Baholashni 5 baholik shkaladan 100 ballik shkalaga o‘tkazish
5 baholik shkala
|
100
ballik shkala
|
5 baholik shkala
|
100
ballik shkala
|
5 baholik shkala
|
100
ballik
shkala
|
5,00-4,96
|
100
|
4,30-4,26
|
86
|
3,60-3,56
|
72
|
4,95-4,91
|
99
|
4,25-4,21
|
85
|
3,55-3,51
|
71
|
4,90-4,86
|
98
|
4,20-4,16
|
84
|
3,50-3,46
|
70
|
4,85-4,81
|
97
|
4,15-4,11
|
83
|
3,45-3,41
|
69
|
4,80-4,76
|
96
|
4,10-4,06
|
82
|
3,40-3,36
|
68
|
4,75-4,71
|
95
|
4,05-4,01
|
81
|
3,35-3,31
|
67
|
4,70-4,66
|
94
|
4,00-3,96
|
80
|
3,30-3,26
|
66
|
4,65-4,61
|
93
|
3,95-3,91
|
79
|
3,25-3,21
|
65
|
4,60-4,56
|
92
|
3,90-3,86
|
78
|
3,20-3,16
|
64
|
4,55-4,51
|
91
|
3,85-3,81
|
77
|
3,15-3,11
|
63
|
4,50-4,46
|
90
|
3,80-3,76
|
76
|
3,10-3,06
|
62
|
4,45-4,41
|
89
|
3,75-3,71
|
75
|
3,05-3,01
|
61
|
4,40-4,36
|
88
|
3,70-3,66
|
74
|
3,00
|
60
|
4,35-4,31
|
87
|
3,65-3,61
|
73
|
3,0 dan kam
|
60 dan kam
|
ADABIYOTLAR RO`YXATI
Asosiy
Aлматов К.Т., Алламуратов Ш.И. Одам ва ҳайвонлар физиологияси. Тошкент, 2004.
Rajamuradov Z.T., Rajabov A.E. Odam va hayvonlar fiziologiyasi. Toshkent, 2010.
Rajamurodov Z.T., Bozorov B.M., Xayitov D.G`, Rajabov A.E. Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi. Toshkent, 2013.
Алматов К.Т., Каримова Г.М. Олий нерв фаолияти физиологияси. Тошкент, 2013.
Гуминский А.А. и др. Руководство к лабораторным занятиям по общей и возрастной физиологии , Москва «Просвещение», 1990:. – 239 с.
Клемешева Л.С., Алматов К.Т., Матчанова А.Т. Улғайиш физиологияси. - Тошкент, 2014.
Клемешева Л.С., Алматов К.Т., Матчанова А.Т. Возрастная физиология. - Ташкент, 2002.
Хрипкова А.Г., Антропова М.В., Фарбер Д.А. Возрастная физиология. - М.: Просвещение, 1990. - 168 с.
Иргашев М.С., Клемешева Л.С. Ёшга оид физиология – Тошкент, 1991.
Qo`shimcha
Безруких М.М., Сонькин В.Д., Фарбер Д.А.Возрастная физиология - Москва. 2003.
Rajamurodov Z.T., Bozorov B.M., Hayitov D. Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi fanidan laboratoroya va amaliy mashg`ulotlar. SamDu nashri, 2012.
Физиология подростка /Под ред. Д.А. Фарбер.- М.: Педагогика,1988.-204 с.
Азизхужаева Н.Н. Замонавий педагогик технологиялар. Тошкент. – 2002.
Махкамов У.И. Олий таълим жараёнида педагогик технология асосида ўқув фаолиятини ташкил этиш услуб ва воситалари. Тошкент. – 2002.
Web-site
www. zioynet
http://distedu.ru/edu8/p1
www/ pedagog.uz
http://bakumedinfo.com/index.
window.edu.ru/window/library
http://www.bio.bsu.by/phha/
http://bio.olymp.mioo.ru/course/view.php?id=13
www. referat. Ru
www.ziyouz.com
O‘TILAYOTGAN FANNING
ASOSIY NAZARIY MATERIALI
(MA`RUZALAR MATNI)
MA’RUZA
Oliy asab faoliyati fiziologiyasining maqsadi, vazifalari va rivojlanish tarixi
REJA:
Oliy asab faoliyati fiziologiyasining predmeti, tartibi va rivojlanish tarixi.
I.P.Pavlov Oliy asab faoliyati fanining asoschisi.
Organizmda nerv tizimining o‘rni haqida o‘rta asrda ijod qilgan sharq allomalarining (Al Farobiy, Ibn Sino) tasavvurlari.
Oliy asab faoliyati fiziologiyasi fanining tibbiyot, pedagogika, ruhiyat fani, kibernetika, falsafa va boshqa fanlar uchun ahamiyati.
Ruhiy xodisalarning tabiati to‘g‘risida I.M.Sechenovning materialistik fikrlari va uning «Bosh miya reflekslari» asarining ahamiyati. I.M. Sechenovning organizm va muhit birligi to‘g‘risidagi fikrlari.
Oliy asab faoliyati fiziologiyasi - tirik organizmda kechayotgan fiziologik jarayonlar va ularni o‘rab turgan muhitda hayot kechirishga moslashishini ta’minlovchi jarayonlarni o‘rganadigan fan. Oliy asab faoliyati fiziologiyasi organizmida va bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘ida bajarilayotgan funksiyalar bo‘yicha qonuniyatlarni ochib beradi.
Funksiya - bu organizmda, shu jumladan bosh yarim sharlarida (to‘qima, hujayra, organella va membranalarda) tinimsiz o‘zgaruvchan atrof-muhit sharoitiga faol holda moslashishida va shu bilan birga ularning o‘zlari ham tashqi muhitga jiddiy ta’siri natijasida yuz beradigan moddalar almashinuvining o‘zgarishi natijasi.
Xulq-atvorning turli shakllarini, individual rivojlanish jarayonida tug‘ma va orttirilgan shakllarda bo‘lib, individ va turni saqlashga qaratilgan. Evolyusiyaning ma’lum bir davrida, markaziy asab tizimi orqali atrof-muhit yoki ichki muhit ta’sirlariga javob sifatidagi reflektor faoliyat paydo bo‘lgan. Nasliy mustahkamlangan reflekslar, oldindan o‘rgatilmagan ko‘rinishdagi xulq-atvorlar asosida yotadi. Ular, turga xos bo‘ladi, ya’ni organizmning ma’lum bir holatida, ushbu turga mansub barcha zotlarda, ularga mos ravishdagi tashqi muhit qo‘zg‘atuvchilari ta’siriga javoban o‘zgarmas.
Ontogenezda atrof-muhitning barcha sharoitlariga organizm moslashgan bo‘ladi. Markaziy asab tizimining to‘liq shakllanib borishi bilan birga, sut emizuvchi hayvonlarning hammasida, avval umumlashgan, keyin esa ixtisoslashgan reflektorli reaksiyalar paydo bo‘ladi. Tug‘ilish vaqtiga kelib, markaziy va periferik asab hosilalarining majmualari,hamda ular bilan bog‘langan ona organizmidan tashqarida yashashni ta’minlaydigan effektor apparatlari etiladi. Postnatal hayot davrida, ketma-ket ravishda, avval uncha murakkab bo‘lmagan, keyin esa, borgan sari murakkab bo‘lgan ixtisoslashgan xulq-atvor aktlari namoyon bo‘ladi. Ular bilan birga, gomeostazni qo‘llab turish bilan bog‘liq vegetativ reaksiyalar ham mukammallashadi.
Yangi tug‘ilgan davrda, reflektor faoliyatni qayta qurish sodir bo‘ladi, hulq-atvorning ayrim shakllari yo‘qotiladi va yangilari bilan o‘rin almashadi. Rivojlanishning antenatal va postnatal davrlarida, organizmning turli ehtiyojlarini qoniqtirishga yo‘naltirilgan xulq-atvorning turli murakkablikdagi elementlari va majmualari paydo bo‘ladi.
Oliy asab faoliyati fiziologiyasining vazifasi – tug`ma xulq-atvor mexanizmlarini va uni o‘rganish jarayonlari bilan o‘zaro hamkorligini aniqlashdan iborat. Ushbu yo‘nalishdagi tadqiqotlar I.M.Sechenovning ruhiy faoliyatning reflektorli asosi to‘g‘risidagi tushunchalaridan kelib chiqadi. Reflektor nazariya oqimida I.P.Pavlov, tug‘ma xulq-atvorni o`ta murakkab shartsiz reflekslar (instinktlar) yig‘indisi sifatida tushuntirgan. XVIII asrda J.Lamerti instinktlar idrok va tajribadan mustasno harakatlar deb hisoblagan. Individual hayot davrida instinktiv va orttirilgan xulq-atvorning o`zaro munosabatlarining evolyusion aspektlari, A.N.Seversev tomonidan o`rganilgan. Uning fikricha, instinktlar mustahkam moslashish bo‘lib, ular ham morfologik belgilar kabi, turning yashashi uchun juda muhim. Agar, shartli reflekslar nasldan-naslga o‘tmasdan, balki miyani tug‘ma shakllanish darajasi bilan belgilansa, instinktiv xulq-atvorda fiksatsiya qilingan harakatlar dasturi ham, ularni individual tajriba natijasida ma’lum bir modifikatsiyaga qobiliyati ham nasliy mustahkamlangan bo‘ladi.
Tug‘ma xulq-atvorni o‘rganishning asosiy yo‘nalishlaridan biri - etologiya hisoblanib, hayvonlar hulq-atvorini ular uchun adekvat (mos) muhitda o‘rganadi. I.P.Pavlov, hayvonlar xulq-atvoriga antropomorfik aspektda qarashlarga, o‘zining oliy asab faolyati to‘g‘risidagi (refleks) ta’limotini qarshi qo‘ygan. Ushbu ta’limot, xulq-atvorning markaziy mexanizmlarini, hozirgi vaqtda ham o`rganishga neyrofiziologik yondoshishning rivojlanishini belgilagan. Hozirgi vaqtda ko‘pchilik fiziologlar, xulq-atvorni o`rganishda, uni mexanizmlarini ochish imkoniyatini beruvchi uslubiy yondashishning barcha arsenallaridan foydalanishmoqda. Bunda, asosiy aksent, o‘rganish jarayonlarini tadqiq qilishga qaratilgan. SHu bilan birga, ularni strukturaviy tashkiliyligini nasliy mustahkamlangan faoliyat to`g`risidagi yetarli ma’lumotlar asosida tushunish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |