O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG`LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI
TIBBIY VA BIOLOGIK FIZIKA, TIBBIY TEXNIKA VA YANGI TEXNOLOGIYALAR KAFEDRASI.
SUYUQLIKNI SINDIRISH KO`RSATGICHINI REFRAKTOMETR YORDAMIDA ANIQLASH
(I va II kurs talabalari uchun uslubiy qo`llanma)
SAMARQAND—2005 YIL.
Samarqand Davlat Tibbiyot Tnstituti Markaziy Uslubiy komissiyasining ______ yil ____________ №___ bayonnomasiga binoan, o`quv islubiy qo`llanma bosmadan chiqarishga ruxsat etilgan.
«Tasdiqlayman»
O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni Saqlash Vazirligi Oliy va o`rta tibbiy ta`lim bo`yicha o`quv – uslub idorasi
______________ T.Saidov.
_______ yil ___________
-2-
Tuzuvchilar:
dots. Sodiqov N.O.
dots. Umarov U.K.
Taqrizchilar:
Professor Fayzullayev Sh.F.
k.o`qit. Burxonov B.N.
-3-
3.Refraktometrshkalasidan tozza suvning sindirish ko`rsatgichi
n = 1,333 (t =200 S da) ekanligi aniqlanadi.
4.Suvning miqdoridagi NaCI ning o`zgarishiga qarab sindirish ko`rsatgichining o`zgarishi 10 ta suqlik uchun aniqlanadi.
5.Olingan natijalar jadvalga yozilgan.
JADVAL.
n
№ n C% n x
n = 1.333
0 C%
6.Olingan natijalardan foydalanib, sindirish ko`rsatgichi ning eritmadagi NaCI ning konsentratsiyasi S ga bog`liqlik grafigi n = (S) chiziladi.
7.Konsentratsiyasi noma`lum bo`lgan (SX) eritmaning sindirish ko`rsatgichi nX aniqlanib, o`lchangan nX ning qiymatiga qarab, grafikdan eritmaning konsentratsiyasi SX aniqlanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
G.S.Landsberg. Optika. Toshkent. 1981.
I.V.Savelev. Umumiy fizika kursi. Tom 2 Moskva. 1982.
A.N.Remizov. Tibbiy va biologik fizika. Toshkent. 1992.
I.A.Essaulova, M.Ye.Bloxina, L.D.Gonsov. Tibbiy va biologik fizikadan laboratoriya ishlari uchun qo`llanma. Moskva. 1987.
-7-
SUYUQLIKNI SINDIRISH KO`RSATGICHINI REFRAKTOMETR YORDAMIDA ANIQLASH.
Qisqacha nazariya.
Yorug`lik oqimi (nurli) yo`nalishining bir muxitdan ikkinchi muxitga o`tishida o`zgarishi yorug`likning sinishi yoki refraksiyasi deyiladi. Yorug`lik sinishining asosiy qonuni quydagicha ta`riflanadi. Tushuvchi nur, singan nur va ikki muxit chegarasiga nurning tushish nuqtasidan o`tkazilgan perpendikulyar bir tekislikda yotadi; Tushish burchagi sinusning sinishi burchagi sinusiga nisbati berilgan ikki muxit uchun o`zgarmas kattalikdir.
bu yerda - tushish burchagi, - sinish burchagi. Buni quydagicha chizish mumkin:
I – muxit n1
II – muxit
n2
n - ga nisbiy sindirish ko`rsatgichi yoki ikkinchi muxitning birinchi muxitga nisbatan sindirish ko`rsatgichi deyiladi. Sindirish ko`rsatgichi n yorug`likning sinishi sodir bulayotgan birinchi va ikkinchi muxitlardagi tezliklari 1 va 2 ning nisbatiga teng. shu sababli sinish qonunini quyidagicha shaklda ham yozish mumkin.
Agar sinish burchagi tushish burchagi dan kichik bo`lsa, yuqoridagi formulaga asosan yorug`likning ikkinchi muxitdagi tezligi v2 birinchi muxitdagi tezligi v1 dan kichik bo`ladi, ya`ni v1 v2 .
Muxitning vakuumga nisbatan sindirish ko`rsatgichi shu muxitning absolyut sindirish ko`rsatgichi shu muxitning absolyut sindirish ko`rsatgichi deyiladi.
bu yerda S – yorug`likning vakuumdagi tezligi, v – esa muxitdagi yorug`lik tezligi.
-4-
Absolyut sindirish ko`rsatgichi kichik bo`lgan muxitni optik jihatdan zichligi kichik muxit debataladi. Eritmalarning sindirish ko`rsatgichini aniqlash usuli tibbiyotda diagnostikada katta ahamyatga ega. Eritmalarning sindirish ko`rsatgichi eritilgan moddaning konsentratsiyasiga bog`liq bo`lgani uchun eritmalarning konsentratsisini, masalan, qon zardobidagi oqsil moddasini, qand eritmalari, tuzlarni va hokazolarning konsentratsiyasini aniqlash mumkin. Sindirish ko`rsatgichiga qarab suvning tozaligi aniqlanadi.
Moddalarning sindirish ko`rsatgichini aniqlashda refraktometrlar ishlatiladi. Masalan, qon zardobidagi oqsilning miqdorini refraktometr yordamida quydagicha aniqlanadi. Ulchashlar shuni ko`rsatadiki qon zardobidagi tuzlarning sindirish ko`rsatgichi = 1,333 bo`lgan suvning sindirish ko`rsatgichini 0,003 miqdorga oshiradi. Qon zardobidagi sindirish ko`rsatgichining keyingi o`zgarishi esa undagi oqsilning miqdoriga qarab oshadi. Bunda qon zardobi tarkibidagi oqsil miqdorining bir foizga oshishi, sindirish ko`rsatgichini 0,0019 qiymatga o`zgartiradi. Shuning uchun qon zardobining sindirish ko`rsatgichi o`lchab olinib, undagi oqsil miqdorini hisoblash mumkin. Buni quydagi formula orqali aniklash mumkin.
ns = 1,333 toza suvning sindirish ko`rsatgichi.
n=0,003 qon zardobi tarkibidagi tuzlarning sindirish ko`rsatgichi.
n - esa qon zardobi tarkibida oqsil bo`lgan suyuqlikning sindirish ko`rsatgichi bo`lib, tajribada aniqlanadi.
ASBOBNING TUZILISHI VA OPTIK SXEMASI.
Refraktometrning asosiy qismi, ikkita har-xil shishadan yasalgan to`g`ri burchakli prizma hisoblanadi. Prizmalar bir biriga gipotenuzalari bilan deyarli tngib turadi va ular orasidagi masofa taxminan 0,1 mm ga teng bo`ladi. Prizmalar orasiga sindirish ko`rsatgichi aniqlanishi zarur bo`lgan suyuqlik tomiziladi (1 rasm).
Yoruglik manbai S dan chiqqan yorug`likning nuri I-chi prizmadan o`tganda sinadi va prizmaning gipotenuzasi AV ga tushadi. AV tomonning ustki qismi xira, tiniqmas bo`lgani uchun yorug`lik sochiladi va tekshiriladigan suyuqlikdan o`tib, ikkinchi prizmaning SD tamoniga har xil burchaklar bilan tushadi. Agar tekshirilayotgan suyuqlikning optik zichligi prizmaning optik zichligidan kichik bo`lsa, nurlar 2 prizmaga 0 gradusdan cheg chegaraviy burchakgacha bo`lgan oraliqdagi burchaklar bilan tushadi.
-5-
5
3 K S
-1 1
A V
S D
2- srup 4
M 2
7
8
5 8
5
Shu sababli burchaklar orasida yorug` maydon, tashqi qismida qorong`i maydon hosil qiladi. Natijada ko`rish maydoni yorug` va qorong`iga bo`linadi. Yorug` va qorong`i maydonlarning chegarasi tekshirilayotgan suyuqlikning chegaraviy sinish burchagi bildiradi. Bu esa tekshiriluvchi suyuqlikning sindirish ko`rsatgichiga bog`liq.
Shuni qayd qilish kerakki refraktometr yordamida sindirish ko`rsatgichi tekshiriluvchi suyuqlikning sindirish ko`rsatgichi prizmaning sindirish ko`rsatgichidan kichik bo`lsagina aniqlash mumkin.
Refraktometrning optik zichligi 2-rasmda keltirilgan. 1,2- lar prizmalar, 3 – oddiy yorug`lik manbai, 4 – tenglashtirgich bo`lib undagi prizmalar to`lqin uzunligi = 589,3 nm bo`lgan nurlarning tenglashtirgichdan o`tgandan so`ng chetlanishi ro`y bermasligi uchun qo`llaniladi, 5- buraluvchi prizma bo`lib, ko`rish sohasini yaxshilaydi, 6- ko`rish trubasi okulyari, 7-ko`rish trubasi ob`ektivi, 8- shkala bo`lib unda tekshirilgan suyuqlikning sindirish ko`rsatgichini aniqlab oladi.
ISHNI BAJARISH TARTIBI.
Bu ishda suvdagi NaCI konsentratsiyasining sindirish ko`rsatgichiga bog`liqligi aniqlanadi.
1.Refraktometrni yorug`lik manbaiga yaqin joylashtirib, yaxshi ko`rish maydoni hosil qiladi.
2.Refraktometr prizmalari orasiga 2-3 tomchi distirlangansuv tomiziladi.
-6-
Do'stlaringiz bilan baham: |