9-modda. Ijtimoiy sheriklik sub’ektlari tomonidan birgalikda tadbirlar, maslahatlashuvlar va muzokaralar o‘tkazish
Ijtimoiy sheriklik sub’ektlari:
konferensiyalar, davra suhbatlari, seminarlar, jamoatchilik muhokamalari, hasharlar, festivallar, sotsiologik so‘rovlar shaklida va boshqa shakllarda birgalikda tadbirlar;
bitimlar va shartnomalar tuzishga, birgalikdagi loyihalar hamda rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirishga, birgalikda tadbirlar tashkil etishga qaratilgan maslahatlashuvlar va muzokaralar o‘tkazishi mumkin.
Maslahatlashuvlar va muzokaralar birgalikdagi uchrashuvlar va jamoatchilik muhokamalarini tashkil etish, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillarining fikrlarini so‘rash, ular ishtirokida davlat organlari huzurida ishchi guruhlar, komissiyalar va jamoatchilik-maslahat organlari tuzish yo‘li bilan o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |