Tashqi tilshunoslik, do` Sossyurga ko`ra, bir lisoniy dalilni ikkinchisining ustiga qalashtirib tashlash, pirovard natijada tizim talablari bilan o`zini urintirmasligi mumkin. Birinchidan, har bir tadqiqotchi tilning o`z hududidan tashqarida qo`llanishiga doir faktlarni o`zicha guruhlarga ajratishga haqli. Ikkinchi tomondan, shevalar bilan bir qatorda adabiy tilning yuzaga kelishiga sababchi bo`lgan omillarni o`rganishda doimo ularni quruq qayd etish bilan chegaralanish mumkin.
Ichki tilshunoslik haqida gapirar ekan, do` Sossyur bu erda ixtiyoriy harakat, dalillarni o`zicha guruhlash mumkin emasligini ta`kidlaydi. Chunki til - faqat o`z tartibiga bo`ysunadigan tizimdir O’z fikrini asoslash uchun muallif tilni shahmot o`yiniga qiyosladi: shaxmatda nimaning tashqi va nimaning ichki ekanligi ko`zga yaqqol tashlanib turadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |