6. Korrelyasiya.
O‘simliklar olamida ba’za biror organ taraqqiyotining ikkinchi organ taraqqiyotiga
bog‘langan holda o‘sish hollari uchrab turadi, bu hodisaga korrelyasiya (lot. korrelyasis-nisbat,
munosabat) deb ataladi. Korrelyasiya so‘zini biologiya faniga birinchi marta fransuz olimi J.
Kyuve kiritgan. Hozirgi vaqtda bu hodisaga o‘simlikshunoslikda keng qo‘llanmoqda. Masalan,
gulxonalarda gul ko‘chatlarini ildiz uchini kesib tashlash vositasi bilan yon va qo‘shimcha
ildizlarni rivojlanishiga imkon yaratiladi. G‘o‘zaning bosh va yon novda uchki o‘sish nuqtasi
chilpib tashlansa, oziq moddalar ko‘proq hosil shoxlariga o‘tadi, natijada yosh shonalar
to‘kilmasdan tez rivojlanib ko‘sak erta pishadi va hosildorlik oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |