Samarqand davlat chet tillari instituti


b) Ijodkorlikning mohiyati



Download 29,28 Kb.
bet3/6
Sana12.08.2021
Hajmi29,28 Kb.
#146391
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-topshiriq

b) Ijodkorlikning mohiyati


Ijod — insonning yangi moddiy va maʼnaviy neʼmatlar yaratish faoliyati. Unda inson tafakkuri, xotirasi, tasavvuri, diqqati, irodasi faol ishtirok etadi, butun bilimi, tajri-basi, isteʼdodi namoyon boʻladi. Ijod dastlab inson tasavvurida tugʻiladi, keyin ijodga taaluqli masalalar yuzasidan izlanishlar olib boriladi, boshqalar bajargan ishlar tanqidiy koʻrib chiqiladi, taxlil etiladi, kuzatishlar, tajribalar oʻtkaziladi, mantiqiy xulosalar chiqariladi, gipotezalar qilinadi, bular tajribada sinab koʻriladi, notoʻgʻri boʻlsa yangilanadi va h.k. Izlanishlar natijasi turli shakllarda (badiiy asar, matematik formula va b.) yuzaga chiqadi. Uni jamiyat eʼtirof etsagina haqiqiy, toʻliq ijod boʻladi. Ijod fan-texnikani, madaniyatni bo-yitadi, rivojlantiradi.

Ijodni shartli ravishda ikkiga: ilmiy ijod va badiiy ijodga boʻlish mumkin. Olimlar faoliyati ilmiy ijodga, sanʼatkorlar, yozuvchilar faoliyati badiiy ijodga qaratilgan. Baʼzi kishilarda har ikki ijod rivojlangan boʻlishi mumkin. Ilmiy ijodda tabiat va jamiyat hayotining obʼyektiv qonuniyatlari aks etsa, badiiy ijodda maʼnaviy hayot muammolariga sanʼatkorning subʼyektiv, oʻziga xos qarashlari, his-tuygʻulari aks etadi. Badiiy ijodda hayotning turfa ranglari hamda voqealari orasidan ibratli va ijtimoiy ahamiyatli boʻlganlari tanlab olinadi va badiiy umumlashtiriladi. Badiiy ijod murakkab jarayon boʻlib, inson faoliyatining idrok etish, baholash, qadrlash singari turlari bilan bogʻliq holda amalga oshadi. Buning uchun ijodkor erkin xayol, ozod tafakkur, keng koʻlamli tasavvur, milliy gʻurur va yuksak orzularga ega boʻlishi kerak. Badiiy ijod mahsulotining ommaviyligi va ijtimoiy ahamiyati ana shu bilan belgilanadi. Ijodning taraqqiy etishida jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlari hal qiluvchi ahamiyatga ega.



Ijod deganda keng ma’noda shaxs yoki jamiyatning tabiiy, ijtimoiy va ma’naviy olamni insonning maqsad va vazifalariga, uning ehtiyojlari, istaklari va imkoniyatlariga muvofiq ravishda o‘zgartirish borasidagi bunyodkor faolligi tushuniladi. Sub’ektning borliqda faol va izchil tarzda yangilik yaratish irodasining ta’siri ijodiy faoliyatda o’z aksini topadi. Odamlar ongi ijod orqali bizni qurshagan olamni kuzatibgina qolmay, balki uni faol yaratadi ham. SHaxs erkinligi, ijodiy izlanishlar va ijod natijalarining tanqid uchun ochiqligi, ijod atrofida fikrlar va g’oyalar kurashi ilmiy, badiiy, texnikaviy ijod rivojlanishining zarur shartidir. Ijod - bu shakllangan stereotiplar, odatlar, an’analar va shartliliklar doirasidan ongli ravishda chiqish demakdir, zero, sub’ekt ijod jarayonida taraqqiyot yo’lida to’g’anoq bo’lgan eski narsalarni ongli ravishda chetga uloqtiradi. Ijodiy faoliyat tufayli yangi g’oyalar, qarashlar, nazariyalar odamlarning qalbi va aqlida hukm sura boshlaydi, bu esa ijtimoiy taraqqiyotga olib keladi. Har xil dogmatizm, stereotiplar, noxolislik, dunyoqarashning torligi ijodga mutlaqo yotdir. Erishilgan taraqqiyot darajasining dogmalashishi taraqqiyot yo’lidagi, yangi hayotni erkin, ijodiy yaratish yo’lidagi to’siqdir. Har qanday shaxsning ichki ma’naviy salohiyati faqat sifat jihatidan yangi narsani vujudga keltiradigan ijod jarayonida o’zini to’liq namoyon etishi mumkin. Inson ijodi xilma-xildir. U badiiy, ilmiy-tadqiqot, konstruktorlik, siyosat sohalarida namoyon bo’lishi mumkin. Bemorda o’ziga xos jarrohlik operatsiyasini amalga oshirgan vrach ham, rasionalizatorlik taklifini kiritgan ishchi ham ijodkor shaxslardir. Shuningdek laboratoriyada murakkab tadqiqotlar o’tkazgan olimni ham, yangi roman va she’rlar yozgan yozuvchi, shoirni ham, betakror musiqa asarlari yaratuvchi bastakorni ham ijodkor shaxslar deb atash mumkin. Ijod - bu sub’ektning tafakkuri, aqli va idroki nazorat qiluvchi, tartibga soluvchi, yo’naltiruvchi, shu bilan birga ijtimoiy amaliyotga muvofiq ravishda muttasil o’zgarib boruvchi ob’ektiv olamning sub’ekt ongidagi faol in’ikosidir. Badiiy, texnikaviy va ilmiy ijod tafovut etiladi. Ilmiy ijod – bu olimning bilimlari, qobiliyatlarining oliy ifodasi, o’rganilayotgan hodisalarning o’zagiga, mohiyatiga chuqur kirib borishga bo’lgan uning istagidir. Ilmiy faoliyat ijod bilan chambarchas bog’liq. Ilmiy xodimning bilimi, iste’dodi, qobiliyati, ko’nikmalari, ilmiy haqiqatning tagiga etishga bo’lgan intilishlari ilmiy ijodda o’z aksini topadi. Ilmiy kashfiyot, fanda yangi nazariya yoki yo’nalish yaratish ijodning fandagi oliy ifodasidir. Ilmiy tadqiqotlar sohasida yuksak natijalarga erishgan olimlar daho deb atalishi bejiz emas. Masalan, A. Eynshteyning ilmiy faoliyati ulkan darajada ilmiy faolligi bilan ajralib turadi. Uning ilmiy kashfiyotlari nafaqat hozirgi zamon fizikasining qiyofasini, balki dunyoning hozirgi zamon manzarasini ham o’zgartirib yubordi. Eynshteyning kashfiyotlari natijasida hozirgi zamon olimlari ilmiy faoliyatining ruhi, xususiyati ham o’zgarib ketdi. Ilmiy ijod ilmiy muammoni qo’yishdan boshlanadi. Ilmiy tadqiqotning maqsadi - yuzaga kelgan muammolarni hal qilish, olingan echimlardan voqelikni amaliy-ijodiy o’zlashtirishda, borliqning mohiyatini yanada teran bilish, tushunish va anglab etishda foydalanishdir. Yangini kashf etish, atrof olam haqida shu paytgacha ma’lum bo’lmagan axborotni olish bilan bir qatorda, ilmiy ijod mavjud ilmiy bilimni egallash, uni ijodiy o’zlashtirish, ilmiy kashfiyotlar, eksperimentlar, kuzatishlarning natijalaridan faol foydalanishni ham o‘z ichiga oladi. Olimning ijodiy fantaziyasi, olim aqlining faolligi ilmiy abstraksiyalar yaratishda namoyon bo’ladi. Ilmiy abstraksiyalar o’rganilayotgan hodisalarning shu paytgacha ma’lum bo’lmagan yashirin mohiyati haqida to’g’ri bilimlar beradi. Ilmiy abstraksiyasiz o’rganilayotgan faktlar va jarayonlarning biror-bir jihatini bilish, tushunib etish mumkin emas. Olim faqat ilmiy abstraksiya yordamida ob’ektning mohiyatiga kirib borishi mumkin va lozimdir. Shunda u ilmiy bilish jarayonida mazkur ob’ektning mohiyatini ijodiy tiklaydi va unga xos bo‘lgan qonunlarni, ob’ekt borlig‘ining ichki mantig‘ini kashf etadi. Abstraktlashtirish, yoki mavhumlashtirish ijodiy jarayon sifatida fanda ilmiy bilishning nazariy bosqichida yorqin namoyon bo‘ladi. Bunda olimning tafakkuri ilmiy bilimni to‘liq egallagandan so‘ng uni yangilik yaratish uchun amalda ijodiy qo‘llash maqsadida jonli mushohadadan abstrakt tafakkur darajasiga ko‘tariladi. Eksperiment ilmiy ijodning o‘ziga xos vositalaridan biri hisoblanadi, zotan, u ham ilmiy ijod vositasi, ham uning real ifodasidir. Eksperiment o‘tkazuvchi o‘ziga xos eksperimental g‘oyani ilgari surishi uchun undan juda katta ilmiy quvvat, koshiflik, mehnat, sabr-toqat talab etiladi. Shundan so‘ng u eksperimentni yo‘lga qo‘yish, kalibrlash, o‘tkazish bo‘yicha zahmat chekadi va nihoyat, uzoq kutilgan ilmiy natijalarni oladi, ularni qayta ishlaydi, talqin qiladi va ilmiy maqola, hisobot, preprint va hokazo ko‘rinishida e’lon qiladi. Eksperimentning ijodiy xususiyati shunda namoyon bo‘ladiki, u qat’iy ishlab chiqilgan rejaga ko‘ra amalga oshiriladi, ma’lum maqsadga erishishga - mavjud farazlar va nazariyalarni tekshirishga yoki mavjud nazariy qoidalarni boyitishga yo‘naltiriladi. Ilmiy eksperiment - bu maxsus ilmiy asbob-uskunalardan mazkur fanning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib ijodiy foydalanish jarayonidir. Eksperimentning ijodiy roli ilmiy faktlarni olish, jamlash, olimning ixtiyorida mavjud farazlar, konsepsiyalar va nazariyalarni tekshirishdan iborat. Eksperimentda olingan ma’lumotlar, faktlarni anglab etish ilmiy ijodning muhim jihatlaridan biridir. Masalan, yapon eksperimentchi-fizigi L.Esaki o‘zining yarim o‘tkazgichlarni o‘rganish borasidagi eksperimentlarining natijalarini to‘g‘ri tushunish va tavsiflashga muvaffaq bo‘ldi hamda `tunnel diodlari` (yoki `Esaki diodlari`) turkumini kashf etdi. Mazkur kashfiyoti uchun olim fizika sohasida Nobel mukofoti bilan taqdirlandi. Yangi ilmiy bilimni ma’lum ilmiy tizimga kiritish ilmiy ijodning muhim jihatlaridan biridir. Ilmiy nazariyalar yordamida bilimlarni tizimga solish - bu yangi bilim elementlarini mexanik ravishda qo‘shish emas, balki ularni ijodiy sintez qilish, dialektik sakrash, bilishning yangi sifatiga, mazkur bilimni tushunishga o‘tish demakdir. Ilmiy nazariya ilmiy bilim tizimida ilmiy gipotezaning shakllanishi, rivojlanishi va tasdiqlanishi natijasidir. Ilmiy gipoteza ilmiy muammodan kelib chiqadi: ilmiy muammo - bu hali bilinmagan va bilish lozim bo’lgan narsa haqidagi bilim bo’lsa, gipoteza - bu ehtimol tutilgan bilim, bilimdan oldingi bilim, ilmiy muammoni hal qilishning ehtimol tutilgan yo‘llari haqidagi ozmi, ko‘pmi asoslangan, dalillangan ilmiy farazdir. Olimning ijodi mana shu yo‘llarni to‘g‘ri tanlashda namoyon bo‘ladi. Agar gipoteza ilmiy tadqiqot jarayonida tasdiqlangan, uning to’g’riligi va mavjud ilmiy faktlarga zid emasligi isbotlangan bo’lsa, u to’laqonli ilmiy nazariyaga aylanadi. Gipoteza va nazariyalar ishlab chiqish - ilmiy ijodning muhim jihatidir. Olimlarning ijodiy qobiliyati mazkur fanning ichki mantig’iga va ilmiy izlanish ehtiyojlariga javob beruvchi asoslangan, teran, dalillangan gipotezalar yaratishga ular qay darajada qodirligi bilan tekshiriladi. Gipotezadan o’sib chiquvchi ilmiy nazariya - ilmiy ijodning yakuniy natijasi va, shu bilan bir vaqtda, yangi ijodning, olimlarning kelgusi ijodiy faoliyatining boshlang’ich nuqtasidir. Ilmiy ijod ham, xuddi badiiy ijod singari, tadqiqotchi olimning ilhomi, fantaziyasi, umumiy madaniyati, shuningdek ilmiy xodim ijodkor shaxs sifatida ega bo’lgan ma’naviyat darajasi bilan chambarchas bog’liq. Ichki erkinlik, shaxs dunyoqarashining dogmalardan xoliligi unumli ilmiy ijodning zarur shartidir. Ilmiy ijod sohasida erkin bo’lish - moneliksiz ijod qilish, birovning qolipiga tushmaslik, yangi ilmiy bilimlarni olish va qayta ishlashda ob’ektiv va xolis bo’lish demakdir. Fanda ijod erkinligi deganda tabiatda, jamiyatda va tafakkurda o’rganilayotgan hodisalarning teran mohiyatini ochib berishga muttasil intilish tushuniladi. Kon’yunktura, sub’ektivizm ilmiy ijod ruhiga batamom yotdir. Ilmiy bilish, ilmiy ijodga teranlik, realizm, ob’ektivlik va har tomonlama o’rganish, shuningdek olingan yoki olinayotgan ilmiy bilimga tanqidiy yondashuv xosdir. Ilmiy ijod ilmiy tadqiqotning ilmiy metodi, metodologiyasiga ongli ravishda tayanadi.

Download 29,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish