Bog'liq 7bcf57be3e167f55128d95090dea6a9c METALLAR MAGNETIZMI
II. Olchash qurilmasining tuzilishi va ishlash prinsipi. Elektromagnit qutblari oraligida ikkita induktiv datchik va Xoll datchigi ornatilgan bolib induktiv datchiklar oraligida elektr qizdirgich pech ornatilib unda titandan yasalgan ampulaga joylashgan namuna ornatiladi. Ampula oz navbatida sterjenga maxkamlangan bolib sterjen tebratgichga maxkamlanadi. Elektromagnitning magnit maydon kuchlanganligi qutblar orasida joylashtirilgan Xoll datchigi yordamida olchanadi. Bu qurilma yordamida tarkibida 3d- va 4f- elementlari bolgan nanozarrachalar quyidagi magnit xarakteriskalari olinadi magnitlanish egri chizigi, gisterezis halqasi, toyinish magnitlanish Is, qoldiq magnitlanish Ir, koertsitiv kuch Hc. Tebranuvchi magnitometr qurilmasining sxemasi 1-rasmda korsatilgan.
1-rasm. Magnitlanishni olchovchi tebranuvchi magnitometr qurilmasining sxemasi. 1-tebratgich, 2-sterjen, 3-elektr isitish pechi, 4-namuna solingan ampula, 5-termopara, -Xoll datchigi, 7-induktiv datchigi, -elektromagnit. Namunani qizdirganimizda uning magnit momenti ozgaradi va namunaning tebranuvchi momenti hosil qilgan signal bilan namunaning tebranuvchi datchigida hosil qilingan signal oratsida balans buzilishi kuzatiladi. Bu razbalans kuchaytiriladi va togrilanadi. Kompensatsion galtakdagi kuchlanish tushishi togrilanib ikki koordinatali o’ziyozar potensiometrning “Y” o’qiga beriladi.
Magnitlanishning temperaturaga bog’liqligi Ix(Т) ni olish uchun namuna bifilyar o’ramli elektropech ichiga joylashtiriladi va magnit maydonini oshirib Is ni to’yinishgacha etkazdiriladi va temperatura oshiriladi. Temperaturaning ozgarishi pech ichiga joylashtirilgan xromel-alyumel termoparasining termo EYuK iga qarab darajalash jadvalidan hisoblanadi.
Agar oziyozar ikki koordinatali potentsiometrning "Y" oqiga olchovchi galtakdan keluvchi EYuK berilsa "X" oqiga pech ichiga joylashtirilgan termoparada hosil bolayotgan EYuK ulansa u holda potensiometrda uzluksiz Ix(T) ni grafigini hosil qilish mumkin. Bu boglanish orqali temperatura intervalida Ix ning ozgarishi namunalarning Kyuri temperaturasi va kristallanish temperaturasi kabi kattaliklarini aniqlanashga imkon beradi.
Namuna "f"- chastota va "h" – amplituda bo’yicha doimiy magnit maydonida tebranadi. Magnit maydoni manbai sifatida ФЛ-1 tipidagi elektromagnit ishlatiladi. Tebranish chastotasi va amplitudasi tebratgichga ulangan tovush generatori (ГЗ-56) orqali hosil qilinadi. Tashqi maydon o’zgarishi bilan tebranuvchi namunaning magnit momenti o’zgaradi. Bu o’z navbatida o’lchovchi g’altaklarda induktsion EYuK ni hosil qiladi. Shuning uchun o’lchovchi g’altakda namuna bo’lmagan holda tashqi maydon o’zgargani bilan EYuK hosil bo’lmasligi uchun u kompensatsiyalanadi. H=const bo’lganda namunaning magnit momentiga proportsional bo’lgan EYuK farqi vujudga keladi. Bu signal У-2-6 yoki У-2-8 tipidagi kuchaytirgich bilan kuchaytiriladi va oziyozar ikki koordinatali potentsiometrning Y oqiga beriladi. Shu potentsiometrning X oqiga Xoll datchigidan kelayotgan magnit maydon kuchlanganligiga proportsional bolgan Xoll EYuK signali beriladi. Shunday qilinganda ikki koordinatali oziyozar potentsiometrda keltirilgan masshtabda magnitlanishning tashqi magnit maydoniga boglanish grafigi hosil qilinadi.