4. Suv-tuz almashinuvi va kislotali-ishqorli muvozonatni
muvofiqlashtiruvchi eritmalar
Ushbu turdagi dori vositalariga kristalloid (poliionli eritmalar) va
osmotik diuretiklar kiradi. Kristalloid eritmalar eng ko‘p foydalaniladigan
eritmalar bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: Klinik amalyotda keltirilgan
eritmalardan
suv-tuz
moddalari
muvozanatini
tiklash
uchun
foydalaniladi, zero ularda qon tarkibiga eng yaqin to‘plamdagi ionlar
mavjud. Ringer-Lokk va laktosol turidagi distillangan suv – 1 litrgacha,
Ringer-Lokk eritmasi natriy xloridi – 9,0 gr. Natriy bikorbanat – 0,2 gr.
Kalsiy xlorid – 0,2 gr. Kaliy xlorid – 0,2 gr. Glyukoza – 1,0 gr. Ikki marta
distillangan suv – 1 litrgacha, Laktasol, Natriy xlorid – 6,2 gr. Kaliy xlorid
O’quv qo’llanma
128
– 0,3 gr. Kalsiy xlorid – 0,16 gr. Magniy xloridi 0,1 gr. Natriy laktat –
3,36 gr. Natriy bikorbanat – 0,3 gr. Distillangan suv – 1 litrgacha eritmalar
bundan tashqari atsidozga qarshi bikorbanat yoki natriy laktat
ko‘rinishidagi tarkibiy qismlarga ham ega. Atsidoz ko‘rsatkichlarini
tiklash uchun 4-5%li gidrokarbonat natriy eritmasi (soda) venaga
yuboriladi. Poliionli eritmalar kam molekulyar massaga ega bo‘lib,
tezlikda kapillyarlar devorlari orqali hujayralararo bo‘shliqqa o‘tadi va
interstitsiyadagi suyuqlikning me’yoriy miqdorini tiklaydi. Ular tezlik
bilan qon tomiridan chiqib ketadilar. Shu munosabat bilan, kristalloid va
kolloid eritmalarning birgalikdagi qo‘llanilishi maqsadga muvofiq.
Kristalloidlar gemodinamik kolloid qon o‘rnini bosuvchilar bilan
birgalikda travmatik va gemorragik shok, yiringli-septik kasalliklarda,
jiddiy xirurgik amaliyot va xirurgik amaliyotdan keyingi davrlardagi suv-
tuz balansi va kislotali-ishqorli muvozat buzilishining oldini olish va
tuzatish maqsadlarida foydalaniladi. Bunda nafaqat hujayradan tashqari
suyuqlik defitsitining, balki metabolik atsidoz va zaharlanishdan
ko‘rilgan zararlarning o‘rni qoplash, balki gipovolemiyaning qisman
tuzalishi va arterial bosimni stabillashtirishda namoyon bo‘luvchi
muayyan gemodinamik ta’sir yuz beradi.
Osmodiuretiklar
.
Osmodiuretiklarga quyidagi ko‘p atomli spirt
mahsulotlari kiradi: sorbit va mannit. Mannitol – natriy izotonik
eritmasidagi 15%li mannit eritmasi. Sorbitol – natriy izotonik
eritmasidagi 20%li sorbit eritmasi. Ko‘rsatilgan dori vositalarining
diuretik ta’siri mexanizmi plazmaning osmotik darajasi va qon tomiri
iziga interstitsial suyuqlik oqimining oshishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu AQH
va buyrakka qon kelishini ko‘payishiga yordam beradi. Buyrak filtrlash
hajmining ko‘payishi natijasida natriy, xlor va suvlarning ekskretsiyasi
ko‘payadi va shu bilan birga buyraklar kanalchalarida ularning singilishi
to‘xtatiladi. Dori vositalari vena qon tomiriga yoki oqizilib tana
og‘irligiga nisbatan sutkasiga 1-2 g/kg. miqdorida yuboriladi.
Osmodiuretiklarni qo‘llash ko‘rsatilgan holatlar o‘tkir buyrak
yyetishmovchiligining boshlang‘ich davri, gemolitik shok, yurak
yetishmovchiligi, miya shishi, ichak parezi (peristaltikani stimullaydi),
jigar va safro chiqarish yo‘llari kasalliklari va boshqa shu kabilardir.
Ularning qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan holatlar esa buyraklarda
filtrlash jarayonidagi buzilish, kuchli anasarka va ekstratsellyulyar
gipergidratatsiya bilan bog‘liq boshqa holatlar bilan kuzatiladigan yurak
yyetishmovchiligi, bosh miya bosimi kabilardir.
K.M. Abdiyev, U.D. Dadajanov, A.G. Madasheva
Do'stlaringiz bilan baham: |