Samarqand davlat tibbiyot instituti


Donor va retsipiyent qonining individual mosligiga



Download 2,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/165
Sana19.06.2023
Hajmi2,04 Mb.
#952248
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   165
Bog'liq
Qon komponentlari---- K-M-Abdiyev

4. Donor va retsipiyent qonining individual mosligiga 
sinama. 
Gemotransfuziyaning asoratlarini oldini oluvchi asosiy tamoyil 
bo‘lib donor va retsipiyent qonlarining mos kelishi hisoblanadi. Qon 
quyishdan oldin shifokor donor va retsipiyent qoni mos kelishiga amin 
bo‘lishi kerak. Qonning mos kelishi deganda donor va retsipiyentda 
antigen va antitanachalar turli guruh tizimlariga mos kelishi tushuniladi. 
Hozirgi vaqtda inson qonining 20 dan ortiq guruhi bor, bularning maqsadi 
ko‘p qamrovli. Birinchi navbatda ABO va rezus tizimining mos kelishi 
qon quygan paytda xavfsiz bo’lishi kerak. 
ABO tizimi qon quyish paytida ahamiyatlidir. ABO tizimida 2 
antigen (agglutinogen) “A" va “B” va 2 guruhli antitanacha (agglutinin) 


K.M. Abdiyev, U.D. Dadajanov, A.G. Madasheva
149 
“α” va “β ” bo‘ladi. Bularning har xil joylashishi 4 guruhni yuzaga 
keltiradi: О
αβ
(I), A
β
(II), B
α
(III), AB
0
(IV). 
Qon guruhini aniqlashdagi xatolikda donor qonidagi agllutinogen A 
retsipiyent qonidagi agglutinin α bilan, agglutinogen В retsipiyent 
qonidagi agglutinin β bilan duch kelganda, qon quyishdan keyingi 
asoratlarga olib keladi. 
Qon quyishda ABO tizimidagi rezus (Rh-Hr) muhim ahamiyatga 
ega. Rezus tizimi D, d, C, c, E, e, antigenlardan iborat. Antigen D o‘ta 
harakatchan bo‘lganligi uchun rezus-mansublik deb ataladi. 
ABO tizimida rezus mansublik bo‘lmasligi shundan dalolat 
beradiki, unda haqiqiy antitanachalar bo‘lmaydi. 
Rezus manfiy bo‘lgan odamlarda (qonida antigen D ning 
bo‘lmasligi) qoniga antigen D (rezus-musbatni quyganda yoki homilador 
ayolning qoni rezus-manfiy boisa, homila esa rezus- musbat bo‘lsa) 
sensibilizatsiya kuzatiladi. 
Sensibilizatsiyaning xavfli tomoni shundaki, homilador ayol 
tug‘ruqdan so‘ng yangi tug’ilgan chaqaloqning gemolitik kasalligi yoki 
bola tashlash, bachadon ichida homila o’limi bilan ta’riflanadi. 
Xuddi shunday analizga ega yoki transfuziyadagi reaksiya ayol yoki 
erkakda kuzatilsa, bu holat rezus antitanacha borligini ko‘rsatadi. Agar 
retsipiyent qonida rezus-antitanacha topilsa va u bilmasdan rezus-musbat 
odamga quyilsa, bu qon bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi va og‘ir asoratlarga 
olib keladi. 
Boshqa guruh tizimidagi antigenlar ham faol, birinchi navbatda 
Kell, Daffi, Kidd, MN va hokazo, ammo ularning faolligi sustroq 
antitanachalarga nisbatan kamroq kuzatiladi. Shunga qaramasdan, yangi 
tug’ilgan bolalar kasalligi yoki transfuzion kasalliklarga olib kelishi 
mumkin. 
Eritrositar 
massani quyganda qonning retsipiyentga mos 
kelmasligining sababi shundan iboratki, quyilayotgan donorning 
eritrositar massasidagi antitanachaning borligi, shu antitanacha bilan 
antigen munosabatiga asoslanadi. Quyilgan eritrositar massa retsipiyent 
organizmida gemolizga uchraydi, bu qon unga mos kelmagan 
hisoblanadi. 
Qon quyishdan oldin shifokor shu narsaga amin bo‘lishi kerakki, 
quyilayotgan donorning qoni (eritrositar massasi) o‘zida antigen 
saqlamaydi, u retsipiyent qonida antigenga qarshi antitanacha hosil 
qilmaydi. U retsipiyent qoniga mos kelishi kerak. 


O’quv qo’llanma 
150 
Qon quyuvchi shifokor quyidagilarga mas’ul: 
-
qonni to’g’ri tanlash, u bitta guruhga tegishli bo‘lishi kerak; 
-
rezus-mansublikka mos kelishi; 
-
flakondagi passport qismini ko‘zdan kechirish; 
-
kasallik tarixida rezus mosligiga aloqador kasallikni ко‘rib 
chiqish; 
Buning uchun oq namlanuvchi plastinka (likopchga) donor 
eritrositi va bemorning zardobidan tomchi tomiziladi (nisbat 1:10). Quruq 
shisha tayoqcha bilan aralashtiriladi va 5 minut davomida kuzatilib 
turiladi. Shuni esda tutish kerakki, agar qon ABO tizimi bo‘yicha mos 
kelmasa, 1 minut ichida agglutinatsiya kuzatiladi, agar bemorning 
qonidagi antitanacha titri past yoki donor qonidagi agglutinogen faolligi 
kuchsiz bo‘lganda (masalan, guruhdosh A
2
) agglutinatsiya 5-minut 
oxirida sodir bo’ladi. Agar eritrositlar agglutinatsiyasi boshlanmagan, 
unda bu vaqt davomida tomchi bir tekis qizil rangda bo‘yalgan bo’lsa, 
bemor va donor qoni mos keladi. Agar tomchida agglutinatsiya bo‘lsa 
(suyuqlikning yorug‘lik fonida eritrositlar yopishishi) va u qayta 2 tomchi 
NaCl izotonik eritmasi qo‘shilgandan so‘ng aralashtirganda ham 
o‘zgarmasa, bemor va donor qoni mos emas. Ayrim patologik holatlarda, 
masalan, kuyish, jigar serrozi, septikopiemik holatda bemorning 
zardobidagi 
eritrositlarning 
nospetsifik 
yopishishi 
kuzatiladigan 
“tangachali ustun” deb nom olgan stimullangan agglutinatsiya ro‘y 
berishi mumkin. NaCl ning 2 tomchi izotonik eritmasi tomizilganda 
“tangachali ustun” ajraladi va eritrositlarning gomogen joylashuvi 
qonning mos kelganligini bildiradi. ABO tizimi bo‘yicha qon guruhining 
mos kelishi tekshirilgandan so‘ng, gemotransfuziya o‘tkazuvchi shifokor 
donor qoni va retsipiyent (bemor) qonidagi resuz antigen D ni tekshirib, 
qayta mos keluvchi sinama o‘tkazishi kerak. 

Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish