Elektron ta’lim resurslari
.
1.
www.tdpu.uz
2.
www.pedagog.uz
3.
www.Ziyonet.uz
4.
www.edu.uz
5.www.gimnastika.ru/athletics
6.
www.sport-athlet.com
60
3-Mavzu: Gimnastika mashg'ulotlarini rejalashtirish va qayd etish
REJA:
1. Gimnastikada o'quv ishini rejalashtirishning ahamiyati va vazifalari
2. Rejalashtirish hujjatlari tasnifi
3. Rejalashtirish hujjatlarini tuzish
4. Ish rejasini tuzish
5. Ish dasturini tuzish
Tayanch iboralar:
Rejalashtirish tushunchasi, o’zlashtirishni hisobga olish, ahamiyati, vazifasi,
tavsifi, hujjatlarni tuzish.
Rejalashtirish. Mavjud sharoitda aynan shu tarkibdagi shug’ullanuvchilar
uchun gimnastikadan o’quv ishi rejasida qo’yidagilar belgilangan bo’lishi kerak:
1. Turli vaqt bo’laklaridagi aniq vazifalar (harakat hislatlarini rivojlantirish
darajasi, harakat ko’nikmalarini o’rganish hajmi va sifati, bilim va malakalar
hajmi va teranligi). Gimnastikadan bir galdagi mashg’ulotda shug’ullanuvchi
erishishi mumkin bo’lgan jismoniy rivojlanish va ayniqsa, irodaviy o’sish
darajasini aniqlash anchagina qiyin ekanini qayt etmoq kerak. shu bois, bunday
vazifalarni uzoq davom etadigan vaqtga muljallab rejalashtirish darkor. Harakat
ko’nikmalarini egallab olish hajmi va sifati masalasiga kelganda esa, bir galgi
mashg’ulotga muljallab aniq belgilansa bo’ladi.
2. Turli vaqt bo’laklaridagi o’quv hujjatlarining mazmuni.
3. O’quv hujjatining o’tilish tartibi. Bunda bir turdagi mashqlarni o’rganish
ketma-ketligi, turli mashqlarni o’tishning ketma-ketligi yoki qarama-qarshiligi
ham belgilanadi.
4. Harakat
ko’nikmalari
shakillanishining
va
jismoniy
hislatlar
takomillashishining turli bosqichlarida umuman tmashg’ulotlar o’rtasidagi va
mashqlar takrorlanishi, o’rtasidagi eng maqsadga muvofiq intervallar.
5. Har bir mashg’ulot jarayonida shug’ullanuvchilarning yuksak ish
qobiliyati saqlanishini va kerakli vaqtda yuksak sport formasi bo’lishini
ta’minlaydigan eng qulay rejim.
6.Hisobga olish. Biroq, ish qanchalar yaxshi rejalashtirilgan bo’lsa ham,
hisobga olish bo’lmasa, bunday ishning samarasi kam bo’ladi. hisobga olishda
qo’yidagilar aniqlanadi:
7.Shug’ullanuvchilarning mashg’ulotlarga munosabati.
8. Shug’ullanuvchilarning jismoniy rivojlanishi va salomatligining dinamikasi.
1. Sport-texnika tayyorgarlik darajasi.
2. Mashg’ulotlar va mustaqil ishlash natijasida shug’ullanuvchilar ortirgan
bilimning hajmi va teranligi.
O’quv rejani va o’quv dasturi o’quv mashg’ulot jarayonini rejalashtirishdagi
asosiy hujjatlar hisoblanadi. Ish reja, ish dasturi va mashg’ulot ishchi rejasi ana
61
shu hujjatlarga asosan tuziladi. Shunday qilib o’quv rejasi bilan dasturi
qo’llanma hujjatlar bo’lib, uni odatda yuqori iroda organlari tasdiqlaydi. Qolgan
uch hujjatni (ish rejani, ish dasturi va mashg’ulot ishchi rejasi) gimnastika
o’qituvchisi tuzadi.
Shug’ullanuvchilarning har qanday tarkibi uchun va har qanday sharoitda
o’tikaziladigan gimnastika o’quv mashg’ulot jarayoni uchun rejalashtirishning
ish hujjatlarini tuzish texnologiyasi (dastlabki mashg’ulotlarni tahlil qilish,
spravka ma’lumotlari tayyorlash, operasiyaar ketma-ketligi) yagona mantiqiy
sxema asosida amalga oshiriladi. Lekin, tabiiyki, bu hujjatilarning mazmuni har
qaysi aniq hol uchun boshqa-boshqa bo’ladi.
Rejalashtirish. Mavjud sharoitda aynan bir xil tayyorgarlikdagi talabalar uchun
gimnastikadan o'quv ishi rejasida quyidagilar belgilangan bo'lishi kerak:
1. Turli davrlardagi aniq vazifalar (harakat sifatlarini rivojlantirish darajasi,
harakat ko'nikmalarini o'rganish hajmi va sifati, bilim va malakalar hajmi va
teranligi). Gimnastikada bir xildagi mashg'ulotda talaba erishadigan jismoniy
rivojlanish va ayniqsa, ruhiy-irodaviy o'sish darajasini aniqlash qiyin ekanini qayd
etmoq kerak. Shu bois bunday vazifalarni uzoq davom etadigan vaqtga mo'ljallab
rejalashtirish darkor. Harakat ko'nikmalarini egallab olish holati va sifati
masalasiga kelganda esa bir turdagi mashg'ulotga mo'ljallab, aniq vazifalar
belgilansa bo'ladi.
2. Turli vaqt ichidagi o'quv materiallarining mazmuni.
3. O'quv materialining o'tish tartibi. Bunda bir turdagi mashqlami o'rganish
ketma-ketligi, turli mashg'ulotlarni o'tishning ketma- ketligi yoki parallelligi ham
belgilanadi.
4. Harakat
ko'nikmalari
shakllanishining
va
jismoniy
sifatlar
takomillanishining turli bosqichlarida, mashg'ulotlar o'rtasidagi va mashqlar
takrorlanishi o'rtasidagi eng maqsadga muvofiq vaqtlar belgilanadi.
5. Har bir mashg'ulot jarayonida talabalarning yuksak ish qobiliyati
saqlanishini va kerakli vaqtda yuksak sport tayyorgarligi bo'lishini ta'minlaydigan
eng qulay usul.
Hisobga olish. Biroq o'quv ishlari (yuklamalar, ish tartibi, jad- val) qanchalar
yaxshi rejalashtirilgan bo'lsa ham, hisobga olish bo'lmasa, bunday ishning
samarasi kam bo'ladi.
Hisobga olishda quyidagilar aniqlanadi:
1. Talaba-sportchilarning mashg'ulotlarga bo'lgan munosabati.
2. Talaba-sportchilarning jismoniy rivojlanishi va salomatligining o'sishi.
3. Sport-texnikaviy tayyorlik darajasi.
4. Mashg'ulotlar va mustaqil ishlash natijasida talabalar orttiigan bilimning
hajmi va teranligi.
Shunday qilib, hisobga olish, mashg'ulot o'tkazishning vosita, shakl va
uslublari qanchalik to'g'ri tanlanganligini obyektiv aks ettiradi, murabbiy-
pedagogning ijodiy tafakkurini rag'batlantiradi, hisob-kitob hujjatlarini tahlil qilish
62
— har bir talaba ishini tek- shirish, eng yaxshi pedagoglarni aniqlashning amaliy
shaklidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |