2 – Ish. Ko‘z o‘tkirligini qog‘oz yordamida aniqlash.
Kerakli jihozlar: Oq qog‘oz, qora qalam yoki ruchka, lineyka.
Ishning bajarilishi. Oq qog‘oz markaziy qismiga qalam yoki ruchka yordamida uzunligi 12–15 sm keladigan, oralig‘i 1 mm bo‘lgan ikkita parallel chiziq chiziladi. Bu qog‘oz tekshiruvchining ko‘z oldiga o‘rnatiladi. Qog‘ozdagi 2 ta parallel chiziq bitta bo‘lib ko‘ringunicha tekshirilayotgan odamdan uzoqlashtiriladi va oraliq o‘lchanadi. Ko‘p hollarda 3–4 metr masofada parallel chiziqlar birlashib ketadi. Shu tarzda bir necha kishini ko‘zi tekshiriladi. Bu tekshirish orqali odamlarda ko‘rish o‘tkirligi turlicha ekanligi ma’lum bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |