Samarqand davlat universiteti biologiya fakulteti odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyosi kafedrasi


Shartli signalning tavsifi bo‘yicha shartli reflekslar ikkita katta guruhga bo‘linadi



Download 7,85 Mb.
bet29/83
Sana31.12.2021
Hajmi7,85 Mb.
#268899
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   83
Bog'liq
OAF majmua falsafa-2019 cb278e6bb07544e6d294c5aecb156987

Shartli signalning tavsifi bo‘yicha shartli reflekslar ikkita katta guruhga bo‘linadi: eksterotseptiv va intero- septiv. eksterotseptivlarining ichida ko‘rish, eshitish, hid bilish, ta’m bilish, taktil, harorat shartli reflekslari qo‘zg‘atuvchi ta’sir ko‘rsatadigan retseptor priboriga mos bo‘ladi. odamlar o‘rtasida nutq orqali muloqat qilishni o‘rganish, o‘zining asosida, so‘z signallariga bo‘lgan maxsus insoniy shartli reflekslarga ega.

Interotseptiv shartli reflekslar, agar ichki a’zolardan bosh miyaga kelgan afferent zarba, organizmning vegetativ yoki harakat faoliyati uchun signal bo‘la olsagina paydo bo‘ladi. ichki a’zolardan yuzaga kelgan shartli reflekslar mexanik, kimyoviy, harorat, osmotik va boshqalarga bo‘linadi (2.8 – rasm).

Shartli signalning tabiatiga ko‘ra tabiiy (natural) va sun’iy shartli reflekslar farqlanadi. tabiiy shartli reflekslarga shart-siz qo‘zg‘atuvchining (masalan, go‘shtning ko‘rinishi va hidi) tabiiy belgilariga nisbatan hosil bo‘ladigan reflekslar kiradi. har qanday boshqa shartli signallar, masalan, aynan ovqatning xususiyati bo‘lmasdan, faqat uni eyish payti bilan bir vaqtda to‘g‘ri keladigan-larini sun’iy shartli signallar hisoblanadi.

Shartli signalning strukturasiga ko‘ra, shartli reflekslar quyidagilarning:

a) oddiy monomodal qo‘zg‘atuvchilarning;

b) bir nechta komponentlardan (masalan, yorug‘lik + tovush + terini ta’sirlanishi) tashkil topgan bir vaqtda ta’sir ko‘rsatadigan qo‘zg‘atuvchilar majmuasining;

v) ketma-ket keluvchi majmualarning;

g) qo‘zg‘atuvchilar zanjirining (bu zanjirning komponentlari bir-biri bilan vaqt birligida mos kelmagan holda ketma-ket harakat qiladi, shartsiz quvvatlovchi esa faqatgina ularning oxirgisiga qo‘shiladi) ta’siriga qarab farqlanadi.

tasniflashning muhim belgisi shartli va shartsiz qo‘zg‘atuvchining ta’sirini vaqt birligidagi bog‘lanishi hisob-lanadi. bu belgisi bo‘yicha quyidagi shartli reflekslar farqlanadi:

a) naqd shartli reflekslar. ular, signal va quvvatlovchining ta’siri vaqt birligida to‘g‘ri kelganda hosil bo‘ladi;

b) izidan keluvchi shartli reflekslar. ularning hosil bo‘li-shida signal va quvvatlovchi ma’lum bir vaqt intervali bilan ajralgan bo‘ladi.



Agar quvvatlash, deyarli, darhol signalga qo‘shilsa, mos keluvchi shartli reflekslar hosil bo‘ladi, agar uni ta’sir ko‘rsatishini boshlanishidan 5-30 s keyin qo‘shilsa, unda orqada qolgan (surilgan) shartli reflekslar hosil bo‘ladi. signalning uzoq muddat izolyasiya-langan ta’siridan keyin, quvvatlashning qo‘shilishi paytida hosil bo‘lgan shartli reflekslar - kech qoluvchi shartli reflekslar deyiladi.

Izidan keluvchi shartli reflekslarning alohida ko‘rinishi – bu vaqtga nisbatan shartli refleksdir. agar, biron-bir shartsiz refleks bir xil vaqt intervallarida namoyon bo‘lsa, natijada, har safar, ushbu interval tugashi bilan, shartsiz qo‘zg‘atuvchining ta’sirida oldin chaqiriladigan reaksiya o‘z-o‘zidan paydo bo‘lganday bo‘ladi. bunday reaksiya toza vaqtga nisbatan shartli refleks deb ataladi.

Shartli reflekslarning hosil bo‘lishi, odatda ikkita bosqichda o‘tadi, ya’ni: generalizatsiya va ixtisoslashish bosqichlari.

Birinchi, ya’ni generalizatsiya bosqichida, shartli-reflektorli ta’sir nafaqat quvatlovchi shartli signalga, balki unga o‘xshash qo‘zg‘atuvchilarga ham ega. masalan, itda 400 gs tovushga ovqatlanish shartli refleksi ishlab chiqiladi. ushbu signal paytida itni idishning oldiga kelishi ovqat bilan quvvatlanadi. lekin, unga yaqin bo‘lgan (200 gs va 600 gs) tovushlar ham ovqat bilan quvvatlan-masada itni idishining oldiga kelishini ta’minlaydi. quvvatla-nuvchiga yaqin bo‘lgan keng to‘plamdagi qo‘zg‘atuvchilar, shartli refleks ishlab chiqilishining birinchi bosqichida shartli signallar ahami-yatiga ega bo‘ladi. shartli signallar belgilarini umumlashtirish, birlamchi sensorli generalizatsiyasi sodir bo‘ladi degani.

Generalizatsiyalanish darajasi ko‘pchilik omillarga bog‘liq. birichi galda, shartli signalning modalligiga va xarakteriga, shartsiz quvvatlovchiga va ularni vaqt birligida mos kelishiga bog‘liq. generalizatsiya bosqichining biologik ahamiyati juda katta, chunki hayvonning tabiiy yashash sharoitida, uni darhol o‘xshash signallarning keng spektriga adaptatsiya qilishiga imkoniyat beradi.

I.P.Pavlov, shartli reflekslar hosil bo‘lishining ushbu holatini, shartli signalni qabul qiluvchi analizator doirasidagi qo‘zg‘atuvchi jarayonlarni keng miqyosdagi irradatsiyasi bilan tushun-tirgan. a.a.uxtomskiyning fikricha, hosil bo‘lishining birinchi bosqichida shartli refleks dominanta tamoyili bo‘yicha o‘tadi. bunda, quvvatlanmaydigan begona qo‘zg‘atuvchilar, hayvonning xulq-atvorini, dominantlik qiluvchi biologik ehtiyojini qondirish bo‘yicha faollashtirish qobiliyatiga ega bo‘lishi zarur.

Ikkinchi bosqich, shartli-reflektorli javobni quvvatlanuvchi signalgagina ixtisoslashishidan iborat bo‘lib, sifati bo‘yicha o‘xshash bo‘lgan barcha boshqa qo‘zg‘atuvchilar samarasiz bo‘lib qoladi. ushbu bosqichning boshlanish tezligi va ixtisoslashish dara-jasi, xuddi oldingi bosqichdagi kabi, barcha omillarga, ya’ni: shartli refleksning sensorli va efferentli bo‘g‘inlariga hamda ularning faollashishini vaqt bo‘yicha mos kelishiga bog‘liq. shartli refleksning ixtisoslashish bosqichi, odatda, uning avtomatizatsiyala-nishi bilan bir vaqtda mos keladi. biologik jihatdan ushbu bosqich, keng repertuardan, faqat shartsiz-reflektorli reaksiyani boshlovchi ehtimolligi eng yuqori bo‘lgan ahamiyatli signallar to‘plamini ajratishga ko‘maklashadi.


Download 7,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish