Samarqand davlat chet tillar instituti tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti ijtimoiy sheriklikning mohiyati va mazmuni seminar mashg



Download 42,23 Kb.
bet12/12
Sana13.06.2021
Hajmi42,23 Kb.
#66185
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
fj13-1

18-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi ijtimoiy sheriklik bo‘yicha jamoat komissiyalari

Jamoat komissiyalari tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining deputatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklarining, adliya va moliya organlarining, shuningdek boshqa davlat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining hamda fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining vakillari orasidan rais, uning o‘rinbosari, mas’ul kotib va komissiya a’zolaridan iborat tarkibda shakllantiriladi.

Jamoat komissiyalari:

nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlar hamda loyihalarni amalga oshirishdagi hamkorligini chuqurlashtirishga ko‘maklashadi, ularning takliflarini o‘rganish asosida ijtimoiy sheriklikning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlaydi;

nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining joylarda ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy masalalarni hal etishga qaratilgan sotsial hamda ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlari va loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga, ularni amalga oshirish uchun mablag‘larning zarur hajmlarini aniqlashga doir tavsiyalar ishlab chiqadi hamda tegishli buyurtmalarni Parlament komissiyasiga yuboradi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondlari mablag‘larining samarali taqsimlanishini tashkil etadi, shuningdek ulardan maqsadli foydalanilishi ustidan monitoringni amalga oshiradi;

tegishli hududda ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini hal etishda ijtimoiy sheriklik holatining monitoringini va baholanishini amalga oshiradi, zarur hollarda, mazkur yo‘nalishdagi ishlarni takomillashtirishga doir aniq tadbirlarni ishlab chiqadi;

ijtimoiy sheriklik sub’ektlari o‘rtasida manfaatlarni kelishib olishga va birgalikdagi faoliyatning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqishga qaratilgan maslahatlashuvlar hamda muzokaralarni tashkil etadi va o‘tkazadi, ular o‘rtasida bitimlar va shartnomalar tuzishga, shuningdek ularning ijro etilishiga ko‘maklashadi;

ijtimoiy sheriklik sohasida ko‘rib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

o‘z faoliyati to‘g‘risida jamoatchilikni xabardor qiladi.

Jamoat komissiyalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondlarining vasiylik kengashi vazifasini bajaradi.

Jamoat komissiyalari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Jamoat komissiyalari o‘z faoliyatini tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan tasdiqlanadigan reglamentga muvofiq amalga oshiradi.

Jamoat komissiyasining namunaviy reglamenti Parlament komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

Jamoat komissiyalari faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan ta’minlash mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.

XULOSA


Yuqorida aytilgan fikrlarni umumlashtiradigan bo‘lsak, “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi ijtimoiy hayotning barcha sohalaridagi taraqqiyot dasturlarini amalga oshirishda, muammolarni hal etishda turli qatlamlarning huquq, erkinliklarini va manfaatlarini himoya qilishda nodavlat notijorat tashkilotlarnining davlat hokimiyati organlari bilan o‘zaro munosabati tashkiliy huquqiy mexanizmlarni takomillashtirishning huquqiy asosi va tayanchi bo‘lib hizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar



  1.  Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

  2. ↑ Bardhan P. Corruption and development // Journal of Economic Literature. — 1997. — Vol. 25. — P. 1320. [1](ingl.)

  3. ↑ Tanzi, V. Corruption, Governmental Activities and Markets // IMF Working Paper 94/99. — International Monetary Fund, Washington, DC. — 1994. [2]

  4. http://sies.uz/index.php/maqolalar/8-yangiliklar/158-ijtimoiy-sheriklikdemokratik-taraqqiyotining-yangi-bosqichi

Download 42,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish