2 – ish. Eshitish o‘tkirligini aniqlash.
Kerakli jihozlar: metal plastinka, pulat zoldir.
Tovush eshitish qobiliyati eshitish analizatorlining holati, tovushning ko‘chi va uzoq yaqinligiga bog‘liq bo‘ladi.
Ishning bajarilishi. Po‘lat zoldir 1, 2, 3, 4…..10 mm yuqoridan metal plastinkaga tashlanadi. Sinaluvchi kishi zoldir tushgan joydan 1m narida teskari qarab turadi va bir qulog‘ini yopib qaysi tovushni birinchi marta eshitganini aytadi. Diametri 2–3 mm zoldirning 8 mm yuqoridan tushgan tovushni 1 m uzoqlikdan eshitishni normal eshitish o‘tkirligi deyiladi. Bu usul Bilan ham bir necha kishini eshitish o‘tkirligini aniqlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |