K.M. Abdiyev, U.D. Dadajanov, A.G. Madasheva
147
boshqa seriyaga tegishli antirezus reagenti tomiziladi. 3-qatordagi
probirkalarga ikki tomchi fiziologik eritma va bir tomchi 33%li poliglukin
tomiziladi. Barcha probirkalarga bir vaqtda bir tomchi tekshirilayotgan
qondan tomiziladi. Probirkaning tarkibi aralashtirib chayqatiladi, undan
so‘ng sekinlik
bilan atrofiga aylantiriladi, probirkaning tarkibi devor
bo‘ylab oqishi uchun probirka gorizontal holatda buriladi. Eritrosit
agglutinatsiyasi birinchi minut oxirida boshlanadi, lekin mustahkam
kompleks hosil bo‘lishi uchun probirkani 3 minutdan oldin aylantirmaslik
kerak. 3 minutdan so‘ng probirkaga 4- 6 ml fiziologik eritma qo‘shiladi.
Shundan so‘ng probirka 2-3 marta aylantiriladi (chayqatilmaydi),
probirka lupa yoki oddiy ko‘z bilan ko‘riladi. Natija agglutinatsiya bor
yoki yo‘qligi bilan baholanadi: eritrosit
uchun agglutinatsiyaning
borligini suyuqlikni yorug‘likka tutganda qizil qon cho‘kmalar
ko‘rinishida ko‘rish mumkin (rezus musbat), eritrosit gomogen bo‘yalgan
suyuqlik vizuallashadi (rezus manfiy), sekin chayish to‘lqini bilan
xarakterlanadi. Musbat reaksiyani standart rezus plus eritrosit bilan
manfiy reaksiya standart minus eritrositning nazorat namunasini
tekshirgandan so‘ng natijani haqiqiy deb hisoblasa bo‘iadi. 3-qatordagi
barcha probirkalarda agglutinatsiya kuzatilmasligi kerak.
2. Qon agglutinatsiya usuli yordamida 46-46°C qizdirilgan
probirkada 10% li jelatin bilan rezus omilni aniqlash.
Bu usulda aniqlash uchun standart zardob antirezus anti-D to‘liq
bo’lmagan antitanachalar qo‘llaniladi. Har
bir qator tekshirilayotgan
eritrosit namunalari miqdori bo‘yicha 10 ml hajmli probirkada va
ikkitadan rezus musbat va rezus manfiy standart eritrositlar shtativga
o’rnatiladi. Har bir qatordagi ikkita probirkaga F.I.SH. yozib qo'yiladi.
Bir xil ifodalangan probirkalarga markirovkaga muvofiq tekshirilayotgan
eritrositlardan bir tomchi quyiladi; nazorat probirkasiga standart rezus
musbat va bir tomchi standart rezus manfiy eritrositdan tomiziladi.
Oldindan 46-48°C da qizdirib tayyorlangan 10%li
jelatin eritmasidan
hamma probirkaga ikki tomchidan tomizib chiqiladi. Jelatinni qo‘llashdan
oldin
uning
holati,
tez
minutlarda
jelatinning
xiralashishi,
yostiqchalarining hosil bo’ lish yaroqsizligi ko‘rib baholanadi. Bundan
tashqari, +4-8°C da sovish xususiyatini yo‘qotgan jelatin qo‘llanilmaydi.
Hamma 1- qa- tordagi probirkalarga bitta seriyaga oid to‘liq bo‘lmagan
antitanachalarga ega bo’lgan antirezus zardobdan ikki tomchi, 2-qatorga
esa
boshqa
seriyali
zardob
tomiziladi.
3-qatordagi
namima
tekshirilayotgan eritrositlarning nospetsifik agglutinatsiyani kuzatish
O’quv qo’llanma
148
uchun tekshiriladi. Probirkadagi tarkib silkitib aralashtiriladi; probirkali
shtativlar +46-48°C li sun’iy hammomga 10 minutga, +37°C li quruq
havoli termostatga 30 minutga qo‘yiladi. Vaqt tugagach, termostat yoki
suvli hammomdan probirka olinadi, 5-8 ml
fiziologik eritma quyilib
probirkani ikki marta aylantirib, tarkib chayqatiladi. Eritrositlarning
agglutinatsiyasi yo‘qligiga qarab probirkani oddiy ko‘z yoki lupa
yordamida natija baholanadi. Natija musbat agglutinatsiya bo’lgan, bunda
yorug‘ suyuqlik fonida har xil qizil donali bo‘lib ko‘rinadi. Anti-D zardob
bilan agglutinatsiya bergan namunali eritrositlar musbat-rezusli
hisoblanadi, manfiy natijani bergan probirkada bir tekis bo‘yalgan,
loyqalangan suyuqlik ko‘rinadi. Anti-D
zardob bilan agglutinatsiya
bermagan namuna rezus manfiy hisoblanadi. Natija nazoratdagi namuna
probirkalarini qayta tekshirishda chin hisoblanadi.
a)
Bir xil nomli eritrosit guruhi standart rezus manfiy bilan
agglutinatsiya kuzatilmaganda va bir xil nomli guruhlar yoki O(I) guruhli
eritrosit bilan standart rezus musbat agglutinatsiya kuzatiladi.
b)
Uchinchi qatordagi probirkalarda agglutinatsiya kuzatilmaganda
(to‘g‘ri jelatinli sinama manfiy). Agar to‘g‘ri jelatinli sinama musbat
bo‘lsa, agglutinatsiya autoantitanacha natijasida kuzatilgan. Antirezus
zardob bilan musbat natija haqiqiy deb hisoblanmaydi. Bunday holatlarda
tekshirilayotgan eritrositlarni iliq fiziologik eritma bilan yuvish tavsiya
etiladi. Bu ulardan auto- antitanachalarni eliminatsiyalash
va tekshirishni
qayta takrorlash uchun kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: