Maraka marosimi
«Xansik» — norasmiy «ota-onalar kuni». U yiliga uch marta nishonlanadi. Erta tongdan marhumning qarindoshlari qabristonga kelishadi: o'tlarni yulib, qabrni tozalab va yangilab, daraxtlar va gullar ekishadi. Ovqat olib kelinadi va «desa» xotirlash marosimi otkaziladi.Qabr ustiga ovqat qo'yish — bu marhum oila a'zolarini hurmat qilish uchun qurbonlik hisoblanadi.Avval, yer ruhiga — qabr egasiga qurbonlik qilinadi. Yoshi katta qarindoshlardan biri qadahga aroq quyib, qabr yoniga uch marta to'kadi. Keyin qabrga uch marta ta'zim qiladi. Faqat shu marosimdan keyin qabrni tartibga solib, daraxtlar va gullar ekishni boshlash mumkin bo'ladi.Agar Koreyada jasad yoqib yuboriladigan bo'lsa, Qozog'istonda koreyslar marhumni pravoslav an'analariga ko'ra uchinchi kuni dafn etishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |