K.M. Abdiyev, U.D. Dadajanov, A.G. Madasheva
135
kichrayishi kuzatiladi. Jarayonning aktivligi kamayganini ko‘rsatadigan
immunologik testlar yaxshilanganligi, limfotsitlarga qarshi toksik
antitanachalar titri kamayganligi yoki yo‘qolganligi, Kumbsni to‘g‘ri
sinamasi salbiy natijasi kuzatiladi. Ko‘pgina teri kasalliklarida ham
plazmaferez muolajasi qo‘llaniladi (N. N. Potekaev). Bu kasalliklarning
ba’zilari kelib chiqishida autoimmun zararlanish yotadi, ba’zilari esa
biriktiruvchi to‘qimaning tizimli kasalligi hisoblanadi. Bular psoriaz,
atopik dermatit, angiitlar, dermatomiozitlar, gangrenoz piodermiya,
o‘choqli sklerodermiya va boshqalar. Plazmaferezning samarali
ko‘rsatkichi kasallik susayishi va teridagi o‘zgarishlarning kamayishi.
Akusherlik va ginekologiyada ham plazmaferez keng miqyosda
qo‘llaniladi va quyidagi hollarda tavsiya etiladi: homiladorlar gestozi,
oraliq infeksiyalarning kompleks davosida, surunkali avj oladigan
salpingooforitlarda, bachadonning surunkali yallig‘lanish kasalliklarida,
klimakterik sindromda, akusherlik sepsisida, homiladorlarni rezus
nomunosibligida va boshqalarda (V. N. Serov, T. A. Fedorova).
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, zamonaviy davolash
dasturlari bilan birgalikda plazmaferez muolajasi o‘tkazilishi kasallikni
tezroq yengishga va insonlar sog‘lom hayotga kirib kelishlariga yana bir
turtki bo‘ladi. So‘nggi yillarda plazmaferez qo‘llaniladigan kasalliklar
soni kamayganligiga qaramasdan, ularning qo‘llanilishi samarali olib
borilmoqda. Hozirgi kunda respublikamizning 6 ta – Toshkent, Farg‘ona,
Samarqand, Qarshi, Buxoro va Nukus shaharlarida faoliyat boshlagan
mintaqaviy qon markazlari AQSHning Gemopetiks kompaniyasi
tomonidan ishlab chiqilgan eng zamonaviy PCS 2-plazmaferez va MCS+-
gemotsitoferez apparatlari bilan jihozlangan. PCS 2 apparati plazmaferez
uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, MCS+ apparatida terapevtik plazma
almashinuvi o‘tkazish, donorlardan trombotsitlar konsentratini ajratib
tayyorlash mumkin. Jarayon uchun sarf etiladigan anjomlar to‘plami bir
marotabalik, steril bo‘lib, har bir muolaja uchun alohida ishlatiladi. Bu
to‘plam murakkab tizimdan iborat bo‘lib, ularni ajratib qayta yig‘ib
bo‘lmaydi. Bu esa sarf etiladigan anjomlar to‘plamlari ikkinchi marta
ishlatib bo‘lmasligini kafolatlaydi. Yuqorida keltirilgan kasalliklarning
ba’zilarida bemorlarda PCS 2 apparatida plazmaferez o‘tkazildi, natija
mutaxassislar tomonidan ijobiy baholanib, bemorlarning holati
yaxshilangani qayd qilinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: