Samarqand davlat chet tillar instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy psixologiya


Bolani maktabga psixologik jihatdan tayyorlash masalalari



Download 5,72 Mb.
bet86/171
Sana12.07.2022
Hajmi5,72 Mb.
#782921
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   171
Bog'liq
Samarqand davlat chet tillar instituti pedagogika va psixologiya

Bolani maktabga psixologik jihatdan tayyorlash masalalari
Shunday qilib, bolaning maktabdagi o‘qishga tayyorligi shaxsning ijtimoiy yyetuklik bosqichlaridan biridir. Lekin ijtimoiy taraqqiyotning bunday yyetuklik bosqichiga bola o‘z-o‘zidan ko‘tarilmaydi. Uni bu bosqichga bog‘chadagi va oiladagi butun ta’lim-tarbiya ishi ko‘taradi.
Bola yetti yoshga to‘lganda u jismoniy jihatdan ancha o‘sadi, o‘zini idora qilishga, nojo‘ya xatti-harakatlardan o‘zini tiyishga, hulq-atvor qoidalarini o‘zlashtirishga harakat qiladi. U o‘zini bemalol eplaydigan bo‘ladi, o‘z kuchiga yarasha mehnat qila oladi, jamoada yashashga ko‘nika boshlaydi. Bu davrda bolaning turmush tajribasi anchagina ortadi, ko‘p narsalarning nomini va ulardan qanday foydalanishni biladi. Xotirasi va tasavvurlari o‘sib, ko‘pgina she’r va hikoyalarni yoddan bilib oladi. 7 yoshli bolaning nutqi ma’lum darajada rivojlanib, so‘z zahiralari ko‘payadi. Natijada u o‘z o‘rtoqlari va kattalar bilan erkin suhbat qila oladigan bo‘ladi. 7 yoshga to‘lgan bolalarda turli harakatlar ham mustahkamlanadi. U qaychi, igna, qalam, ruchka kabi qurollardan foydalanish malakasini egallay boshlaydi. Biroq bu davrda ham bolada beixtiyor faollik hali ustunlik qiladi. Shu sababdan bolani qiziqtiradigan yoki unga kuchli ta’sir qiladigan narsalar uning diqqatini o‘ziga jalb qiladi.
Shuni ham aytish kerakki, yetti yoshli bola maktabga chiqqanidan keyin uning hayotida o‘yin hali ham juda katta o‘rin egallaydi. Bola ish mashg‘ulotlaridan bo‘sh paytlarida har xil o‘yinlarni o‘ynashda davom yetaveradi. O‘yin jarayonida bola o‘z-o‘zini idora qilishga, o‘z harakatlarini o‘yin qoidalariga bo‘ysundirishga, javobgarlikni sezishga, jamoa manfaatlarini ustun qo‘yishga odatlanadi. O‘yin va bog‘chadagi didaktik mashg‘ulotlar jarayonida bolalarning aql-idroki, xotira va tafakkuri o‘sadi. Bular, o‘z navbatida, bolaning maktabda iy olishi uchun psixologik zamin tayyorlaydi. Bunday zaminni tayyorlash va mustahkamlashda, albatta, oilada hamda bolalar bog‘chasida olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlari hal qiluvchi ahamiyatga egadir.

Download 5,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish