ORQA MIYA REFLEKSLARI
Darsning maqsadi. Ta’limiy maqsadi. Baqalarda orqa miya reflekslarini kuzatishdan va refleks faoliyatini moslanishdan iborat ekanligini aniqlash.
Tarbiyaviy maqsadi. Orqa miya o‘tkazuvchi Refleks yoyining ishtirokchisi sifatida ma’lum bir funksiyaga ega ekanligini etirobga olib uning ahamiyatini bilish.
Kerakli jihozlar va reaktivlar. Ilmoqli shtativ, pensit, 1% li sulfat kislota, suvli stakan, filtr qog‘oz va baqa.
ish. Himoya-oyoqni bukish refleksi.
Bosh miyasi olib tashlangan baqa pastki jag’idan shtativ ilgagiga osib qo’yiladi tajriba darhol o’tkazilmaydi, chunki bosh miyasi buzilgan baqa shok holatiga tushib qoladi. Ammo, oradan bir necha daqiqa o’tganidan keyin baqaning oyog’i sulfat kislotaning 0,2% li eritmasiga tushirilsa baqada bukish refleksi hosil bo’ladi (13-rasm).
Bukish refleksi. I-baqalarda, II-odamlarda.
Do'stlaringiz bilan baham: |