Samarqand davlat chet tillar instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy psixologiya


Хаrakter haqida tushuncha. Xarakterning nerf-fiziologik asoslari



Download 5,72 Mb.
bet53/171
Sana12.07.2022
Hajmi5,72 Mb.
#782921
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   171
Bog'liq
Samarqand davlat chet tillar instituti pedagogika va psixologiya

3.Хаrakter haqida tushuncha. Xarakterning nerf-fiziologik asoslari.
Inson hayoti davomida o‘zgarib boruvchi alohida xususiyatlardan biri xarakterdir. Xarakter hamisha ko‘p tomonlama bo‘lib, faoliyat davomida namoyon bo‘lib boradi. Xarakter-shaxsning faoliyatida, insonlar bilan o‘zaro muloqot va muomala jarayonida tarkib topadigan, namoyon bo‘ladigan barqaror individual xususiyatlar bo‘lib, alohida xulq-atvor sifatlarini yuzaga keltiradi. Xarakter so‘zi (yunoncha, xarakter) belgi, nishon degan ma’noni bildiradi. Xarakter ijtimoiy muhit ta’siri ostida tarkib topib, shaxsning atrofdagi voqelikka va o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatida ifodalanadigan, uning muayyan sharoitlardagi xatti-harakatlarini belgilab beradigan barqaror individual psixik xususiyatlar yig‘indisidir. Xarakterning o‘ziga xos xislatlari ikki turga ajratiladi. Xarakter tug‘ma, o‘zgarmaydigan xususiyat emas. U inson hayoti davomida tarkib topib, o‘zgarib, tarbiyalanib boradi. Psixologiya fani 1000 dan ortiq xarakter xislatlari mavjudligi haqida ta’kidlab, ularni o‘ziga xos ijobiy va salbiy xususiyatlarga ajratadi. Har bir yakka shaxs o‘z-o‘ziga baho berishdan oldin, o‘zidagi salbiy va ijobiy xususiyatlami o‘rganishi lozim. Shu orqali shaxs o‘ziga yuqori, past va o‘rtacha (adekvat) baho beradi. Insonning xarakter xususiyatlarini nemis olimi K.Leongardom xarakter tipologiyasini o‘rganib, ulami bir nechta turlarga ajratgan. U inson xarakter xususiyatlari tasnifini atrofdagi odamlar bilan muomalasi, usuli negizida va alohida quyidagi xarakter turlari bo‘yicha ta’rif beradi. Emoiiv turi -bu toifadagilar tor doiradagi saralangan odamlar bilan aloqa qilishni afzal ko‘radilar. Ular kam hollarda mojarolarga aralashadilar, xafaliklarini ichlarida saqlaydilar. Yaxshi xislatlari samimiylik, rahm-shafqatli, o‘zgalarning yutug‘idan quvonadigan, ijrochi. Salbiy tomonlari: yig‘loqi, o‘z hissiyotlariga beriluvchan, izzattalab. Namoyishkorona - bu toifa insonlar tez muloqotga kirishuvchan, yetakchilikka intiluvchan, hokimiyatni egallash hissi ustuvor va maqtovni yoqtiradi. Ular boshqalarga tez ko‘nikadi. Bunday insonlar o ‘zlarining o‘ziga ishonchliligi yuqori, o‘ziga tortuvchanliklari bilan atrofdagilarning g‘ashiga tegadi, mojarolami o‘zlari keltirib chiqaradilar va faol tarzda o‘zlarini himoya qiladilar. Ijobiy tomonlari: qanoatli, artistlik qila oladigan, boshqalarni o‘ziga qarata oladigan. Salbiy tomoni: xudbin, shaxsiyatparast, maqtanchoq. Ekzotik - bu toifadagilar o‘ta kirishimli, so‘zamol, bunday odamlar tez-tez bahslashadilar, lekin ish vaqtida mojarolarga yetib bormaydi. Mojaroli holatlarda ular bir paytning o‘zida ham faol, ham sustkash. Shu bilan birgalikda do‘stlari va yaqinlariga bog‘langan tarzda faoliyat olib boradi. Ijobiy tomoni o‘ziga yaqin odamlarga g‘amxo‘r va e’tiborli, salbiy tomoni boshqalarga e’tiborsiz. Ekstrovert- ular o‘ta kirishimli.Bunday odamlarning do‘stlari va tanishlari juda ko‘p. Har qanday ma’lumotni ulardan ochiqchasiga bilib olish mumkin. Do‘stlar davrasida, ishda, oilada ko‘pincha yetakchilikni, bo‘ysundirishni afzal ko‘radi. Ijobiy xislatlari o‘zgalami diqqat bilan eshitishga tayyorligi, so‘ralgan talabni tezda bajarishi. Salbiy tomonlari:ta’sirga beriluvchan, yengil tabiat, ko‘ngilxushlikni yoqtiradi. Introvert -bu toifadagilarning boshqalardan farqli tomoni shundaki, ular o‘ta ishonuvchan, o‘z tuyg‘ularini oshkor etishni qo‘llamaslik, qat’iylikdan yiroqlashish, faylasuflik qilishga intilishlari bilan xarakterlidir. Bunday odamlar yolg‘izlikni yoqtiradilar. Ularning shaxsiy hayotlariga aralashgandagina atrofdagilar bilan ixtilofga borishadi. Ijobiy tomoni kelishmovchilikni sodir etmasligi, uyatchanlik, qat’iylik kabi ijobiy fazilatlar bilan bir qatorda, qaysarlik, fikrlashning tormozlanishi kabi salbiy xususiyatlarga ega. I.P.Pavlov tajribasining ko‘rsatishicha, muayyan tizimda tashqi ta’sir hukm surganda, asab tizimi umumiy turining xususiyatlariga taalluqli dinamik stereotipning shakllanishiga qulaylik vujudga keltirishi yoki aksincha, halaqit berishi mumkin. Shaxs xarakterining tuzilishi turli xususiyatlarning tasodifiy yig‘indisidan iborat emas, balki o‘zaro bir-biriga bogiiq, hatto tobe yaxlit tizimdan tarkib topadi. Xarakter xislatlarining muayyan qismida xabardor bo‘lish notanishlarni tashxis qilish imkoniyatini yaratadi. Misol uchun, shaxsning shuhratparastligi va xudbinligi ma’lum bolsa, uning ichi qoraligini taxmin qilish mumkin yoki inson kamtar, mo‘min bo‘lsa, albatta, uning ko‘ngilchan ekanligini sezamiz. Xarakterning tuzilish xususiyatlari jumlasiga xarakter kuchi kiritiladi va shunga asosan insonlar kuchli hamda kuchsiz xarakter turlariga ajratiladi. Shuningdek, xarakter tuzilishining xususiyatlari tarkibiga uning barqarorlik va o‘zgaruvchanlik darajasi ham kiritilgan. Xarakterning barqarorligi ham, o‘zgaruvchanligi ham moslashish faoliyatining zaruriy shartlaridan hisoblanadi. Shaxsning xarakter xususiyatlari turlicha turmush sharoitlarida qarshilik qiluvchi vaziyatlarga duch kelsa-da, uning xatti-harakatlarini boshqaradi. Shu bois inson tashqi vaziyatga bog‘liq bo‘libgina qolmasdan, balki tashqi vaziyatni shaxsan o‘zi yaratadi, shuningdek, maqsadga muvofiqlashtiradi. Shaxsning munosabatlarini aks ettiruvchi xarakter xislatlarini to‘rtta tizimga ajratish qonuniy holatga aylangan:
1) jamoa (guruh)ga va ba’zi bir insonlarga nisbatan munosabatni ifodalovchi xususiyatlar: yaxshilik, mehribonlik, talabchanlik, takabburlik, qo‘pollik va boshqalar;
2) mehnatga nisbatan munosabatlami mujassamlashtiruvchi xususiyatlar: mehnatsevarlik, dangasalik, vijdonlilik, mas’uliyatlilik, mas’uliyatsizlik kabilar;
3) narsalarga nisbatan munosabatni aks ettiruvchi xususiyatlar: ozodalik, ifloslik, narsalami ayash, ayamaslik va hokazo;
4) shaxsning o‘ziga nisbatan munosabatlarini ifodalovchi xislatlar: izzattalablik, shuhratparastlik, mag‘rurlik, takabburlik, dimog‘dorlik, kamtarinlik, samimiylik va boshqalar.
Xarakterning tarkib topishi muayyan qonuniyatlar ta’sirida amalga oshiriladi va xarakterning har bir xislati shaxs munosabatlariga bog‘liq bo‘lsa, ular, o‘z navbatida, ijtimoiy munosabatlar bilan belgilanadi. Nasliy xususiyatlari bir xil egizaklarda turlicha ijtimoiy muhitda har xil xarakter xislatlari shakllanadi. Shu sababli, ijtimoiy tuzumni tavsiflovchi keng ijtimoiy munosabatlar shaxsning ijtimoiy tipik xususiyatlarigina emas, balki xarakteming individual xususiyatlari (xislatlari) tarkib topishiga ham katta ta’sir o‘tkazadi. Ijtimoiy munosabatlarga bevosita yoki bilvosita bog‘liq tarzda, oilada, mehnat jamoalarida xayrixohlik, o‘rtoqlik, o‘zaro yordamlashish, hamkorlik yoki aksincha, johillik, zolimlik, badjahllik kabi shaxslararo munosabatlar tarkib topa boshlaydi. Oilaviy muhit, undagi shaxslararo munosabatlar, farzandlarning miqdori, yoshidagi farqi, nizoli vaziyatlar ko‘rinishi, ota-ona munosabatiga asoslangan holda xarakterning o‘ziga xos belgilari shakllanadi. Maktabgacha ta’lim muassasasi va maktabdagi shaxslararo munosabatlar (o‘qituvchi-o‘quvchi, o‘quvchi-o‘quvchi, o‘quvchi va sinf sardori, ota-ona va o‘qituvchi o‘rtasidagi munosabatlar) ham xarakterning maxsus xislatlari tarkib topishida o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Mehnat jamoalarida, norasmiy guruhlarda ham xarakter xususiyatlarining sezilarli darajada shakllanishi va o‘zgarishlari yuzaga keladi. Ilk yoshlik davrida shakllangan xarakter xislatlari nihoyat darajada barqaror bo‘lib, ularga ayrim o‘zgarishlar kiritish juda qiyin kechadi. Xarakter xislatlarining chuqurligi, barqarorligi, doimiyligi ko‘p jihatdan shaxs munosabatlarining onglilik darajasiga bog‘liq. Insonning rostgo‘ylik, mehnatsevarlik xislatlari tasodifiy tarkib topmagan bo‘lib, uning ongli qarashlariga, aqidalariga mos tushsa, u holda har qanday qiyin holatlarda ham namoyon bo‘laveradi. Shunday qilib, psixikaning individual sifat xususiyatlari shaxsning ijtimoiy-tipik munosabatlari bilan qo‘shilgan taqdirdagina xarakter xislatlarini belgilash, tavsiflash imkoniyati vujudga keladi. Xuddi temperament kabi xarakter ham insonning fiziologik xususiyatlariga avvalo, asab tizimi turiga bog‘liqdir. Chunki, xarakter bilan temperamentning o‘zaro munosabati ularning fiziologik asoslari bilan belgilanadi. Xarakter xususiyatlarining tashqi jihatdan namoyon bo‘lib, aynan shu tarzda muayyan vaqt mobaynida kechishi dinamik xususiyat deyiladi.
Xarakter va insonning tashqi ko‘rinishi. Psixologiya tarixida xarakterni inson bosh suyagining shakliga, yuz tuzilishiga, qaddiqomatiga (tana tuzilishiga va boshqalarga) bog‘liq qilib qo‘yadigan va shu yo‘l bilan xarakter xususiyatlarining sirini ochish yo‘lini aniqlash, ya’ni ayrim tashqi alomatlariga qarab inson xarakterini ochish nazariyalari ko‘p bo‘lgan. Masalan, tashqi ko‘rinishida qandaydir hayvon bilan o‘xshashlik belgisini topish tavsiya qilinardi, so‘ngra esa uning xarakterini ana shu hayvonning xarakteri bilan aynan bir xil, deb qarash kerak, degan fikrlar ilgari surilgan edi.
Xarakter va holat. Xarakter shaxsning atigi bir tomoni bo‘lib ekstremal vaziyatda yoki shunchaki tanlash vaziyatida inson mavjud holatlardan ustun bo‘lishga, shu jumladan, xususan o‘z xarakteridan yuqori ko‘tarilishga ham qodirdir. Psixologiya fanida xarakter va qobiliyatning shakllanib borishi bevosita shaxsning yosh davrlariga bog‘liqdir. Ma’lumki, har bir yosh davri o‘ziga xos belgiga ega bo‘lib, uning o‘rnini hech qanday yosh davri bosa olmaydi. Biroq turli shaxslarda yosh davrlari turlicha kechishi fan nuqtayi nazaridan izohlangan. Xarakter tuzilishining qonuniyatlaridan kelib chiqqan holda, muhim tarbiyaviy xulosalar chiqarish mumkin. Xarakter xislatlarining ba’zi salbiy xususiyatlar (qo‘pollik va yolg‘onchilik)ni bartaraf qilish juda qiyin, sababi hayotiy vaziyatni chuqur anglab yetmasdan turib, insonlarga nisbatan to‘g‘ri munosabatni shakllantirmasdan turib insondagi salbiy illatni ijobiy fazilatga o‘zgartirish murakkab vaziyatli holatdir. Shuning uchun har bir insonda o‘z-o‘ziga baho berish, albatta, o‘z-o‘zini nazorat qilish kabi mexanizmlar shakllangan bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.



Download 5,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish