Qadimgi qo‘shiqlar.
Boshqa xalqlar kabi, koreys xalqi ham qadim zamonlardan beri o‘z xalqi fol’klori: qo‘shiqlari, afsonalari, miflari, tarixiy rivoyatlari, ertaklari va maqollariga ega. Eng qadimgi qo‘shiqlar qatoriga Kuchjiga, Xega, Kongmutoxaga, Xvandyoga,CHong ipsa va b. xalq qo‘shiqlarini kiritish mumkin. Qadimgi koreys qabilalari marosim qo‘shiqlari va raqslarini yaxshi bilganlar. Keyinchalik ulardan qo‘shiq ajralib chiqqan va individual-she’riy ijodga asos solgan. Bunday sinkretik marosimlar haqida qaydlarga qadimgi xitoy yodgorliklari– Xanshuning “Xan’ sulolasi tarixi” va Sal’gochjining “Uch podsholik tarixi” da duch kelish mumkin. Qadim zamonlarda Uzoq SHarq va Koreya yarimorolida yashagan xalqlar va qabilalar er va osmonning kelib chiqishini o‘zlaricha tushuntirganlar, o‘z miflarida oltita ajdarni quyosh aravasiga qo‘shganlar va uni tortishga majbur qilganlar, Oyda ham Erdagiga o‘xshash jonzotlar yashaydi deb tasavvur qilganlar, sakkizoyoqning oyoqlari nima uchun sakkizta ekanligini, ilonning oyoqlari esa umuman yo‘qligini tushuntirganlar. Bu miflarning aks sadosiga Koreyada hanuzgacha mavjud bo‘lgan ertaklarda duch kelish mumkin. Koreys adabiyoti I ming yillik boshlarida vujudga kelgan. Bu Koreya yarimorolida konfutsiychilik an’anasida yaratilgan davlat qurilishi ideallari o‘zlashtirilgan davrda yuz bergan. Koreyada o‘z adabiy o‘qimishlilik an’anasi vujudga kelgan, unda markaziy o‘rinni pand-nasihat ruhi bilan sug‘orilgan tarixiy asarlar egallagan. Adabiyotda konfutsiychilik yo‘nalishi shaxsning davlat manfaatlariga qaramligi bilan bog‘liq bo‘lgan. Bir madaniyatdagi bu ikki oqim adabiyotda o‘ziga xos ifodasini topgan. Miloddan avvalgi II – I asrlar chegarasida Koreyaga ieroglif yozuvi kirib kela boshlagan. Milod boshida ieroglif yozuvini o‘zlashtirish Koreyaga Uzoq SHarq madaniy merosi bilan oshno bo‘lish va o‘z adabiyotiga yozma tus berish uchun imkoniyat yaratadi. Xanmunda (ya’ni koreyslashtirilgan xitoy ven’yanida) asarlar yaratiladi, ular bilan bir qatorda ona tilidagi nutqni xitoy iertogliflari yordamida yozish usullari – iduda yaratilgan asarlar amal qiladi. Xulosa qilib aytish mumkinki, koreys mumtoz adabiyotini o‘rganishda quyidagi uchta katta davrga ajratiladi va har bir davr xususiyatlari, adabiy yo‘nalishlar, janrlar, adabiy maktablar quyida xronologik tarzda ko‘rsatildi:
1. Ilk adabiyot davri (miloddan avvalgi asrlardan miloddiy X asr o‘rtalarigacha). Ayniqsa bu davrdan kam yodgorliklar saqlanib qolgan, bizgacha ba’zi bir asarlarning nomlari va ayrim parchalarigina etib kelgan. SHu materiallarga asoslangan holda, ilk davr tarixiy nasrning rivojlanishi bilan tavsiflangan, deb faraz qilish mumkin. Bu ona tilidagi she’riyat ravnaq topgan va xanumundagi she’riyat vujudga kelgan davrdir.
2. Koryo dabiyoti (918-1392 yillar). Birinchi bosqich: X asr o‘rtalari -XII asr–davlatchilik mustahkamlangan davr. Ayni shu sababli bu davr adabiyotida konfutsiychilik ideallari etakchilik qiladi. Xitoy tarixiy nasr adabiy yodgorliklari yaratiladi. Ikkinchi bosqich: XII–XIV asrlar – davlatchilikning zaiflashish davri. Adabiyotda ayrim shaxs tasvir ob’ekti sifatida ajrala boshlaydi. Bir qancha yangi she’riy va nasriy janrlar paydo bo‘ladi, Koreya uchun kichik shakldagi nasrning yangi turi – pxesol’ vujudga keladi.
3. Li adabiyoti (1392-1910 yillar).Birinchi bosqich – XV-XVI asrlar. Ikkinchi bosqich – XVII-XVIII asrlar. Uchinchi bosqich– XIX asr.
Asosiy mashgʻulotlari sholikorlik. Chorvachilik, baliqchilik, ipakchilik, hunarmandchilik bilan ham shugʻullanishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |