Samarqand davlat tibbiyot instituti. Mavlyanov f. Sh., MAVLYANOV Sh. X., Xayitov u. X. Tibbiyot kasbiga kirish



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/63
Sana16.07.2022
Hajmi3,15 Mb.
#810292
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   63
Bog'liq
Tibbiyet (5)

Kaliy permanganat.
Suvda yaxshi eruvchan qoramtir kristalldir. Tibbiyotda 
keng qo’llaniladi. Kuchsiz eritmalari (0,5- 1 % li) pushti rangga ega bo’lib, og’iz 
bo’shligi, qovuq va boshqa organlarni chayish uchun ishlatiladi. Kuchliroq (2-5 % li) 
eritmalari esa qoramtir binafsha rangga ega. Bu eritma bakteritsid xususiyatga ega, 
to’qimani kuydirish xossasi ham bor. Shuning uchun kuyishda qoraqo’tirlarni 
davolashda, badbo’y hidni yo’qotishda, shuningdek chiriyotgan, yiringli jarayonlarni 
yuvishda qo’llaniladi. 
Vodorod peroksid.
3-5 % li eritmasi ishlatiladi. Rangsiz suyuqlik. To’qima 
ekssudati va yiringi bo’lgan joyda suv va kislorodga parchalanadi. Vodorod 
peroksidning antiseptik xossalari kuchsizdir, lekin ajralib chiqayotgan kislorod 


42 
anaerob va chiriguvchi mikroblarning rivojlanishiga noqulay sharoit yaratadi. 
Vodorod peroksid to’qima fermenti katalaza bilan qo’shilib, kislorod ajratadi, bu 
ko’p miqdorda ko’pik ajralishiga olib keladi. Ko’pik harakati tufayli jarohatdan yot 
jismlar, qon quyqasi, yiring chiqib ketadi. Oksidlovchi sifatida anaerob infeksiyasi 
natijasida ro’yobga kelgan (gazli gangrena) yiringli jarayonni davolashda keng 
qo’llaniladi. Shuningdek vodorod peroksid yordamida yaraga yopishib qolgan 
bog’lovlarni olib tashlasa ham bo’ladi. 
Vino spirti.
70-96 % li toza hamda aynitilgan (denaturat) spirt eritmasi 
ishlatiladi. 70 % li spirt dezinfeksiyalash va 96 % li spirt oshlash ta’siriga ega. Spirt 
tashqi antiseptik, u xirurg qo’lini dezinfeksiyalash va oshlash, asbob-uskunalarni 
dezinfeksiyalashda, ipak, ketgutni tayyorlashda keng ishlatiladi. Spirt o’ziga xos 
hidli, uchuvchan, osongina alangalanuvchi suyuqlikdir, muzlamaydi. 
Og’ir metallar tuzlari.
Simob eritmasi qadimdan tibbiyotda ishlatiladigan 
kuchli hujayra zahari bo’lib, mikroblarga ham, tirik to’qimalarga ham bir xil ta’sir 
qiladi. Eng ko’p tarqalgan preparatlari quyidagilar: a) simob dixlorid kuchli 
bakteritsid xususiyatga ega. 1:1 000-1:5 000 eritmasida bakteriyalar halokatga 
uchraydi. Suvda yaxshi eriydigan kristall, rangsiz, hidi va mazasi yo’q, suvdan farq 
qilish qiyin. Sulema kuchli zahar, shuning uchun boshqalardan farqlash maqsadida 
uning eritmalari pushti yoki ko’k rangga bo’yalib, alohida etiketka yopishtirib 
qo’yiladi. Oqsilli suyuqliklarda ekssudat, qon, yiring va shu kabilar bilan birikib 
albuminatlar hosil qilishi tufayli bakteritsidlik kuchi kamayadi. 
Sulema ipak tayyorlashda, qo’lqoplar, kasallarda ishlatiladigan buyumlarni 
dezinfeksiya qilishda ishlatiladi. Metall asboblarga sulema tegsa, qorayib buziladi. 
Sulema eritmasi yorug’likda o’z xossasini yo’qotadi, shuning uchun uni saqlashda 
qora idishdan foydalaniladi; b) simob (N)-tsianid. Siydik yo’llarini yuvish uchun 1:1 
000-1:5 000 eritmalari ishlatiladi. Kuchli dezinfeksiyalovchi preparat hisoblanadi. 
Sulemadan farqi asboblarni qoraytirmaydi. Shuning uchun sistosqoplarni, drenajlarni 
dezinfeksiyalashda ishlatiladi. d) kumush nitrat (lyapis) rangsiz, hidsiz, tiniq oq 
kristall tayoqchalardan iborat bo’lib, suvda yaxshi eriydi. 0,1-0,03 % li eritmasi
qo’llanish uchun, shuningdek yiringli jarohat, qovuqni yuvishda ishlatiladi. 1-2 
% li surtma dorisi, lyapis qalamchalari gipergranulyatsiyani kuydirishda qo’llaniladi. 
Kumush nitrat yorug’likda parchalangani uchun uni qora idishlarda saqlash kerak; g) 
protargol. Suvda yaxshi eriydi. Yallig’lanishga qarshi va dezinfeksiyalash uchun 
ishlatiladi. Uning 1-3 % li eritmasi nafas olish va siydik yo’llarini yuvishda, blefarit, 
konyunktivitga chalinganda ko’zga tomiziladigan tomchi dori sifatida foydalaniladi. 

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish