FLEGMATIK. Yuragi keng, barqaror intilishlarga va doimiy his-tuyg‘ularga ega, harakatlari va nutqi bir xil maromda bolgan, ruhiy holatini tashqi tomondan ifoda etavermaydigan inson flegmatik deb ataladi. Flegmatik temperament (bosiq, og‘ir tabiatli) - hissiyotning juda sekin, kuchsiz qo‘zg‘alishi va uzoq davom etmasligi bilan xarakterlanadi. Flegmatik temperamentli insonlarda, hissiyotlarning tashqi ifodasi kuchsiz bo‘ladi. Bu xil temperamentli odamlarni xursand qilish, xafa qilish yoki g‘azablantirish ancha qiyin. Flegmatiklarda psixik jarayonlar sust o‘tadi. Bu xil temperamentli odamlar nihoyat og‘ir, yuvosh, bosiq, harakatlari salmoqli bo‘ladi. Flegmatik tipidagi insonlar hissiyotga tez berilmasligi bilan ajralib turishadi. Ular arz holini hammaga aytavermaydi, boshqalarning hissiyotlarini ham beparvolik bilan kuzatadi. Ular uzoq kuta olishi va sabr-toqatli bo‘lishi bilan boshqa temperament egalaridan ajralib turishadi.
Psixologik tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, temperament turlari aralash tarzda uchrashi ham kuzatiladi. Insonda qaysi tipdagi temperamentning xususiyatlari ko‘proq namoyon bo‘lsa, shunga qarab u yoki bu temperament tipiga mansub deb ataladi. Har bir temperament tipining o‘ziga xos ijobiy va salbiy tomonlari bor. Jumladan, xolerik temperamentli shaxsning ijobiy tomoni uning g‘ayratliligi, harakatlar tezligi, qat’iyligida; salbiy tomoni tormozlanish jarayoni sust bo‘lganligi sabab nojo‘ya harakatlarni sodir etib qo‘yish holatlarining yuzaga kelishi; flegmatik tipining ijobiy xislatlaridan biri bosiqlikda, hissiyotlami yengib o‘ta olishda; salbiy jihati sustkashligi, beparvoligi ba’zida yalqovligida; melonxoliklarning ijobiy tomoni ehtiyotkorona munosabat, osoyishtalik; salbiy tomoni ular oddiy voqealardan ham ta’sirlanishi, arzimagan narsadan xafa bo‘lishidir.Temperament xususiyatlari aqliy mehnatga ta’sir etishi, aqliy jarayonlarning tezligiga, diqqatning barqarorligi va ko‘chishi, ishga “jalb qilish” dinamikasi, ish davomida emotsional jihatdan o‘z-o‘zini tartibga solish, asabning ma’lum darajada zo‘riqishini belgilab beradi. Temperamentning faollik darajasi va harakatchanlik darajasi kabi xususiyatlari ta’limning muvaffaqiyatiga qarama-qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga faoliyatning ba’zi turlarida temperament xususiyatlaridan faqat ularning bajarilish jarayonining borishi emas, balki ma’lum darajada natijasi ham bog‘liq bolishidir. Faoliyatning bu turlariga nisbatan psixikaning ancha maqbulroq va kamroq darajada barqaror belgilar to‘g‘risida gapirish mumkin. Harakatlar sur’ati va jadallashuviga qat’iy talablar qo‘yiladigan mehnat sohalarida psixikaning individual xususiyatlari mehnat faoliyati qobiliyatiga ta’sir etuvchi omil bo‘lishi mumkin. Har bir sohada - fan, texnika, san’at sohasidagi har xil kasb egalari orasida temperamentning turli xil tip vakillarini uchratish mumkin. Ko‘pchilik shoirva yozuvchilarda ta’sirchanlikning yuqori darajasini kuzatgan holda ularni melanxolik temperamentli shaxslar sirasiga tegishli deb aytish mumkin. Kasb tanlashda ham temperametning ahamiyatli jihatlari ma’lum ma’noda o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Ba’zi bir kasblar borki, ular oldiga yuqori darajada talablar qo‘yiladi. Masalan, futbolchi bo‘lish uchun chaqqonlik, serharakatchanlik talab etilsa, aktyor yoki san’atkor bo‘lish uchun emotsional qo‘zg‘alish, tartibga solish, asabning ma’lum darajada zo‘riqishini belgilab beradi. Temperamentning faollik darajasi va harakatchanlik darajasi kabi xususiyatlari ta’limning muvaffaqiyatiga qarama-qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga faoliyatning ba’zi turlarida temperament xususiyatlaridan faqat ularning bajarilish jarayonining borishi emas, balki ma’lum darajada natijasi ham bog‘liqdir. Hayotning birinchi haftasida “yengil” tabiatli bolalar quvnoq, hayotga chanqoq bo‘lishadi. “Og‘ir” tabiatli bolalar esa asabiy bo‘lishadi.
Temperament doim turg‘un, ya’ni o‘zgarmas bo‘ladi. Masalan:
• Ta’sirchan bolalar odatda 9 oylik paytida harakatchan bo‘lishadi. 4 oylik bolalar atrof-muhitdagi o‘zgarishlami qabul qila olmaydigan, 2 yoshdan boshlab qo‘rqoq va sust bo‘lishadi. Atrof-muhitga tez o‘rganib qoladigan bolalar esa 2 yoshda ochiq va xushchaqchaq bo‘ladi. Ularga nisbatan sust va qo‘rqoq 2 yoshli bolalar 8 yoshida tortinchoq va uyatchan bo‘lib qolishadi. Yangi Zellandiyada bo‘lib o‘tgan tadqiqotlarning birida 900 ta odamning hayoti kuzatildi. Bu o‘tkazilgan tadqiqotlarda shuni aniqlashdiki, ruhan faol va impulsiv 3 yoshli bolalar 21 yoshida yanada agressiv, urushqoq bo‘lib voyaga yetgan. Sust 3 yoshli bolalar esa 18 yoshdan keyin yanada ehtiyotkor va qat’iyatsiz bo‘lib o‘sgan. Yillar davomida jur’atsiz, sust bolalar o‘zlarini erkin tutishni o‘rganishadi, lekin dadil va jur’atli bolalarning hammasiyam uyatchan va tortinchoq bo‘lavermaydi. Psixologiya fanida shaxslarning individual tipologik xususiyatlaridan eng muhim tomoni xarakter bo‘lib, temperament bilan o‘ziga xos psixologik xususiyatlami yoritishda ularning o‘zaro bog‘liqligi va farqlarini o‘rganib chiqish lozim. Temperamentning xususiyatlari xarakteming ko‘rinishlariga oz bo‘lsa-da o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Temperament va xarakterning xususiyatlari insonning umumiy qiyofasini belgilaydigan amalda ajralmaydigan qotishmasini tashkil etadi.
Xarakter - bu shaxsning faoliyat va muloqot jarayonida tarkib topadigan individual xususiyatlar bo‘lib, tipik xulq-atvor xislatlari bo‘lib hisoblanadi. Shaxsning faoliyati va muloqoti davomidagi asosiy vazifasidan biri yaxshini yomondan ajratishni o‘rganish, tashqi olamga moslashish uchun psixologik holatni tarbiyalashdan iborat. Garchi buyuk fransuz olimi Montel aytgandek: “Gapirayotgan gapingiz bilan qilayotgan ishingiz bir-biriga to‘g‘ri kelsa qanday yaxshi”-lekin bunday hamjihatlikka yetib bo‘lmaydi. Nemis shoiri Gyote yozganidek: “O‘z g‘oyalaringizni amalga oshirish eng qiyin ishdir”. Temperament va xarakter bir-biri bilan bog‘liq holda insonlarda o‘ziga xos xarakter xususiyatini namoyon etadi. Temperamentning ba’zi bir jihatlari xarakter xususiyatiarini namoyon etishda xizmat qiladi. Temperament alohida olingan har bir insonning umumiy va asab tizimining asosiy tavsifi bo‘lib, bu tavsif shaxsning butun faoliyatiga ta’sir etadi. Temperament orqali inson ba’zida o‘ziga xos xarakter xususiyatlarini ham namoyon etadi. Xolerik yoki sangvinik tipidagi insonlarda o‘z temperamentidan kelib chiqib, tashabbuskorlik va qat’iylik kabi xarakter xususiyatini tarkib toptirish mumkin. Flegmatik tipidagi odamda esa tashabbuskorlikni tarkib toptirish nihoyat darajada qiyin jarayon hisoblanadi. Xarakter xususiyatlari insonda oila muhitida, jamiyat ta’siri ostida va ta’lim-tarbiyada shakllanadi. Insonga tug‘ma ravishda berilgan temperament xususiyatlari jamiyatning faoliyat turlariga qarab ijtimoiylashadi. Temperament alohida olingan har bir insonning umumiy va asab tizimining asosiy tavsifi bo‘lib, bu tavsif shaxsning butun faoliyatiga ta’sir etadi. Xarakter va temperamentning shaxs faoliyatidagi uyg‘unligi shaxslararo munosabatlarda, emotsional holatlami boshqarishda namoyon bo‘ladi. Demak, xarakter va temperament shaxsning individual xususiyatlarining eng muhimi sanaladi. Xarakter konsepsiyasidan o‘rganilgan baholash xususiyatlari shaxslarning yashirin dinamikasini ochib bermaydi. Balki ular inson xulqi namunasini qo’llashni afzal ko‘radi. Xarakter xususiyatlarining ko‘p turlari xiralik, tashvish va o‘z-o‘zini hurmat qilish kabi xususiyatlami tez baholashni ta’minlaydi. Boshqa tomondan psixologlar bir nechta xarakter xususiyatlarini shaxsiy so‘rovnoma, turli savollarni ichiga olgan anketalarni qo‘llash orqali baholay oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |