190
O’simliklarda o’q ildiz, yon ildizdan tashqari qo’shimcha ildizlar hosil bo’ladi.
Qo’shimcha ildizlar endogen yo’l bilan meristema xususiyatini saqlab qolgan to’qimalar:
peritsikl, kambiy fellogendan yuzaga keladi. O’simliklarning hayotida qo’shimcha ildizlar katta
ahamiyatga ega, ular ildiz sistemasini yuzaga kengaytiradi. Bu ildizlar o’simlikni mahkamlab,
uni oziqlanish sharoitini yaxshilaydi. Shuning uchun ham qishloq xo’jaligida pomidor,
kartoshka, karam, makkajo’xori kabi o’simliklarga ishlov berilganda atrofiga tuproq o’yib
qo’yish yo’li bilan qo’shimcha ildiz paydo bo’lishini tezlatish mumkin.
Qo’shimcha ildizlar ikki pallali o’simliklardan ham poyaning pastki qismida paydo bo’ladi
(masalan, qo’ypechak, bo’ritikan va boshqalari).
O’simliklarning qo’shimcha ildiz hosil qilish xususiyatlariga asoslanib, qishloq xo’jalik
amaliyotida tok, tol, terak, chakanda kabi o’simliklar vegetativ (qalamcha, parxesh) yo’l bilan
ko’paytiriladi.
Yuksak sporali o’simliklar – plaunlar, qirqbo’g’imlar, qirqquloqlarda-asosiy ildiz
bo’lmaydi, rivojlanishning boshlanishida ularda qo’shimcha ildizlar hosil bo’ladi. Bu xildagi
ildiz sistemasi primitiv bo’lib
birlamchi gomoriza (yunon. gomoyos-bir xil, riza-ildiz) deb
ataladi.
Yopiq urug’li o’simliklarning ko’pchilik vakillarida urug’ unib chiqqandan so’ng, avvalo
o’q ildiz rivojlanadi, lekin ma’lum vaqt o’tgandan so’ng, asosiy o’q ildiz quriydi va qo’shimcha
ildizlar taraqqiy etadi. Bu xildagi ildiz sistemasiga
ikkilamchi gomoriza ildiz sistemasi deyiladi
(masalan, qulupnay, kartoshka, oq qaldirmoq va boshqalar). Ba’zan qo’shimcha ildizlar,
qisqargan ildizpoyalardan ham rivojlanadi (masalan, zubturum) va
ipsimon ildiz sistemasini hosil
qiladi.
Ildiz sistemasining tuproqda bunday joylanishi o’simliklarni har xil namlik miqdoriga
moslashish darajasini ko’rsatadi.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan tushunchalar ildiz sistemasi to’g’risida boshlang’ich
ma’lumotlar hisoblanadi. Chunki ildiz sistemasi o’simliklarning yoshi, atrofdagi boshqa
o’simliklar ildizlari bilan bo’ladigan munosabatlari, yil fasllarining almashuvi bilan doimo
o’zgarib boradi. Binobarin ildiz sistemasining rivojlanishida, ro’y beradigan o’zgarishlarni
bilmasdan, uni o’rganmasdan, o’lkamizdagi cho’l, adir, tog’larda o’sadigan o’rmonlardagi
o’simliklar jamoasi uyushmasi o’rtasidagi munosabatlarni bilish qiyin.
Madaniy o’simliklar ildiz sistemasining xususiyatlarini o’rganish dehqonchilik,
o’simlikshunoslik, agronomiya sohasida muhim ahamiyatga ega. Yerni haydash va unga ishlov
berish usullari (o’g’itlash, sug’orish, chopish) kabi ishlarning hammasi tuproq strukturasini
yaxshilash qishloq xo’jalik ekinlarining ildiz sistemasini mukammal rivojlanishiga va
hosildorlikni oshirishga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: