Ishning obyekti va predmeti.Ushbu kurs ishining obyekti o’rta asrlar adabiyotini yoritib o’quvchiga batafsil izohlab yoritib berish bo’lsa uning predmeti sifatida bir nechta o’rta asrlarga oid adabiy koreys nasrlari hisoblanadi
Ishning tuzilishi. Kurs ishi: kirish, ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatini o’z ichiga olib 31 sahifadan iborat.
I.BOB. KOREYS ADABIYOTIGA UMUMIY TAVSIF
1.1.Koreys adabiyotining davrlarga bo’linishi
Koreys tili adabiyotini davrlashtirish masalasi va davrlar bo’yicha o’rganish:
Ilk adabiyot. Uch podsholik va silla davri adabiyoti
Koryo sulolasi davri adabiyoti.
Choson (Li) sulolasi davri adabiyoti.
Zamonaviy adabiyot.
Adabiyoti milodning avvalida qadimiy koreys folkloridan rivojlana boshlagan. XIX asr oxirigacha badiiy asarlar koreys tilida va xanmun — xitoy adabiy tilining koreyslashtirilgan shaklida yaratilgan. Xitoy iyeroglifi, keyinroq koreys alifbosida yozilgan "Ona-vatan qoʻshiqlari" (VII-XIasrlar) k.adabiyotining qadimgi namunasidir. XI-XIV asrlarda uning davomi — "Koreya qoʻshiqlari" yaratildi. Sheʼriyatning vujudga kelishida Chxve Chxi Von (857) muhim rol oʻynadi. Li In No uni yanada rivojlantirdi. Badiiy nasr asta-sekin tarixiy adabiyotdan ajralib chiqdi. Novella janriga Kim Si Sip (1435— 93) asos soldi. 1487 yil So Go Jon (1420—88)130 kitobdan iborat "Sharq antologiyasi"ni tuzdi. Lim Je (1549— 87) satirik qissalar yozdi. XVI- XVII asrlarda tabiat goʻzalliklarini madh etuvchi va falsafiy sheʼriyat ravnaq topdi. XVII-XIX asrlarda koreys tilida koʻplab qissalar yozildi, dastlabki romanlar paydo boʻla boshladi,yangi nasr shakllandi. Dastlabki erkin sheʼrlarni Chxve Nam Son va Kim Ok yozdi. Yaponiya xukmronligi davrida adabiyotning taraqqiyoti vaqtincha toʻxtab qoldi,koʻpgina yozuvchilar qatag’onga uchradi. 1919 yil qoʻzgʻoloni bostirilgandan keyin har xil dekadentlik yoʻnalishlari koʻpaydi. Realistik romanlar paydo boʻldi (1934). Yapon reaksiyasi kuchaygan davrda tarixiy roman janri ommalashdi (30-yillarning 2-yarmi).Yaponiyaga qarshi xalq lashkarlari uchun jangovar inqilobiy sheʼrlar, qoʻshiqlar va kichik pyesalar yaratildi (1930-40). Koreyaning bugungi kundagi mashhur yozuvchilari: Cho Xi Su (1962; Janubiy Koreya)Choi Xi Su 1962 yili Janubiy Koreyaning Paju shahrida tug‗ilgan. U Seul Universitetining badiiy peyzaj fakultetini tamomlagan bo‗lib, shu vaqtga qadar 9 ta kitobi nashr etilgan. Cho Xi Su Koreyada anchagina nufuzga ega bo’lgan ―Joun chek ilkki (―Yaxshi kitoblar mutolaasi) nomli ilmiyadabiy jurnalining ―Oila bo’limi mudiri lavozimida faoliyat ko’rsatgan va aynan shu jurnal orqali uning bir qancha asarlari koreyalik kitobxonlarga yetib borgan. 19 Uning ―Dadam bilan kitob, ―Chuqur muhabbat baxtni yaratadi‖ nomli kitoblari mashhur. Chon Myong Kvan (1964; Janubiy Koreya).Yozuvchi Chon Myong Kvan koreys nasrining kenja avlod namoyondalaridan biri hisoblanadi. U 1964 yili Koreyaning Kyongido viloyati Yong-in shahrida tug‗ilgan.U dastlab kinossenariychi sifatida faoliyat yuritgan bo’lsa, 2003 yili ―Frenk nomli hikoyasi bilan adabiyotga kirib keldi. Shu yili Koreyadagi nufuzli ―Munhak dongne‖ nashriyotining ―Eng yaxshi nasriy debyut yo’nalishi sohibi bo’ldi. 2004 yili esa ushbu mukofotning ―Adabiyot yuzi yo’nalishida g.olib bo’ldi.2004 yili koreys kitobxonlarining sevimli romaniga aylangan ―Dengiz kiti asari nashr qilingan bo’lsa, 2010 yili Chon Myong Kvan ssenariysi asosida ―Qo’shni uydagi erkak filmi ekranga chiqdi.2010 yili ham Chon Myong Kvan ijodida barakali bo’ldi: uning ―Qarigan oila qissasi ham qo’lma-qo’l bo’ldi. 2012 yil mart oyida esa uning ―Bryus Li – mening tog’am nomli qissasi e‘lon qilindi.
Qadimgi koreys xalqining diniy hayotida og'zaki qo'shiqlarning ijro etilishi Xitoy sulolalari tarixida yorqin qayd etilgan. Davlat marosimlarida bosh ritualist asoschilarning ilohiy kelib chiqishi, asoslar haqidagi afsonalar va urush va tinchlikdagi g'ayrioddiy ishlari haqida hikoya qiladi. O'qilgan rivoyat nafaqat xudolarni va ruhlarni kutib oladigan, ko'ngil ochadigan va yuboradigan ibtidoiy qo'shiqlar bilan birlashtirildi. Shunday qilib, og'zaki nutq va ijrochilik qadimgi Koreyada xalq she'riyatining muhim xususiyatlari bo'lgan.
Omon qolgan mashhur misol miloddan avvalgi 17 yilga to'g'ri keladi, Yuriy"s Sariq qushning qo'shig'i (Xvangjoga, 황조가 / 黃鳥 歌), xitoylik kanizagining ketishiga afsuslanish uchun yozilgan. Chihui. Keyinchalik ba'zi Koreya she'riyatlari uslubiga amal qilgan Tang lirik she'riyat kabi salom she'riyat shakli. Davomida taniqli koreys she'riyati rivojlana boshladi Goryeo davr (935 yildan boshlab). To'plamlar kamdan-kam chop etilardi.
Choe Xivon (857–10-asr)
Koreys tilidagi eng qadimgi she'riy to'plam - Kyun Yeo (균여, 균여 如) tomonidan yozilgan "Samantabhara o'n qasam qo'shiqlari". Bu shoir vafotidan bir asrdan ko'proq vaqt o'tgach, 1075 yilga to'g'ri keladi.Sijo, Koreyaning sevimli she'riy janri ko'pincha izlanadi seonbi XI asr olimlari, ammo uning ildizlari ham o'sha oldingi shakllarda. Sijo janrida saqlanib qolgan eng dastlabki she'r IV asrga tegishli. Uning eng katta gullashi XVI va XVII asrlarda ostida bo'lgan Xoseon sulolasi.
X asrga qadar bo‘lgan koreys adabiyoti an’anaga ko‘ra «ilk», «qadimgi» adabiyot deb ataladi. Adabiy merosni o‘zlashtirishda u ancha muhim o‘rin egallaydi, zero, u buyuk koreys adabiyotining rivojlanishida dastlabki bosqich hisoblanadi. Adabiyot tarixi koreys xalqi va Koreya davlatining tarixidan alohida qaralishi mumkin emas. Taniqli xitoyshunos olim V.M.Alekseyev bu xususda shunday deb yozgan edi: «Biron-bir xalqning adabiyoti haqida gapirishdan oldin uning g‘oyaviy tarixi asoslarini anglab yetish, mantiqiy jihatdan uning hozirgi kunini o‘tmishi bilan yaxlit bir butun qilib bog‘lash zarur»1. ilk koreys adabiyotining rivojlanishi u ilk milliy davrni, undan oldingi qadimgi dunyoni o‘zlashtirishidan, arxaik madaniyatga, xalq og‘zaki ijodi — afsonalar, ertaklarga, oilaviy-maishiy rasm-rusumlar va urf-odatlarga murojaat etishdan, xalq hayot ini, uning taqdirini to‘laqonli aks ettirish maqsadida ulami badiiy adabiyotga olib kirishdan boshlanadi. Ayni hoi adabiyot Koreya tarixining o‘ziga xos in’ikosi ekanligi bilan izohlanadi. Bu tarix, insoniyat tarixi singari, ilk milliy davrdan, paleolit davridan boshlanadi. Shu tufayli ham, Li Gi Bek ta’kidlab o‘tganidek, «Koreya tarixini Qadimgi Chosonga asos solgan qirol sulolalari vujudga kelgan
davrdan boshlab o‘rganishga urinishning o‘ziyoq ilmiy emas».
Koryo davri adabiyotining rivojlanish jarayoni uning an’analari o‘z mavqeyini saqlab qolganidan dalolat beradi. Chunonchi, ilk davrda xyanga awalgidek mashhur bo‘lib qoladi. Shoir-rohib K yunyoning «Poxyon yenbonga» to‘plami,shuningdek koryo-kayodagi xyanga an ’analari («Koryo qo‘shiqlari») keng dovruq qozonadi. Xanmundagx peyzaj lirikasi rivoj topadi, u «Dengizdan sharqdagi mamlakatdan yeti donishmand» sifatida mashhur bo‘lgan anoxoret shoirlarning asarlarida ayniqsa bo‘rtib namoyon boMadi. XII—XIII asrlarda badiiy nasming tarixiy adabiyotdan ajralishi «norasmiy tarixlar» («yfljtir»)ning paydo bo‘lishini belgilaydi (masalan, buddaviy rohib Iryonning «Uch davlat tarixiga
qo‘shimchalar» asari1), tarixiy solnomalar qabilidagi soxta taijimayi hollar yaratiladi (ular «chon» belgisi bilan ajralib ko‘rsatiladi). Tarixshunos nomidan tuzilgan muallifning qisqacha kirish so‘zi soxta tarjimayi hollarning muqarrar tarkibiy elementi hisoblanadi. Bunday asarlarga Lim Chxunning «Denga haqida hikoyati» (XII asr), Li Gyuboning «Dono Qulmoq hikoyati» (L.Konsevich fikriga
ko‘ra, uning yozilishiga asos bo‘lib XI asrda yashab ijod qilgan xitoy tarixchisi va shoiri Ouyan Syuning «Mamlakatning qulmoq shiyponi» deb nomlangan nasriy dostoni xizmat qilgan), Li Gokning «Bambuk xonim hikoyati» (XIV asr) misol bo‘lishi mumkin. Koryo davri adabiyoti yangi janr — pxesol, ya’ni xanmun&agi
kichik nasriy asarlar bilan boyigan. 0 ‘rta asrlar nasriy adabiyotining turlaridan biri — pxesol (pxegvan — saso/ning qisqaitirilgan va qo‘shilgan ko‘rinishi) xalq og‘zaki ijodi, «og‘izdan og‘izga o‘tib yurgan hikoyalar» va XII—XVII asrlarning norasmiy tarix-shunosligi negizida vujudga kelgan1. Li Inno (1152—1220)ning
«Bekorchilikdan yozilgan hikoyalari», Li Gyubo (1190-1241)ning «Pegun haqidagi rivoyati», shuningdek muallifi noma’lum novellalar va latifalar xalq orasida keng tarqalgan. XIV—XV asrlar chegarasida yangi janr — sidjo, ya’ni koreys tilidagi uch misrali she’rlar paydo boMgan. Koryo davrining tarixiy voqeligi yangi janrlarning rivojlanishi bilan bir qatorda, adabiyotda millatni jipslashtirish, davlatchilikni mustahkamlash, maishiy va ma’naviy an’analarni, turmushning barqaror shakllarini rivojlantirishga bo‘lgan milliy ehtiyoj bilan
belgilanuvchi muhim muammolarning qo‘yilishi bilan ham tavsiflanadi. Koryo davrida quyi tabaqalaming ijtimoiy ahvoli bilan bogliq masala ayniqsa keskin tus oladi. Bu tasodifiy bir hoi emas, zero, yildan yilga ko‘payib borayotgan xalq qo‘zg‘olonlari islohot-larni amalga oshirish, nisbatan jabr-zulmni yumshatish zarurligidan darak berar edi. Adabiyotda o‘z hayoti bilan xalqqa xizmat qilish, davlatchilikni yuksaltirish borasida ulkan xizmatlar ko‘rsatgan shaxslarning hayoti va faoliyatini aks ettirish zaruriyati alohida milliy ehtiyojga aylanadi. Shu tufayli ham buyuk zotlarning ko‘rgan-kechirganlari, xususan, Kim Busikning «Samguk sagi», Kakxunning «Dengizdan sharqdagi mamlakat munosib monarx-
larining ko‘rgan-kechirganlari», Iryonning «Uch davlat tarixiga qo‘shimchalar» asarlari alohida ahamiyat kasb etadi.
Zamonaviy adabiyot. XIX asr oxiri va XX asr birinchi yarmi Koreya tarixida eng og’ir, keskin burilishlar, misli ko’rilmagan o„zgarishlar davri hisoblanadi. Bu davrda dunyoning kuchli Angliya, AQSH, Yaponiya, Fransiya, Rossiya kabi davlatlari ekspansiya (imperialistik davlatlarning yangi hududlarni bosib olishga intilishi)sining kuchayishi, Koreya ustidan Yaponiya anneksiyasining o„rnatilishi (1910), anneksiyaning uzoq o’n yilliklarga cho’zilishi (1910–1945), mamlakatning ikki xil mafkura ostida bo’linib ketishi (1948) kabi voqealar sodir bo’ldi. 1920-yillarga kelib mustamlika siyosati yanada kuchaydi. Koreya tarixida xalq taqdirini belgilovchi: «Adolat otryadi» inqilobiy harakatidan ilhomlangan Birinchi mart qo’zg’oloni, vatanparvarlik ruhini kuchaytirishga qaratilgan ma‟rifatparvarlik g’oyalarini o’zida aks ettiruvchi Tonxak («Sharq ta’limoti»); Sirxak («Aniq fanlar»); «Umumtaraqqiyot assotsiatsiyasi»ga asos solindi va shu kabi qator muhim voqealar sodir bo’ldi1 .1919 yil birinchi mart qo’zg’oloni shafqatsizlarcha bostirilishiga qaramay, g’oyaviy chiqishlar, demokratik harakatlar kuchaydi. «Yangi yo’nalish maktabi» (1922), Koreys proletar san’ati federatsiyasi (KPSF, 1925)ga asos solinishi va ular faoliyati bunga yorqin misol bo’ladi. Bu birlashmalar faoliyati mamlakatni yapon istibdodidan ozod qilish muammolarini hal qilish, mamlakatni tubdan isloh qilish, taraqqiyotning burjua yo„lidan voz kechishni kuchaytirdi. Yangi tarixiy sharoitlar – hayotning turg„unsizligi, xalqning huquqsizligi oddiy insonlar hayotiga bo’lgan qiziqishni kuchaytirdi, mamlakatda demokratik kuchlarni faollashtirdi, bu esa o’z navbatida ijtimoiy ong, milliy mentallikka o’z ta’sirini o’tkazdi, ma’naviy madaniyat va adabiyot rivojida o’z aksini topdi. Keskin o’zgarishlar, yangi zamon ta’siri haqiqatni tasvirlashning yangi usul va yo’llarini axtarib topish zaruratini keltirib chiqardi. Koreya tarixida zamonaviy adabiyot, xususan, 1910 – 1950-yillar nasri mumtoz, o’rta asrlar adabiyotidan keskin farq qildi. 1910 – 1950-yillar nasrini davrlashtirish shartli xarakterga ega. Rus koreysshunos olimlari M.V.Soldatova, K.A.Pak qarashlariga ko’ra, yangi koreys adabiyoti quyidagi davrlarga bo’linadi: 1910-yillar nasri va nazmi; 1920-yillar nasri va nazmi; 1930 – 1945-yillar nasri va nazmi; 1950-yillargacha bo’lgan xaos va g’oyaviy kurash davri nasri. Shak-shubhasiz, yangi nasr rivojiga mamlakatda Yevropalashuv jarayoni, g’arb va rus adabiyotining tez sur’atlarda tarqalishi, davriy nashrlarda, xususan, «Sharqiy Osiyo axborotnomasi», «Mustaqillik», «Poytaxt gazetasi» gazetalari va «Ijod», «Yoshlik», «G’arb adabiyoti axborotnomasi» jurnallarida jahonning eng sara asarlaridan namunalarning ona tilida chop etilishi ta’sir ko„rsatdi. Natijada koreys kitobxoni uchun Gete, Bayron, Shekspir, Zolya, Balzak, Mopassan, I.S.Turgenev, A.P.Chexov, L.N.Tolstoy, F.M.Dostoyevskiy va boshqa yozuvchilar asarlari bilan yaqindan tanishish imkoniyati tug’ildi. Yangi obyektiv haqiqat, Yevropalashuv jarayoni, xalqni yapon zulmidan ozod qilish, uni qashshoqlik va yo„qsillikdan qutqarish, milliy madaniyat, ma’rifatparvarlik, savodxonlikni rivojlantirishga intilish kabi harakatlar – yangi nasrning o’ziga xos xususiyatlarini belgiladi, mavzular ko’lamini kengaytirdi. An’anadan cheklanishning rasmiy belgisi bu «hayot tasviri» ma’nosiga ega chon morfemasini asar nomida qo'lashdan voz kechish bo’ldi. Bundan tashqari, majburiy trolog va epizodlardan ham voz kechildi. Nasrdagi vaqt hozirgi zamonga turli uslublar bilan yaqinlashtirildi, nasrga zamonaviy realiyalar hamda aniq sanalar kiritildi. An’anaviy nasrda konfutsiychilik ideallariga muvofiqlik uchun sinov turi hukmronlik qilgan bo„lsa, endi hayotning yangi sharoitlariga moslashuvchanlik, iste’dodga sinovlar turi keng tarqaldi. Yangi nasrning spesifik xususiyatlaridan biri mazmun bilan birga uning shakli ham o’zgardi. 1910 – 1950-yillar nasrining ijtimoiy hayotning yangi sharoitlar bilan shartlangan muhim xususiyatlari: fojianing ijtimoiy ildizlarini ochib berish; mustamlaka sabab yuzaga kelgan umidsizlik, tolesizlik, kelajakka bo’lgan ishonchning so„nishi, yapon zulmining shavqatsizligi; asar bosh qahramonining o’limi yapon mustamlaka siyosatiga qarshi chaqiriq singari yangrashi, ozodlik ramzi sifatida ifodalanishi; xalqning bukilmas irodasi, inson borlig„ining asl ma‟nosini tasvirlashdan iborat. Yangi nasrning badiiy yangiligi yangi tipdagi qahramon – kurashuvchi inson obrazini tasvirlashi bilan oldingi davr nasridan farq qildi. Yangi nasr poetikasi shakllanishida tasviriy – ifoda vositalari: metafora, qiyoslash, giperbola, mubolag’a, fantastika elementlarini qo’llash ko’zga tashlanadi. Yangi koreys she’riyatining o’ziga xos xususiyati realistik tendensiyalar sintezida, romantikaga asoslangan qudratli ozodlik ruhiga bo„lgan ishonchda, «xalq qayg’usi» ramziy ifodasida, chorasizlikda, afsus-nadomatlarda, fuqarolik hissini ifodalashda mar’fatparvarlikka intilishida aks etadi. Yangi koreys she‟riyati uchun modernizm, yangi adabiy guruhlar va yo’nalishlar paydo bo’lishi xosdir. Yangi koreys she’riyati rivojiga konfutsiychilik ta’limoti, buddaviylik g’oyalari, shuningdek, mamlakatda keng targ’ib qilingan xristianlik qonun-qoidalari, hayotni tasvirlashning modernistik, dekadentlik tamoyillarini faol o„zlashtirish kabilar ta’sir ko„rsatishda davom etdi. «Mustaqillik», «Koreys kundalik gazetasi» gazetalari va «O’smirlik», «Yoshlik», «G’arb madaniyati haqida ma’lumotlar», «Ijod» jurnallari sahifalarida jahon adabiyoti durdonalari chop etildi, kitobxonni eng sara asarlar bilan tanishtirish yo’lga qo’yildi. Yangi she‟riyatning shakllanishi nafaqat mazmunda, balki «erkin she’r»ga o’tish bilan shartlangan shaklda ham o’z ifodasini topdi. «Zamonaviy she’riyat»ga o„tish davr talabiga aylandi. Rus koreysshunos olimi M.V. Soldatova asosli ta’kidlaganidek, «Yangi leksika, yangi ritmik tasvirlar va changa obrazlari XIX – XX asrlar koreys she’riyatida chayusi «erkin she’r»ning o’z o’rnini topishiga keng yo’l ochib berdi. Besh-etti bo’g’inli satrlarning ketma-ket kelishiga asoslangan yangi yapon she’riyati ta’siri ostida yuzaga kelgan «yangi she’r» bu yo’nalishdagi 7 muvaqqat shakllardan biri edi».Erkin she’r davriga o’tish munosabati bilan, ma‟lum ma‟noda, shoirlarning «yo’llari ochildi», zero, «erkin she’r» verlibr (fran.verslibre) degani o’lchov va qofiyaga ega bo’lmagan, nasrdan she’r parchalarining bo’linishi xususiyatiga ko’ra farq qiluvchi shakl edi» 4 . Erkin she‟r o„ziga xos yangi ifodaviylik baxsh etdi, chunki unda ritm qandaydir muayyan bir hodisa uchun moslashadi (V.V. Mayakovskiy) Tabiatdagi obrazlarining xususiylashuvi, shuningdek, shoirlarga xalq fojeasi, uning motamsaro ruhi, fuqarolik tuyg„ularini aniq ochib berishda ko„mak beruvchi xalq ramzlari, istiora, o’xshatishlar, anoforalar, murojaatlar, so’roq va undov gaplar va shunga o„xshash usullardan keng ko’lamda foydalanilganlik zamonaviy she‟riyatning alohida farqlovchi xususiyatlaridandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |