Samarqand davlat chet tillar instituti rektori I.M.Tuxtasinov hamda _____________viloyat_______________shahar(tuman)_____________________ umumiy o’rta ta’lim muassasasi direktori________________________o‘rtasida
Talabalar malakaviy amaliyotini o‘tkazish
bo‘yicha tuzilgan hamkorlik
SHARTNOMASI №_____
2021 yil “__”________ Samarqand shahri
Ushbu shartnoma bir tomondan Samarqand davlat chet tillar instituti rektori I.M.Tuxtasinov, ikkinchi tomondan _____________ viloyat _______________ shahar(tuman)______________________ umumiy o’rta ta’lim muassasasi direktori __________________o‘rtasida tomonlarning to‘la ixtiyoriyligi va teng huquqliligi asosida talabalarning malakaviy amaliyotlarini o‘tkazish bo‘yicha o‘quv-uslubiy va ilmiy-amaliy hamkorlikni amalga oshirish hamda ta’lim sifati va samaradorligini oshirish maqsadida tuzildi.
1. UMUMIY QOIDALAR.
Tomonlar shartnoma majburiyatlarining bajarilishiga javobgardirlar.
Amaliyotchi talabaning umumiy o’rta ta’lim muassasasida malakaviy amaliyot o‘tash uchun ishtirokini ta’minlash va uzluksiz nazorat qilib borish;
SamDChTI Ingliz tili-II fakulteti “____” (o’zbek, rus) guruhi talabasi __________________ umumiy o’rta ta’lim maktabiga malakaviy amaliyot o‘tash uchun qatnashishini ta’minlab beradi va uzluksiz nazorat qilib boradi;
Amaliyotchi talabaning umumiy o’rta ta’lim muassasasida ichki tartib-qoidalariga amal qilishini ta’minlash hamda unga oldindan malakaviy amaliyotni o‘tash tartiblari, xavfsizlik texnikasi haqida zarur ko‘rsatmalar va yo‘l-yo‘riqlar berish;
Umumiy o’rta ta’lim muassasasida malakaviy amaliyotnirejalashtirishvatashkiletish;
Amaliyotchi talabaga malakaviy amaliyoti hujjatlari majmuini nashr qilish va ta’minlash;
Amaliyotchi talabaning malakaviy amaliyotini o‘tash joyiga yetib borishi va qaytishini kafedra mudiri, malakaviy amaliyot rahbari va fakultet dekanati bilan hamkorlikda tashkil qilish;
Qabul qiluvchi tashkilotdan belgilangan malakaviy amaliyot rahbari hamda oliy ta’lim muassasasidan belgilangan malakaviy amaliyot rahbari birgalikda talabaning malakaviy amaliyot o‘tashi holati bo‘yicha muntazam ravishda aloqada bo‘lish;
Amaliyotchitalabaning malakaviy amaliyoti bo‘yicha hisobot himoyasida ishtirok etish va baholash.
SamDChTI Kengashiga malakaviy amaliyot o‘tkazilganligi haqida yakuniy hisobot berish.
3.1. Mazkurshartnomaningamalqilishmuddati 2021yil25-yanvardan21-fevralgaqadarmo‘ljallangan. 4. YAKUNIY QOIDALAR
4.1. Mazkur shartnoma tomonlarning kelishuviga ko‘ra yoki tomonlardan biri shartnoma shartlarini jiddiy ravishda buzgan taqdirda, tomonlardan birining talabi bo‘yicha bekor qilinishi mumkin.
4.2. Mazkur shartnomaga kiritiladigan har qanday o‘zgartirish va qo‘shimchalar yozma shaklda amalga oshirilganda va tomonlarning o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga mas’ul qilingan vakillari tomonidan imzolanishi sharti bilan haqiqiy hisoblanadi.
4.3. Mazkur shartnoma tomonlarning har biri uchun alohida ikki nusxada tuziladi. Shartnomaning barcha nusxalari teng yuridik kuchga ega.
4.4. Mazkur shartnoma ikkala tomonlar imzolagan kundan boshlab kuchga kiradi.