O’quv qo’llanma
196
Qon va uning tarkibiy qismlarini tashishning harorati
Qon tashish termoizolyatsion konteynerlarda sanitar-gigienik
talablarga amal qilgan xolda amalga oshiriladi. Qonni tashishda kerakli
haroratni taminlash zarur. Eritrotsit massalari uchun, refrijeratorlarda
+4±2°
harorat ushlab turiladi, qonni refrijeratorsiz tashishda yaxshi
termoizolyasiya bilan yaqin masofaga sovutilgan konteynerlarda olib
boriladi. Ularning tashish tizimi 24 soat ichida +10°C dan oshmagan
haroratda taminlanadi. Muzlatilgan plazma uchun,
yangi muzlatilgan
plazma uchun plazmaning muzlashini buzadigan haroratni istisno
etadigan haroratni ta’minlash kerak. Buning uchun optimal harorat -25°
va undan kam harorat hisoblanadi. Trombotsit massasi va trombotsit
konsentrati uchun atrof muhitning doimiy harorati +22°±20° bo‘lishi
kerak. Agar ular tezda ishlatishga mo‘ljallanmagan bo‘lsa, ularni doimiy
sharoitda saqlash kerak, trombotsitar massa va konsentratlarning saqlash
muddati tayyorlangan vaqtidan boshlab +22±20
0
C haroratda 24 soat
ichida tashish amalga oshriladi. Bu jarayonni qat’iy amalga oshirishda
yuqorida sanab o‘tilgan saqlash muddati +22±20
0
C da 72 soatgacha
uzaytiriladi.
-Kislorod o‘tkazuvchi xususiyatiga ega bo‘lgan
ikkinchi avlod
gemaqonlari (pl 2209, pl 3014, slx, xt-612) ning borligi.
-saqlash muddati davomida pH ko‘rsatkichini 6.0-7.4 da ushlab
turish
-saqlash muddati davomida trombotsit massali (tk) li konteynerlarni
to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashish.
-aseptika uchun plastikatli konteyner apparati mavjudligi.
-probirlangan qonli konteynerlarni tarqatishdan avval xamshira:
-konteynerlarni makroskopik baholab, talab qilingan qon guruhi
bilan rezus mosligini qat’iy tekshiradi.
-qonning saqlash muddati tekshiriladi.
-belgilangan namunaga ko‘ra berilgan yorliqning mosligini
tekshiradi.
-belgilangan talablarga mos qonni jo‘natadi.
Jo‘natiladigan konservlangan qon navbatchi
hamshira faoliyati
davomida jurnalga ro‘yxatdan o‘tkaziladi (forma №422/u), nomerlanib,
shnurlanib, ma’sul tashkilotga muvofiq muhrlanadi. Konservlangan qonni
tarqatish qon markazi nazorati ostida (forma №421/u) faqat tibbiyot-
profilaktika muassasining tibbiyot xodimi tamonidan amalga oshiriladi
K.M. Abdiyev, U.D. Dadajanov, A.G. Madasheva
197
(sog‘liqni saqlash vazirligining №457- 2000 sonli qaroriga muvofiq) Qon
va uning komponentlarini qarindoshlar va tibbiyot xodimi bo‘lmagan
ishchilar tomonidan tarqatilishi man etiladi. Transfuziya uchun yaroqlilik
mezoni bo‘lib konteynerlarning butunligi,
germetik yopiqligi, saqlash
muddati ko‘rsatilgan yorliqlarning mavjudligi hisoblanadi. Bundan
tashqari, nativ plazmalarning mezoni bo‘lib plazmaning shaffofligi
(loyqalanish, cho‘kma, fibrin tolalarining yo‘qligi) hujayralarning
gomogenligi, agregatlar yo’qligi hisoblanadi.
Leykotsitlar va
trombotsitlar konsentrati uchun esa shaffoflik, eritrotsit qavatining bir
tekisligi, ko‘rinarli quyqalar yo‘qligi hisoblanadi. Plazmani oladigan
tibbiyot muassasasi qonni tashish jarayonida muzlatilgan xolda
turganligiga e’tibor berishi kerak. Agar
mahsulot tezda ishlatilmasa
zudlik bilan konteynerni tavsiya etilgan va ko‘rsatib o‘tilgan harorat
sharoitida saqlash kerak. Plazma muzlatilgan holatini yo‘qotgandan so‘ng
tezda ishlatilishi kerak. Qayta muzlatish mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: