Ayrisimon bez (buqoq bezi, timus – thymus) ikki bo‘lak (lobus
dexter–o‘ng va lobus sinister – chap bo‘lak) dan tuzilgan bo‘lib,
biriktiruvchi to‘qimalar vositasida o‘zaro qo‘shilgan. Bez
ko‘krak qafasining tepa qismida o‘ng va chap mediastinal
plevra oralig‘ida joylashgan. Bezning yuqori, o‘tkir qismi
bo‘yinning kekirdak oldi fastsiyasi oralig‘idan (bolalarda 1–1,5
sm) chiqib turadi va to‘sh-til osti hamda to‘sh-qalqonsimon
muskullar orqasida joylashadi. Ayrisimon bezning oldingi sirti
qavariq holda bo‘lib, to‘sh suyagining dastasi va qisman
tanasining orqasida (II–IV qovurg‘alar tog‘ay sathida)
joylashgan. Bezning orqasida perikardning yuqori qismi, aorta
va o‘pka stvoli, aorta ravog‘i va undan tarqaluvchi yirik
tomirlar, chap yelka-bosh va yuqori kovak venalar
joylashgan.Yoshlik (oʻsmirlik) davrida yaxshi rivojlangan
boʻladi.Qon hosil boʻlishida (bunda ayrisimon bezdan
limfotsitlar vujudga keladi), organizmning oʻsishi va umumiy
rivojlanishida, immunitet yuzaga kelishida qatnashadi.
Sogʻlom organizmdagi qon tarkibi va qon yaratish aʼzolari oʻzaro
dinamik muvozanatda boʻladigan yaxlit bitta sistemani tashkil qiladi;
yemirilgan qon hujayralari qon hosil qilish aʼzolarida uzluksiz
yangilanib turadi. Qon yaratilishidagi bunday muvozanat markaziy va
vegetativ nerv sistemasi, gormonlar, vitaminlar, shuningdek, maxsus
moddalar — gemopoetinlar tomonidan boshqariladi.
Qon yoʻqotganda, qonda kislorod yetishmaganda, yalligʻlanish
jarayonlarida, infeksion kasalliklarda qonda eritrotsitlar yoki
leykotsitlar hosil boʻlishi kuchayadi, bu organizmning himoya
reaksiyasidir; bunday holat qonning reaktiv oʻzgarishi deb ataladi. Qon
hosil boʻlishining tezlashuvi organizmning himoya reaksiyasi
boʻlganligi sababli kishi sogʻayganda qon yaratilishi ham normallashadi.
Ayrim kasalliklarda (organizmda temir moddasi, vitamin
V|2etishmaganda, taloq kasallanganda, meʼda olib tashlanganda,
zaharli moddalardan zaharlanganda) qon hosil boʻlishi susayadi,
kamqonlik roʻy beradi. Bundan tashqari, koʻmikda turli patologik
jarayonlar paydo boʻlishi mumkin, bunda, asosan, qonda yosh
(yetilmagan) shaklli elementlar koʻpayadi.
Qon guruhlari
Qon guruhlari muhim biologik faktorlaridan biri hisoblanadi. 1901 yili
avstriyalik olim K. Landshteyner, 1907 yili chex olimi Ya. Yanskiy turli
odamlar qoni kimyoviy-biologik xossalariga ko‘ra bir-biridan farq
qilishini aniqlaganlarюUlarning xulosasiga ko‘ra, barcha odamlar qoni
to‘rt guruhga bo‘linadi.
• I guruh — eritrotsitlarda agglyutinogen umuman bo‘lmaydi,
plazmada agglyutinin α va β bo‘ladi.
• II guruh — eritrotsitlarda agglyutinogen A, plazmada agglyutinin
β bo‘ladi.
• III guruh — eritrotsitlarda agglyutinogen B, plazmada agglyutinin
α bo‘ladi.
• IV guruh — eritrotsitlarda agglyutinogen umuman bo‘lmaydi,
plazmada agglyutinin α va β bo‘ladi.
• V guruh — eritrotsitlarda agglyutinogen A va B bo‘lib, plazmada
agglyutinin umuman bo‘lmayfi.
Do'stlaringiz bilan baham: |