshiriladi:



  1. Og’zaki usuli eng keng tarqalgan usul hisoblanib, uning yordamida o’quvchi bilan o’qituvchi o’rtasida aloqa o’rnatiladi. Og’zaki so’rov darsning boshida, dars davomida va dars oxirida o’tkazilishi mumkin. Og’zaki so’rash o’quvchilarni mantiqiy fikrlashga va nutqini o’stirishga xizmat qiladi. Og’zaki so’rov yakkama-yakka va frontal usullarda olib borilishi mumkin.

Yakkama-yakka usulda o’quvchilardan biri doska oldiga chiqib fizik jarayonni, masalani yoki qonuniyatni izohlab beradi. Bu usulda eng muhimi munozaraga sinfdagi barcha o’quvchilarni jalb etish hisoblanadi. O’quvchilarga beriladigan savol asosiy va qo’shimcha savollarga bo’linishi ham mumkin. Qo’shimcha savol o’quvchilar asosiy savolga javob bera olmagan taqdirda beriladi va asosiy savolga javob berishga ko’maklashadi. Sinfdagi barcha o’quvchilar diqqatini o’quvchi javobiga qaratilishga erishmoq kerak. Agar o’quvchi javobida xato yoki kamchiliklar bo’lsa, uni boshqa o’quvchilar tomonidan to’ldirilishi so’raladi.
Savol nafaqat qo’l ko’targan o’quvchiga, balkim tinch o’tirgan o’quvchilarga ham berilishi zarur. Shu usulda barcha o’quvchilar diqqatini muhokama etilayotgan mavzuga qaratish mumkin. Yakkama-yakka so’rash usulida qo’yiladigan savol ko’rgazmali qurollar, chizmalar, grafiklar, jadvallarga ta’luqli bo’lishi ham mumkin.

  1. Frontal (Yalpi) so’rov usuli. Bu usulda o’quvchilar bilimi va malakasi nazorat ishi olish yo’li bilan amalga oshiriladi. Nazorat ishlar 15-20 minut yoki bir dars davomida o’tkazilishi mumkin. Nazorat ishidan maqsad qisqa vaqt ichida o’quvchilar o’zlashtirishini anqlash, ularning olgan nazariy bilimlarini amalda qo’llashda o’rgatish hisoblanadi. Nazorat o’tkazish vaqti va mavzusi avaldan e’lon qilinishi ham mumkin. Hozirgi paytda qisqa muddatli nazorat ishlar test sinovlari orqali amalga oshirish ta’lim jarayoniga kirib kelmoqda. Test sinov usulining ijobiy tomonlari bilan birgalikda u ayrim kamchiliklardan ham holi emas. Test usuliga haddan ortiq berilib ketish, o’quvchilarni mayda savollarga javob berishga o’rgatib, mantiqiy fikrlash va mavzuni to’liq o’zlashtirishdan chalg’itadi. Yozma nazorat ishda berilgan masalalar o’quvchilar xotirasida uzoq saqlanadi va ular o’zaro bahslashib to’g’ri yechimni topishga intilishadi. Nazorat ishlarni tekshirib baholash va xato kamchiliklarini ko’rsatish muhim ahamiyatga ega. Nazorat ishlar natijasi muhokama etilib barcha o’quvchilarning yozma ishidagi umumiy kamchiliklar ko’rsatilishi kerak.



O’quvchilar bilimi va malakasini nazorat qilishning test-sinov usuli.

O’quvchilar bilimini nazorat qilib borish dars jarayonining ajralmas va muhim bosqichi hisoblanadi. O’quvchilar bilimi va layoqatini nazorat qilishning asosan ikki usuli mavjud: obyektiv va subyektiv usullar. Subyektiv usulda o’qituvchi o’quvchi javobi va malakasini o’z bilimi va ta’surotlari asosida taqqoslash orqali baholaydi.


Obyektiv baholash ma’lum bir mezon asosida amalga oshiriladi. Hozirgi paytda bu test usuli hisoblanadi. Bu usulda o’quvchi bilimini baholash uchun test topshiriqlari ekspert komissiyasi a’zolari tomonidan tuzilgan testlar asosida o’tkaziladi. Ekspert hay’ati tarkibiga fan mutaxassisi, psixolog va pedagoglar kiradi.


Test usulida o’quvchi javobi etalon bilan solishtirilib, obyektiv
xulosa chiqariladi (baholanadi).


Test (T3)=topshiriq (3)+ Etalon
Test topshiriqlariga quyiladigan asosiy talablar: aniqlik, soddalik, bir qiymatlilik.
Aniqlik-o’quvchi test topshiriqlarini o’qib undan nima talab qilinayotganligini va qanday yo’l tutish lozimligini anglab yetishi zarur.
Soddalik-test topshiriqlari soda va tushunarli bo’lishi zarur.
Bir qiymatlilik-ya’ni test javoblari kim tamonidan tekshirilmasin javob bir xil bo’lishi kerak (baholashning bir xilligi)


O’zlashtirish darajasi (koeffisiyenti) Quyidagi munosabat orqali aniqlanadi.
, a-to’g’ri javoblar soni r- test topshiriqlari soni.
agar k0,7 yoki k70% bo’lsa, o’quv materiali o’zlashtirilgan hisoblanadi. Agar o’quvchilar javobida
K()56%-qoniqarsiz, k()71%-85% yaxshi k()86100%-bo’lsa a’lo baholar bilan baholanadi.

Test usullari bilan shug’ullanadigan fan vujudga keldi. Bu fan testologiya deb ataladi. Ekspert komissiya tamonidan tuzilgan test topshiriqlari aprabasiyadan o’tkazilib uning validligi (yaroqliligi) aniqlanib, so’ngra u testdan o’quv jarayonida ommaviy ravishda foydalanish mumkin.


Test topshiriqlarini aprabasiyadan (sinovdan) o’tkazish usuli. Masalan 30 ta test topshirig’i tuziladi. Bu testlar tajriba sinfiga topshiriq sifatida beriladi. Natija tahlil qilinganda 30 ta test topshirig’idan 3 tasini hyech bir o’quvchi yecha olmagan. Demak bu test topshiriqlari invalid hisoblanadi. Bu 3 ta test topshirig’i o’quv dasturiga mos emas yoki topshiriq noto’g’ri tuzilgan ya’ni qandaydir kamchilikka ega. Bu test topshiriqlarini takomillashtirish yoki boshqasi bilan almashtirilish lozim.
Test topshiriqlari murakkabligi darajasi bo’yicha to’rt turga bo’linadi.
Birinchi darajali qiyinchilikdagi test topshiriqlarini o’quvchilar tayyor javoblar ichidan to’g’risini ko’rsatish yoki “ha” yoki “yo’q” degan javobni berishi lozim. To’g’ri javob testning o’zida beriladi.
Ikkinchi darajali test topshiriqlarida tayanch iboralar yoki tavsiyalar berilmaydi. O’quvchi o’z bilimi va malakasiga asoslanib jumlada yoki formulada yetishmagan elementni qo’yishi lozim.
Uchinchi darajali test topshiriqlari o’quvchining izlanuvchanlik faoliyati bilan yechiladi, ya’ni topshiriqda tayyor javob berilmaydi, noan’naviy misol va masalalarni yechish taklif etiladi. Bu turdagi testlarni yechishda o’quvchidan tahlil, sintez, taqqoslash kabi ko’nikma va malaka talab qilinadi.
To’rtinchi darajali test topshiriqlarini yechish uchun o’quvchi yoki talabadan ijodiy yondoshuv orqali yangi ilmiy ma’lumotni yuzaga keltirish topshiriladi. Ushbu test topshiriqlari dalzarb muammolarga bag’ishlangan bo’lib, o’quvchi uni zamonaviy fan va uslubiyat yutuqlaridan foydalanib yechishi mumkin.
Test asosida o’quvchilar bilimi va malakasini nazorat qilish bir qator didaktik afzalliklarga ega bo’lishi bilan birgalikda u kamchiliklardan ham xoli emasligi ayon bo’lmoqda. Ushbu kamchiliklar:

  1. Test asosida o’quvchilar bilimini baholashning noadekvatligi (absalyut to’g’ri emasligi).

  2. O’quv maqsadini (motivni) o’zgarishiga olib keladi.

  3. O’quv predmeti mazmunining qisqarishi.

  4. Nazorat jarayonidan mutaxassis o’qituvchilarning chetlatilishi

  5. O’qituvchi malakasini pasayib borish tendensiyasi

  6. Test ko’p sarf va harajat talab etadi.

  7. Test usuli adolatli va zamonaviy bo’lsa ham, yuqorida qayd etilgan kamchiliklardan saqlanish lozim.



O’quvchilar bilimini boholashda reyteng usulining
didaktik asoslari.
Respublikamizda olib borilayotgan ta’lim islohatlari o’quvchilar bilimini baholashda yangi usulni tadbiq etayati. Bu reyting usuli bo’lib, uning odatdagi baholash usulidan qanday farqi bor? degan savolga javob berishga harakat qilamiz. Odatdagi usulda o’quvchi bilimi va malakasi besh ballik sistema bilan baholanar edi. Buning asosiy kamchiligi o’quvchilarning bilimini baholashda xatollikka yo’l qo’yiladi. Masalan, sinfda o’nta a’lo bahoga o’qiydigan o’quvchi bo’lsa, ularning hammasi uchun “5” ball qo’yiladi. Vaholatki o’nta o’quvchining bilimi turli darajada bo’lsa ham ularga bir xil ball beriladi. Xudi shunday “4” va “3” ballar bilan bir necha o’quvchi baholanadi. Shuning uchun baholashni differensasiya qilish maqsadida reyting sistemasi joriy etilmoqda. Bu usul Oliy va o’rta maxsus ta’lim muassasalarida to’la joriy etilgan bo’lsa, umumta’lim maktablariga endi qo’llanila boshlandi.
O’quvchilar bilimini reyting usulida baholashda aniq mezon ishlab chiqilishi zarur. Buning yagona yo’li test asosida o’quvchilar bilimini baholash hisoblanadi. Reyting ballari asosida hozirda Oliy va o’rta maxsus ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilinmoqda, Oliy o’quv yurtlari talabalariga stipendiyalar belgilanmoqda, bakalavriyatda to’plangan reyting ballar asosida magistraturaga o’qishga qoldirilmoqda. Reyting usuli ham bir qator kamchiliklardan holi emasligi ayon bo’lmoqda. Uni takomillashtirish va qo’yiladigan ballning aniq mezonini yaratish lozim.



Download 8,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish