4.The study of memory as a mental process.Memory processes and their types.
5.Hayol haqida tushuncha.Hayol turlari va tavsifi.Hayol va tasavvurning o’zaro aloqadorligi.
5.The concept of imagination.Types and description of imagination.The relationship between imagination and imagination.
6.Tafakkurning bilish jarayoni sifatidagi mohiyati va shaxs shakllanishida tutgan o’rni.Tafakkurning mantiqiy shakllari va turlari.
6.The essence of thinking as a process of cognition and its role in the formation of personality. Logical forms and types of thinking.
7.Nutq to’g’risida umumiy tushuncha.Nutq vujudga kelishining nazariyalari. Nutq turlari.
7. General concept of speech. Theories of speech formation. Types of speech.
Tayanch iboralar:sezgi, sensor adaptatsiya (moslashuv) adaptatsiya, sezgining klassifikatsiyasi, proprioretseptiv sezgilar, ekstrotseptiv, introretseptiv sezgilar, idrok, Rubin figurasi, diqqat, xotira, xayol.
Basic expressions: intuition, sensory adaptation, classification of perception, proprioceptive perception, extroceptive, introreceptive perception, perception, Ruby figure, attention, memory, imagination.
Psixologiyada bilish jarayonlari juda katta ahamiyatga egadir.Bilish jarayonlariga Sezgi, Diqqat, Idrok, Xotira va xayol, Tafakkur va nutq kabi jarayonlar kiradi.
Sezgi psixik jarayon sifatida. Sezgining psixofiziologik asoslari.
Psixologlar fikricha, sezish jarayoniga kirish psixik faoliyatni tushunishdagi eng birinchi qadam hisoblanadi.Bizning miya faoliyatimiz sezgan narsalarimizni aniqlab beradi.Shu bilan birga, bizning sezish qobiliyatlarimiz turli chiziqlarni, burchaklarni va ranglarni anglashga yordam beradi.Tabiat sezish qobiliyatini har narsaga in’om etadi. Sensor tizimi organizmga eng kerakli ma’lumotlarni topa olish imkoniyatini beradi. Qurbaqa uchadigan hasharotlar bilan oziqlanadi.Bunga sabab, qurbaqaning ko‘zida faqat mayda va harakatlanayotgan qora va oq ranglar signalini sezuvchi retseptor hujayralarining joylashganligidir.Agar,shunday bo‘lmaganida, ko‘plab hasharotlar orasida bo‘lishiga qaramasdan, qurbaqa ochlikdan nobud bo‘lishi mumkin edi, biroq, qurbaqaning “detektor” hujayralari qisqa lahzalarda harakatlanayotgan obyektni payqaydi. Atrof-muhitda sodir bo‘layotgan muhim voqea-hodisalarni biz sezgi organlarimiz orqali qabul qilamiz.Bizning quloqlarimiz eng sezgir organ bo‘lib, atrofimizdagi olamdan biz uchun eng muhim tovushlarni qabul qilamiz.Tovush chastotalari orqali inson ovozini, chaqaloq yig‘isidan farqlaymiz. Insoniyat tajribasi natijasida hayvonlarda ham sezish qobiliyati aniqlangan. Ko‘chib yuruvchi qushlar ichki sezgisi orqali qayer qolish uchun munosib joy ekanligini biladi.Ko‘rshapalak va delfinlar esa o‘ljasini qayerdan osonroq tuta olishiga qarab joy tanlashadi.Bulutli kunlarda asalarilar o‘zlari uchun ma'lum quyosh nurini hosil qila oladilar.O‘ylab ko‘ringchi, nega biz har doim atrofimizdagi narsalarni diqqat bilan kuzatamiz. Chunki bizning ko‘zlarimiz shunga moslashgan.Marining ko‘zi harakatlanishi bilan proyektordagi rasm ham harakatlana boshlaydi.Mari qayerga qaramasin tasvir ham shu tomonga harakatlanadi.Agar biz bunday qurilmani yon tomondan yuz orqali joylashtirsak,Mari nimani ko‘rar ekan? Birinchidan, u to‘liq manzarani ko‘radi. Lekin bir necha soniyadan so‘ng uning ko‘rish tizimida charchoq kuzatiladi va narsalar boshqacha ko‘rina boshlaydi.Oz-ozdan tasvir yuqola boshlaydi, birozdan so‘ng tasvir to‘liq yoki tanish bo‘lak shaklida tiklanadi va keyin g‘oyib bo‘ladi.Sezgi psixik jarayonlarning boshlang‘ich darajasi hisoblanadi.Faqat sezgi jarayoni orqali ma’lumotlar bizning ongimizga kirib keladi. Sezgi faqat “signallar” tizimi deb e’tirof etilsa xato bo’ladi.Ular narsalarning subyektiv xususiyatlarini ham aks ettiradilar. Sezgi tufayli bizda obyektiv dunyoning subyektiv obrazi paydo bo‘ladi.Bu obyektiv dunyoning subyektiv obrazi insonga tashqi muhitga moslashish imkoniyatini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |