2 – ish. Olma gulining tuzilishi.
Ishning borishi. Madaniy olma. Gullari aktinomorf, osilgan gulbandlarda proterogenetik,
oddiy pleyoxaziyga to‘plangan. Gipantiy osilgan, qadahsimon, pastki qismi tuguncha bilan birga
o‘sgan. Kosachasi 5 ta uchburchak lansetsimon egilgan kosachabargli. Tojbarglari oq yoki
qizg‘ish, oval yoki tuxumsimon kalta oyoqli yaproqlardan tuzilgan. Changchilari 20 – 30 ta uch
yarusda joylashadi, iplari uzun, changdonlari yumaloq yoki ovalsimon. Ginetsey sinkarpsimon 5
ta mevabargning qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Tuguncha pastki, har bir uyasida 2 ta urug‘kurtakli.
Stilodiylari uzun, yarmigacha o‘zaro birga o‘sgan, yalang‘och yoki osilgan. Gul formulasi:
Ca
(5)
Co
5
A∞G
(5)
(60 - rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |