9-rasm. Makkajo’xori (Zea mays) bargining epidermasi:
A – ustki ko’rinishi; B – og‘izcha apparati; V – ko’ndalang kesmasi;
1 – tutashtiruvchi hujayralar; 2 – yondosh hujayra; 3 – epiderma hujayralari;
4 – havo bo’shlig‘i; 5 – kutikula; 6 – mezofill hujayralari.
Po’kak bir necha qator zich joylashgan o’lik parenxima hujayralardan tuzilgan bo’lib,
o’zidan suv, havo, issiqlikni, elektr tokini o’tkazmaydi. Shunga ko’ra, ko’p yillik poya va
ildizlarda qoplovchi vazifani bajaradi.
Bir pallali o’simliklarda periderma bo’lmaydi. Ko’p yillik bir pallali o’simliklardan aloe,
palma va shunga o’xshaganlarda birlamchi po’stloq parenxima hujayralarning po’sti
po’kaklashadi va po’kak to’qimaga aylanadi. Po’kakda havo almashinish vazifasini
yasmiqchalar bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |