O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
FILOLOGIYA FAKULTETI
LINGVISTIKA (O’ZBEK TILI) YO’NALISHI
5A 220102– “Filologiya”
MUTAXASSISLIGI MAGISTRANTI
Kurbanova Farangizaning
3-SEMESTR ILMIY PEDAGOGIK ISHI BAJARILGANLIGI HAQIDA
H I S O B O T
Rahbar : ____prof.Eltazarov J.
Samarqand- 2021
Men ilmiy pedagogik ishimni 2020-yil sentabr oyidan boshladim. Shu davrdan boshlab men ilmiy pedagogik ishim yuzasidan o’z mutaxassisligimga oid fanlardan dars berish uchun mashg’ulotlarga tayyorlandim va dars mashg’ulotlarini o’tdim.
Rahbarim bilan birgalikda dissertatsiyam mavzusiga oid global va ommabop mavzular ustida muhokama o’tkazdik. O’tkazilgan izlanishlar davomida dissertatsiyamning mavzusiga oid juda ko’p ma’lumotlar to’pladik. Mutaxasisligimizga tegishli adabiyotlar, maqolalar va ilmiy jurnallar bilan tanishdim. Dissertatsiya mavzuyimga tegishli ma’lumotlarni topib ular ustida nazariy va amaliy ishlarni olib bordik. Bu vaqt mobaynida dars mashg’ulotlariga tayyorgarlik ko’rish, ilmiy ma’lumotlarni o’zlashtirish, ta’lim–tarbiya jarayonlariga muvofiq holda olib borishga alohida e’tibor qaratdim. Dars o’tish jarayoni uchun zaruriy talablarni bajarish ya’ni dars beruvchi pedagogning hujjatlarini to’ldirishni o’zlashtirishga erishdim. Pedagogning o’quv kalendar reja, ishchi reja, dars ishlanmalari, baholash mezonlari, nazoratlar o’tkazish grafiklari bilan ishlash yuzasidan ko’nikmalarga ega bo’ldim. Ayniqsa, mashg’ulotlar o’tish vaqtida yangi pedagogik texnologiyalarning qo’llanillishiga alohida e’tibor qaratdim. Oliy ta’lim to’g’risidagi nizom, Magistratura to’g’risidagi nizom, Universitet nizomlari, Magistratura mutaxassisliklari davlat ta’lim standarti hamdaNamunaviy o’quv rejalari va fan dasturlari bilan tanishib oldim.
Kafedramiz o’qituvchilari ko’magida kafedrada ilmiy ma’lumotlarni o`rgangan holda ishlab bordim. Dars mashg’ulotlariga tayyorgarlik ko’rishda adabiyotlardan, asosan kompyuter grafikasi va jadvallardan samarali foydalanish bo’yicha ko’nikmalarga ega bo’ldim.
Kafedra hujjatlaridan kafedraning yillik va istiqbolli ish rejalari, kafedraning ishchi o’quv rejasi, o’quv soatlari hajmi, o’quv yuklamalari taqsimoti, Namunaviy va ishchi fan dasturlari, Reyting jurnali yuritilishi, Reyting nizomi va texnologik xaritalar hujjatlari bilan tanishib o’tdim.
O’z ilmiy pedagogik ishim mobaynida men kafedra o’qituvchilarining seminar va amaliy mashg’ulotlarida ishtirok etib bordim. Bunda tajribali professor o’qituvchilarning o’z darslarida yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llashi, amaliy dars o’tish uslublarini kuzatdim.
Ilmiy pedagogik ishim davomida kafedra yig’ilishlarida qatnashib, unda ko’rilgan masalalar bilan va ularning yechish bosqichlari bilan yig’ilish bayonnomalari orqali tanishib bordim.
2020-yil 5-noyabrdan 2021-yil yanvar oyigacha rahbarim dars mashg’ulotlari hujjatlarini to’ldirish borasida shu bilan birga pedagog faoliyatida zaruriy xususiyatlar haqida ko’rsatmalar berib, dars mashg’ulotlarida informatsion texnologiyalarni tadbiq qilish usullari bilan ham tanishtirib bordilar.
Faoliyatim davomida men o’quv rejalari, yillik ish rejasi, ishchi o’quv rejasi, ma’naviy-ma’rifiy ishlar, ilmiy kengash ishrejalari va reyting tizimini tahlil qilgan holda o’rganib bordim. Talabalar uchun joriy, oraliq, yakuniy nazorat savollarini tuzish, mustaqil ish mavzularini tanlash borasida qo’shimcha ma’lumotlarga ega bo’ladim. Bundan tashqari moodle va zoom pragrammalarida ishlash ko’nikmalariga ham ega bo’ldim. Talabalarga masofadan dars o’tish, ularga electron darsliklar tayyorlash, ularni nazorat qilib borishni o’rganib oldim. Albatta bular mening kelgusi ilmiy faoliyatimda juda katta yordam bo’ladi. Chunki bugungi ta’lim jarayonida juda tez va katta o’zgarishlar sodir bo’lmoqda. Ta’limga oid har bir yangilikni mukammal darajada o’zlashtirish bizning asosiy vazifalarimizdan biridir.
Ilmiy pedagogik ishi rahbari: prof.Eltazarov J.
Do'stlaringiz bilan baham: |