O’quv qo’llanma
36
Buyuk ingliz anatomi va fiziologi R. Louer 1666-yilda kumush
naycha yordamida bir itdan ikkinchi itga qon quyish amaliyotini
muvaffaqiyatli bajardi, bu esa ushbu muolajani odamda o‘tkazishga turtki
bo‘ldi. R.Louer davo eritmalarini tomir ichiga quyish bo‘yicha birinchi
tajribalar muallifidir.
U itlar venasiga vino, pivo va sut yuborgan. Qon
quyish va ayrim suyuqliklarni yuborish bo‘yicha olingan yaxshi natijalar
R.Louerga ularni odamlarga tavsiya etish imkonini berdi.
Birinchi marta hayvondan odamga qon quyish amaliyoti 1667- yili
Fransiyada J.Deni tomonidan amalga oshirilgan. U qo‘zichoq qonini
o’sha davrda urf bo‘lgan ko’p marta
qon oqizish usulidan halok
bo‘layotgan ruhiy xasta bemorga quygan. O‘smir sog'ayib ketgan. Biroq
tibbiyot rivojlanishining bu darajasida gemotransfuziyalar muvaffaqiyatli
va xavfsiz bo‘lishi, tabiiyki mumkin emas edi. To‘rtinchi bemorga qon
quyish bemorning o‘limi bilan yakunlandi. J.Deni javobgarlikka tortiladi,
qon quyish esa taqiqlanadi. 1675-yilda Vatikan qon quyishni taqiqlovchi
qonun chiqardi va transfuziologiya bo‘yicha tadqiqotlar deyarli bir asrga
to‘xtatiladi. XVII asrda Fransiya, Angliya, Italiya va Germaniyada bor-
yo‘g‘i 20 nafar bemorga qon quyish amalga oshirilgan va so'ngra uzoq
yillar mobaynida bu usul unutilgan edi.
Qon quyishni amalga oshirish harakatlari XVIII asr oxirida tiklandi.
1819-yilda ingliz fiziologi va akusheri J. Blendel odamdan odamga qon
quyish amaliyotini bajardi va gemotransfuziya uchun apparat taklif etdi.
U bu apparatni tug’ruqda qon yo‘qotishdan holsizlangan ayollarda qo'llar
edi. J. Blendel shogirdlari bilan jami bolib 11 marta qon quyish
amaliyotini
bajargan,
bunda
quyish
uchun
qon
bemorning
qarindoshlaridan olingan. Shu davr J.
Blendel ayrim hollarda
gemotransfuziyada bemorlarda reaksiyalar yuzaga kelishini qayd etdi va
bunday reaksiyalar yuzaga kelganda quyishni to‘xtatish zarurligi haqida
xulosaga kelgan. J. Blendel qon quyishda zamonaviy biologik sinamaga
o‘xshash usul qo’llagan.
Rus tibbiyoti fanining transfuziologiya sohasidagi pionerlari
Matvey Peken va S.R.Xotovitskiy sanaladi. Ular XVIII asr oxiri - XIX asr
boshlarida quyilgan qonning bemor organizmiga ta'sirini batafsil yoritib
berdilar.
1830-yilda Moskvalik kimyogar German vabo kasalligini davolash
uchun tomir ichiga nordonlashtirilgan suv yuborishni taklif etdi.
Angliyada shifokor Latta 1832-yilda vabo kasalligi epidemiyasida tomir
K.M. Abdiyev, U.D. Dadajanov, A.G. Madasheva
37
ichiga osh tuzi eritmasini quyishni amalga oshirgan.
Bu voqealar qon
o’rnini bosuvchi eritmalar qo‘llanilishining boshlanishi bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: