Baland-past, issiq-sovuq va hokazo.
Bolalarni maktabga qanday tayyorlash lozim.
(Ota-onalar uchun tavsiyalar)
Kichkintoyingizning maktabgacha ta’lim muassasasiga jonu dili bilan borishiga g‘amxo‘rlik qiling.
Bolangizga yoshiga xos me’yorlar va yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda talab qo‘ying.
Bola xatti-harakatlar va so‘zlar orqali sizning mehringizni sezishiga intiling.
Oilada uning uchun sharoit yarating.
Har doim bir xilda, balki undan ham ortiq qo‘llab-quvvatlang, chunki uni maktabga moslashuv davrining qiyinchiliklari kutmoqda.
Maktab yoshiga xos yetuklik darajasini biling va ularni o‘z vaqtida shakllantirishga harakat qiling.
Aqliy rivojlanishi uchun sharoit yarating, uning orqada qolmasligiga harakat qiling.
Ertak va she’rlar o‘qib bering. Rasm chizing. U bilan iloji boricha ko‘proq suhbatlashing, turli mavzularni muhokama qiling.
Qo‘shiq o‘rgating, birga musiqa eshiting, multfilm, bolalar uchun filmlarni ko‘ring.
Muzey, teatr, sirk, hayvonot bog‘lariga olib boring.
Yoshiga xos o‘yinchoqlarni tez-tez olib bering va iloji boricha birga o‘ynang.
Mazmunli-rolli o‘yinlar va rejissyorlik o‘yinlarini ma’qullang. Tengdoshlari bilan munosabatini qo‘llab-quvvatlang.
Hissiy dunyosiga e’tibor qarating. O‘zingiz va farzandingiz hislarini muhokama qiling.
Bolaga his-tuyg‘ularni jilovlay olishni o‘rgating, Sizdan emotsional jihatdan mustaqil bo‘lsin.
Sog‘lig‘i va kayfiyatini muntazam kuzatib boring.
Tarbiyachidan kamida bir yil ilgari bolaning maktabga yetuklik darajasini so‘rab biling yoki mutaxassislar ishtirokida test o‘tkazing.
Agar bolangiz maktab ta’limiga tayyor bo‘lmasa uni Sizning iltimosingizga ko‘ra maktabga qabul qilishlariga urinmang. Siz farzandingizni faqatgina tibbiy-pedagogik hay’at tomonidan tavsiya etilgan maktabga olib borishingiz lozim.
Mustahkamlash uchun savollar.
Maktab hayoti bolalar hayotidagi o’rni qanday?
Maktab davrida bolalarning asosiy faoliyatlari qaysi tomonga o‘zgaradi.
Maktabdagi ta’lim jarayonining bola psixikasiga ta’siri qanday?
6-7 yoshli bolalarning anatomik-fiziologik rivojlanishi tushuntirib bering.
Maktabga tayyorgarlikning besh kompanentlarini sanab bering.
Bolalarning psixik jihatdan maktabga tayyorligini aniqlashning qanday usullarini bilasiz.
Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati.
1. G‘oziyev E.G‘. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2010.
2. G‘oziyev E.G‘ Ontogenez psixologiya. Toshkent.”Noshir” nashriyoti 2010.
3. David G. Mayers. Psychology, USA 2010
4.Nemov R.S. Psixologiya.Kniga 1.2. Psixologiya obrazovaniya. “Vlados”.M.:2007
5.A.Shamshetova, R.H.Meliboyeva, X.Usmanova, I.Haydarov.
Umumiy psixologiya. T. 2018.
Maktabgacha yosh davrida psixofiziologik taraqqiyotning umumiy tavsifi.
Bolaning maktabda muvaffaqiyatli o‘qishi ko‘p jihatdan ularning maktabga tayyorgarlik darajalariga bog‘liq. Bola avvalo maktabga jismoniy jihatdan tayyor bo‘lishi kerak. 6 yoshli bolalarning anatomik-fiziologik rivojlanishi o‘ziga xos tarzda kechadi. Bu yoshda bola organizmi jadal rivojlanadi. Uning og‘irligi oyiga 150 dan 200 gacha, bo‘yi esa 0,5 sm gacha ko‘payadi, 6 yoshli bolalar turli tezliklarda, tez va engil yugura oladilar. Ular sakrash, konkida yugurish, chang‘ida uchish, so’zish singari harakatlarni ham bemalol bajara oladilar. Musiqa bo‘yicha mashg‘ulotlarda bu yoshdagi bolalar xilma-xil ritmik va plastik harakatlarni bajaradilar, turli mashqlarni aniq, tez, engil va chaqqon bajara oladilar. Shuningdek, 6-7 yoshli bolalar nerv sistemasini mustahkamlash, ularni surunkali kasalliklardan halos etish, ko‘rish va eshitish qobiliyatiga alohida e’tibor berish, shuningdek, umurtqa pog‘onasining to‘g‘ri rivojlanishiga ahamiyat berish, nihoyatda muhim. Kattalar shu yoshdagi bolalar bilan o‘qish olib borar ekanlar, bu yoshdagi bolalar organizmi hali o‘sishi davom etayotganligini doimo hisobga olishlari lozim. Masalan, bolani majburan yozishga o‘rgatish hali barmoq muskullari to‘liq rivojlanmaganlik sababli ularga ma’lum darajada zarar keltirishi yoki uni chiroyli yoza olmasligi, o‘z o‘zidan bolani o‘ziga nisbatan ishonchini yoki o‘qishga nisbatan qiziqishini kamayishiga olib kelishi mumkin. Keyingisi bolaning aqliy tayyorgarligidir. Ko‘pincha aqliy tayyorgarlik deyilganda bolaning ma’lum bir dunyoqarashi, jonli tabiat, insonlar va ularning mehnatlari haqidagi bilimlari tushuniladi.Ushbu bilimlar maktab beradigan ta’limga asos bo‘lishi mumkin, lekin so‘z boyligi, ma’lum xatti-harakatlarni bajara olish layoqati bolaning maktabga aqliy tayyorgarligining asosiy ko‘rsatkichi bo‘la olmaydi. Maktab dasturi bolalardan taqqoslay olish, tahlil eta olish, umumlashtira olish, ma’lum bir xulosa chiqara olish, Shuningdek etarli darajada rivojlangan bilish jarayonlarini talab etadi. Masalan, 6-7 yoshli bola tabiat haqida ayrim hodisalarnigina emas, balki organizmning tabiat bilan bog‘liqligini va o‘zaro ta’sirini ham tuShunishi va o‘zlashtirishi mumkin. 6-7 yoshli bolalar aqliy rivojlanishning natijasi bo‘lib, yuqori darajada rivojlangan ko‘rgazmali obrazli tafakkur bilan bola atrof olamdagi predmetlarning asosiy xususiyatlarini va predmetlar orasidagi bog‘liqlikni ajrata olishidir. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, ko‘rgazmali-harakatli va ko‘rgazmali-obrazli tafakkur nafaqat 6-7 yoshli bolalar, balki kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning aqliy rivojlanishida ham asosiy funksiyani bajaradi. Bu borada bolada ma’lum bir kunikmalarning tarkib topganligi ham nihoyatda muhimdir.
Bolaning maktabda muvaffaqiyatli o‘qishni nafaqat uning aqliy va jismoniy tayyorgarligi, balki shaxsiy va ijtimoiy-psixologik tayyorgarligiga ham bog‘liq. Maktabga o‘qish uchun kelayotgan bola yangi ijtimoiy mavqeini-turli majburiyatlari va huquqlari bo‘lgan va unga turli talablar qo‘yiladigan - o‘quvchi mavqeini olish uchun tayyor bo‘lmog‘i lozim. Katta bog‘cha yoshdagi bolalar asosan, maktabda o‘qish uchun ehtiyoj sezadilar, lekin bu xohish va ehtiyoj motivi turlicha bo‘lishi mumkin. "Menga chiroyli forma, daftar, qalam va ruchkalar sotib olib berishadi", "Maktabda o‘rtoqlarim ko‘p bo‘ladi va men ular bilan mazza qilib o‘ynayman”, "Maktabda uxlatishmaydi”, "Maktabning tashqi ramzlari, Shubhasiz maktabdagi bolalarni juda qiziqtiradi, lekin bu maktabda muvaffaqiyatli o‘qish uchun asosiy sabab bo’la olmaydi", "Men otamga o‘xshagan bo‘lishim uchui o‘qishim kerak", "Yozishni juda yaxshi ko‘raman","O‘qishni o‘rganaman","Maktabda qiyin misollarni echishni o‘rganaman». Ushbu xohish va harakat bolaning maktabda muvaffaqiyatli o‘qishi uchun tabiiy ravishda asos bo‘la oladi. Bolaning endi o‘zini katta bo‘lganini, bog‘cha bolasi emas, balki ma’lum bir majburiyatlari bor o‘quvchi bo‘lishini anglashi, jiddiy faoliyat bilan Shug‘ullanayotganligini bilishi nihoyatda muhim. Bolaning maktabga borishini istamasligi ham salbiy holat hisoblanadi. Maktabda shaxsiy va ijtimoiy psixologik tayyorgarlik bolalarda tengdoshlari, o‘qituvchilari bilan munosabatga kirisha olish xususiyatini shakllantirishni ham o‘z ichiga oladi. Har bir bola bolalar jamoasiga qo‘shila olishi, ular bilan hamkorlikda harakat qila olishi, ba’zi vaziyatlarda ularga yon bosib, boshqa vaziyatlarda yon bosmaslikka erisha olishi zarur. Ushbu xususiyatlar bolaning maktabdagi yangi sharoitlarga tez moslasha olishini ta’minlab beradi. 6-7 yoshli bolalar o‘qishdagi asosiy kiyinchilik, bu yoshdagi bolalar o‘qituvchini uzoq vaqt davomida tinglab olmaydilar. O‘quv harakatlariga uzoq vaqt o‘z diqqatlarini to‘play olmaydilar. Bunga sabab, faqat,shu yoshdagi bolalarda ixtiyoriy diqqatning rivojlanmaganligida emas, balki bolaning kattalar bilan muloqotga kirisha olishi xususiyatiga ham bog‘liq.Chunki, Shu xususiyati rivojlangan bolalar erkin muloqotga kirisha oladilar, qiziqtirgan narsalar haqida so‘ray oladilar. Natijada ularning o‘qishga bo‘lgan qiziqishlari ortadi va o‘qituvchi gapirayotgan narsalarni diqqat bilan uzoq vaqt eshita oladilar. Demak, bolaning maktabga tez moslashishi va muvaffaqiyatli o‘qishida shaxsiy va ijtimoiy-psixologik tayyorgarligining ham ahamiyati juda katta.
Do'stlaringiz bilan baham: |