G i d r o f i l i y a. Ko‘l va daryo vohasida talaygina o‘simliklar suv sharoitida o‘sishga
moslashgan (masalan, dengiz o‘ti (zostera), dengiz nayadasi, elodeya, vallisneriya va boshqalar).
Bu o‘simliklarni guli suv vositasi bilan changlanadi. Bunday changlanishga gidrofiliya deb
ataladi. Masalan, vallisneriyaning urug‘chi guli spiral singari buralgan bandda suv ostida
joylashgan. Urug‘chi yetilgandan so‘ng suvni betiga chiqadi, ayni vaqtda changchi gul uzilib,
suv oqimi yordamida spiral bandga joylashgan urug‘chiga borib uni changlantiradi. Undan keyin
urug‘langan gulning bandi tortilib, urug‘chi gul suv tagiga tushadi, u yerda rivojlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |