64
Ishchi rejasini tuzish tartibi
1. Mashqlarning alohida turlari, mashg'ulotning qachon, qayerda o'tkazilishini
aniqlash.
Gimnastika
ko'pkurashi
mashqlari
jismoniy
tayyorgarlik
mashg'ulotlarining
asosiy
qismida
o'quv
bo'limlarida
o'tkaziladi;
umumrivojlantiruvchi mashqlar mash- g'ulotlarini xoreografiya tayyorlov qismida
frontal tarzda; joydan joyga o'tish turlari, o'yin va estafetalar ham mashg'ulotning
tayyorlov yoki yakunlovchi qismida frontal tarzda o'tkaziladi.
2.
Mashg'ulotning asosiy qismidagi mashq turlari sonini aniq¬lash.
Mashq turlari sonini to'g'ri belgilash uchun shug'ullanuvchilar tarkibini, mashg'ulot
davrini, mashg'ulotlar qancha davom etishini hisobga olish kerak. Bizning misolda
mashq turlarining soni jismoniy tayyorgarlikni ham qo'shib hisoblaganda to'rttadan
oshmasligi lozim. Agar turlar soni kamaytirilsa, ya'ni har bir tur bilan shug'ullanish
vaqti oshirilsa, unda o'rgatishning samarasi kamayishi va shug'ulla¬nuvchilarda bu
turlarga bo'lgan qiziqishning yo'qolish xavfi tug'i- ladi. Turlar soni ko'paytirib
yuborilganda esa o'rgatish mutlaqo samarasiz bo'lishi mumkin.
3.
Ish rejasi shaklini chizib qo'yish. Bunda faqat shu shaklga rioya qilish
shart degan gap emas. Bordi-yu, uni qulay va ko'r¬gazmali boshqa shakli bilan
almashtirish mumkin bo'lsa, o'sha shakldan foydalansa ham bo'ladi.
4.
Nazariy mashg'ulotlar vaqti va o'rnini belgilab, bu ma'lumot- larni ish
rejasiga kiritish. Ikkita shunday mashg'ulotni nazaiga tutishni tavsiya etamiz: biri
gimnastika va mashg'ulotlar gigiyenasi haqida suhbat, ikkinchisi esa «II o'smirlar
toifasi» mashqlari kinofilmini namoyish qilish. Birinchi mavzudagi suhbatni
rejalashtirishning dastlabki davrda o'tkazish, kinofilmni esa shu davrning ikkinchi
yarmida, shug'ullanuvchilar toifa mashqlarining elementlari bilan amalda tanishib
olganlaridan keyin namoyish qilish kerak. Suhbatga, qolaversa, film namoyish
qilishga 30 daqiqa vaqt ajratilsa bo'ladi. Shuning uchun beshinchi mashg'ulotda
ham, yigirmanchi mash- g'ulotda ham to'plam (kompleks) rejalashtirsa bo'ladi.
5.
Ish rejasidagi gimnastika ko'pkurashidan tashqari, hamma tur
mashqlarning o'mi shartli belgilar bilan belgilanadi (ish dasturi tuzilgandan keyin
belgilangan mavzular raqami bilan alrnash- tiriladi). Har bir mashg'ulotdagi
mazkur mashqlarning o'rnini belgilashdan oldin quyidagilami amalga oshirish
kerak: birinchidan, xoreografiya mashqlari o'zining asosiy vazifasidan tashqari,
mushaklar chigilini yozish vazifasini ham bajaradi. Shuning uchun xoreografiyani
va
umumrivojlantiruvchi
mashqlami
bitta
mash-
g'ulotga
mo'ljallab
rejalashtirmaslik kerak. Ikkinchidan, yana shu sabablarga ko'ra„ joydan joyga turli
xil ko'chishlar va estafetali o'yinlarni bitta mashg'ulotda o'tkazmaslik kerak.
6.
Gimnastika ko'pkurashi mashqlari turlarining jadvalini tuzish. Mashq
turlarini kunlarga bo'lib almashtirishning eng yaxshi shaklini tanlashdan boshlash
kerak. Quyidagi shakllar talabaga ma'qul bo'lishi mumkin: har ikki mashg'ulotning
birida turlarni batamom almashtirish, bir turni ikki yoki uch marta takrorlash. Bu
shakl- larning birinchisi ham, ikkinchisi ham, uchinchisi ham muayyan sharoitda
eng yaxshi shakl hisoblanadi. Bizning misolda ikkinchi va uchinchi shakllar
maqsadga muvofiqdir.
65
Mashg'ulotning aynan tayyorlov davri uchun jadval tuzayot- ganda mashq
turlarining qanchalik og'ir-yengilligini inobatga olish va shunga muvofiq butun
rejalashtirilayotgan vaqt mobaynida bu mashq turlarining qancha takrorlanishini
hisoblab olish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |