3-bob. Ijtimoiy sheriklikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash
12-modda. Ijtimoiy sheriklikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash turlari
Ijtimoiy sheriklikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash turlari quyidagilardan iborat:
nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini mulkiy, axborot, maslahat, tashkiliy va o‘quv-uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash;
nodavlat notijorat tashkilotlariga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga moddiy yordam ko‘rsatayotgan yuridik va jismoniy shaxslarga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha qonun hujjatlariga muvofiq imtiyozlar berish;
nodavlat notijorat tashkilotlariga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga davlat subsidiyalari, grantlari va ijtimoiy buyurtmalari berish, ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni moliyalashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |