Samarqand davlat universiteti biologiya fakulteti odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyosi kafedrasi



Download 7,85 Mb.
bet34/83
Sana31.12.2021
Hajmi7,85 Mb.
#268899
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   83
Bog'liq
OAF majmua falsafa-2019 cb278e6bb07544e6d294c5aecb156987

(3.1 - rasm). Masalan, itda so‘lak ajratish shartli refleksi hosil qilmagan bo‘lsa, shu itdan so‘lak ajratayotgan paytda unga mushukni ko‘rsatsak, so‘lak ajralishi to‘xtaydi: shartli refleks tormozlanadi. Bu vaqtda mushukni ko‘rish tegishli markazning qo‘zg‘alishiga sabab bo‘ladi va bu so‘lak ajratish markazini tormozlaydi. Shuningdek, sigirlar sogilayotganida odatdagi sharoitning o‘zgarishi - shovqin-suron ko‘tarilishi, begona odamlar paydo bo‘lishi sut berish refleksining tormozlanishiga sabab bo‘ladi. Ichki a’zolardan kelayotgan ta’sirotlar ham shartli refleksni tormozlab qo‘yadi. Masalan, qovuqning haddan tashqari to‘lib ketishi, qusish va boshqalar shartli reflekslarni tormozlay oladi. Tormozlanish jarayonining kuchi asab markazlarining holatiga bog‘liq. Juda ochiqqan, ya’ni ovqatlanish markazi kuchli qo‘zg‘algan hayvonda bu markazni nihoyatda kuchli qo‘zg‘algan boshqa markazgina tormozlay oladi.

Orientirlangan refleks – shartsiz tormozlanishning ko‘proq uchraydigan omilidir. bu refleks, behos va begona qo‘zg‘atuvchida mavjud bo‘lgan axborotni to‘laligicha qabul qilish uchun paydo bo‘ladi. Kundalik hayotda inson o‘z faoliyatini yangi, behosdan paydo bo‘lgan qo‘zg‘atuvchiga e’tiborini qaratishi tufayli to‘xtatganini ko‘p ko‘ramiz. ushbu refleksning paydo bo‘lishi momentida konkurent reflekslarning birgalikdagi tormozlanishi namoyon bo‘ladi. u, chuqur yoki sayoz, qisqa yoki uzoq muddatli bo‘lishi mumkin va orientirlangan hamda tormozlanish reflekslarining fiziologik kuchiga bog‘liq. qayta qo‘zg‘algan vaqtda, o‘rganish oqibatida orientirlangan refleks yo‘qoladi, bir vaqtning o‘zida tashqi tormoz-lanishning samarasi ham pasayadi. bunday tormozlanishning boshqa turi – doimiy tormozlanish u yoki bu tormozlanuvchi refleksga o‘z ta’sir samarasini doimiyligi bilan farqlanadi. tashqi tormozlanish stabilligi, xususan, reflektorli aktni tormozlovchi fiziologik kuch bilan belgilanadi. organizm hayoti uchun muhim reflekslarga turli shikastlovchi ta’sirlarga (og‘riq ta’sirlari ham shu jumladan) nisbatan bo‘lgan mudofaa shartsiz reflekslari kiradi. mudofaa doimiy tormozini davom etish muddati uning kuchi va tormozlanuvchi refleks xususiyatiga bog‘liq.



Agar ta’sirning jadalligi oshirilsa, u chaqiradigan samara ham oshadi (kuch qonuni). lekin, ta’sir kuchi yanada ko‘paytirilsa uning samarasi pasayadi yoki yo‘qoladi. ushbu natijaning asosida toliqish emas, balki chegaradan tashqari tormozlanish yotadi. bu xolni I.P.Pavlov himoyalash deb nomlagan, chunki u, miya hujayralari tomonidan energetik resurslarni xaddan tashqari ko‘p sarflashini oldini oladi. tormozlanishning bu turi hayvon asab tizimining funksional holatiga, yoshiga, tipologik xususiyatiga, gormonal sohasining holatiga va boshqalarga bog‘liq. turli jadallikdagi ta’sirlarga nisbatan hujayraning chidamlilik chegarasi uni ishlash qobiliyati chegarasi deyiladi va bu chegara qanchalik yuqori bo‘lsa, hujayra shunchalik o‘ta kuchli ta’sirlarga bardosh beradi. chegaradan tashqari tormozlanishning eng chekka holati, odam va hayvonlarda o‘ta kuchli qo‘zg‘atuvchilar ta’sirida paydo bo‘ladigan karaxtlik hisoblanadi. odam stupor holatiga, ya’ni to‘la harakatsizlik holatiga tushib qolishi mumkin. bunday holatlar faqatgina jismoniy kuchli ta’sir ostida (masalan, bomba portlashi) emas, balki ma’naviy hayajonlanish oqibatida (masalan, yaqin inson o‘lganligi to‘g‘risida kutilmaganda xabar topish) ham yuz beradi.
Chegaradan chiquvchi tormozlanish

Bu tashqi tormozlanishning bir ko‘rinishi bo‘lib, shartli ta’sirot kuchi yoki ta’sir qilish muddati odatdagisidan haddan tashqari oshib ketganda kuzatiladi (3.2 - rasm). Masalan, qo‘ng‘iroq chalinishiga so‘lak ajratish shartli refleksi hosil qilingan itga qo‘ng‘iroqni odatdagidan ancha kuchli yoki uzoq vaqt davomida chalsak, so‘lak ajralishi kuzatilmay qo‘yadi. Chunki asab hujayralarining qo‘zg‘alish me’yori, chegarasi bor. Agarda qo‘zg‘alish shu me’yordan, chegaradan chiqib ketsa, tormozlanish paydo bo‘ladi. Shartsiz tormozlanish tug‘ma bo‘lib, po‘stloq bilan bir qatorda markaziy asab tizimining qo‘yi qismlari uchun ham xos. Shartli tormozlanish faqatgina po‘stloqda kuzatiladi, sekinlik bilan paydo bo‘lib, uzoq vaqt davom etadi. Shartli refleks shartli ta’sirot bilan doimo bir zayilda mustahkamlanib turmasa, shartli tormozlanish paydo bo‘ladi. Bu vaqtda tormozlanish mustahkamlanmay qolgan shartli refleks markazining o‘zida paydo bo‘ladi. Tormozlanish shartli refleksning o‘z markazida paydo bo‘lganligi tufayli, u ichki tormozlanish ham deyiladi. Shartli tormozlanishning to‘rtta xili bor: 1) shartli refleksning so‘nishi; 2) shartli ta’sirotni differensiatsiyalash (tabaqalash); 3) shartli tormoz va 4) shartli refleksning kechikishi.



Shartli refleksning so‘nishi

Shartli refleks hosil qilingandan so‘ng shartli ta’sirot avvaldagiga nisbatan boshqacha qilib ta’sir ettirilsa va shu boshqacha ta’sirot shartsiz ta’sirot bilan mustahkamlanmasa, shartli refleks so‘nib qoladi. Masalan, itda qo‘ng‘iroq chalinishiga so‘lak ajratish shartli refleks hosil qilingan bo‘lsin. SHu itda shartli refleks hosil qilinganda qo‘ng‘iroq qanday chalingan bo‘lsa, keyin ham shunday chalinib, bu signal ozuqa bilan mustahkamlanib borilsa, so‘lak ajralib, shartli refleksi davom etaveradi. Ammo qo‘ng‘iroq o‘zgartirilsa, masalan, avvaliga ma’lum vaqt surunkasiga chalinib, keyin esa bir necha marta qisqa-uzib chalinsa va qo‘ng‘iroqning shu







Download 7,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish