Tashxisi: Bronxial astma
Shikoyatlari :
Asosiylari: yengil jismoniy faoliyatdan keyin, yoki bazan tinch turganda ham paydo boʻladigan yoʻtal, nafas olish qiyinlashishi, boʻgʻilish,
Qoʻshimcha: nafas chiqarishdagi qiyinchiliklar va, kanifol bilan ishlaganida nafas chiqarganda oz miqdorda shaffof balgʻam chiqishi bilan bogʻliq asab tarangligi
Kasallikning tarixi
Kasallikning boshlanishi: asta-sekin.
Bemorning kasallikning sababi haqida fikri: bemor boʻgʻilish xurujlari kanifol bilan ishlaganidan soʻng rivojlanadi deb hisoblaydi. Kanifol (Kichik Osiyodagi Kolofon sh. nomidan olingan) — ignabargli daraxtlarning qattiq smolasimon tarkibiy qismi. Moʻrt, shishasimon, och sariq rangdan toʻq jigarranggacha boʻlgan shaffof smola. U poʻlat qismlarini, mis qotishmalari va mis, sink va boshqa rangli metallardan tayyorlangan qismlarni, alyuminiy va alyuminiy qotishmalarini payvandlash uchun ishlatiladi.
Kasallikning rivojlanishi, dinamikasi va davomiyligi: oʻzini 1990 yildan beri kasal deb hisoblaydi. Keyin birinchi marta nafas qisilishi paydo boʻldi, dastlab intensiv boʻlmagan, keyin tez yordam chaqirildi, shifokorlar eufillinning tomir ichiga yuborish shaklida yordam koʻrsatdilar, natijada xurujlar 5-10 daqiqada kamaydi. Birinchi martayoq bronxial astma tashxisi qoʻyilgan. Shu munosabat bilan u yashash joyidagi poliklinikaga murojaat qildi, xurujning boshlanishi bilanoq (umumiy holatning yomonlashuvi, intensiv boʻlmagan ekspiratuar nafas qisilishi holatlari kuzatilishi bilan), mushak ichiga eufillinni kiritish va kanifol bilan aloqa qilishdan qochish tavsiya etiladi. Doimiy davolanish tavsiya etilmagan. Keyinchalik bunday xurujlar erta tongda paydo boʻla boshlaydi (aksariyat holda ertalab soat 4:00 da). 1992 yildan beri bemor gormonlarga qaram. Kasallikning oxirgi yomonlashuvi kasalxonaga yotqizilgan kuni qayd etildi, nafas olish qiyinlishuvi, nafas qisilishi. Ungacha uyda davolangan (eufillin, kompresslar). Harorat oshishi qayd etildi. Shu munosabat bilan tez tibbiy yordam chaqirildi, tez tibbiy yordam tomonidan bemor tekshirganidan soʻng, bemorga kasalxonaga yotish tavsiya etildi.
Dispanser hisobidaligi: dispanser hisobida emas.
Kasalxonaga yotqizish chastotasi: birlamchi kasalxonaga yotqizish.
Tadqiqot natijalari: ilgari hech qanday tadqiqotlar oʻtkazilmagan.
Oʻtkazilgan davolash va uning samaradorligi: Vena va mushak ichiga eufillinning yuborilgan. Shundan keyin xuruj 5-10 daqiqa toʻxtagan.
Oxirgi yomonlashuv bilan bogʻliq boʻlgan sabab, uning davomiyligi: oxirgi yomonlashuv kanifol bugʻlarinidan majburiy ravishda nafas olish bilan bogʻliq.
Davolash qanday amalga oshirildi: asfiksiyaning dastlabki belgilarida venaga yoki mushak ichiga eufillin kiritildi.
Ushbu tibbiy muassasaga yuborilganiga sabablar (tez yordam yoki oʻz-oʻzicha): nafas olish qiyinlishuvi, ekspiratuar nafas qisilishi bilan tez yordam mashinasi kasalxonaga olib kelib yotqizildi.
Anamnez
Bemorning bolalik davridagi rivojlanishi: oilada yagona farzand. Otasiz oʻsgan. Bolalikda chalingan yoki bemorni bezovya qilgan kasalliklarni eslolmaydi.
Irsiyatliligi: Bemorning otasi bronxial astma bilan ogʻrigan.
Ish faoliyati: 12 yoshida tokarga shogir tushgan, keyinchalik elektrikka yordamchilik qiladi, shuningdek energetik va motorlar boʻyicha mutaxassais sifatida ishlagan. Hozirda tuman elektr ta’minoti korxonasida elektrchi sifatida ishlaydi. Doimiy stress tufayli 1974-dan 2004-yilgacha har kuni sigaret chekadi.
Xavf omillari (doimiy stress, gipotermiya va boshqalar): doimiy stress, kanifolga allergik sezuvchanlik, tartibsiz ovqatlanish.
Kechirgan kasalliklari, Bosh chanoq jarohatlari mavjudligi: kolit, pankreatit, paraproktit, gemoroy, gastrit, 12-barmoqli ichak yarasi, ikki qoʻl va oyoq sinishi. Bolalik vaqtidagi kasalliklarini eslolmaydi.
Zararli odatlar: 1974-dan 2004-yilgacha har kuni yarimta sigaret chekadi.
Hayot sharoitlari, oziq-ovqat tabiati: uy-joy va kommunal sharoitlar qoniqarli.
Ovqatlanish ratsioni: jiddiy moddiy ahvol tufayli tartibsiz, nuqsonli.
Oilaviy ahvoli: oilali, 2 nafar oʻgʻli bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |