O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTI
INGLIZ TILI NAZARIY ASPEKTLARI KAFEDRASI
Samarqand davlat chet tillar instituti
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor ____________F.Sh.Ro‘ziqulov
2021 yil “___”_____
MALAKAVIY AMALIYOT
DASTURI
(3-kurs)
Bilim sohasi: 100 000 – Gumanitar soha
Ta'lim sohasi: 110 000 – Pedagogika
Ta'lim yo‘nalishi: 5 111 400 – Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
SAMARQAND – 2022
Malakaviy amaliyot dasturi Samarqand davlat chet tillar instituti Kengashining 2021 yil “ ____”_______ dagi “___” – sonli bayonnomasi bilan ma'qullangan.
Tuzuvchilar:
Shodiev S.E.- – SamDChTI “Ingliz tili nazariy aspektlari ” kafedrasi mudiri, Ph D.
Amriddinova N.Sh - SamDChTI “Ingliz tili leksikologiyasi va stilistikasi ” kafedrasi mudiri, katta o‘qituvchi.
Taqrizchilar:
Oblokulova M.M. – SamDChTI “Ingliz tilining integrallashgan kursi” kafedrasi mudiri, PhD.
Erkinov S.E. – SamDChTI “Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi mudiri, PhD
Dastur Ingliz tili I, II fakul'teti Kengashida ko‘rib chiqilgan va tavsiya qilingan (2021 yil
“____”_________dagi “___” - sonli bayoni).
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach barcha sohalarda bo‘lgani kabi ta'lim tizimida yangidan-yangi islohotlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining «Ta'lim to‘g‘risida»gi qonuni, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi», O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2909-son, 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-3151-son hamda 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-sonli qarorlari soha xodimlari oldiga yangi va murakkab vazifalarni qo‘ydi. Vazifalar orasida eng muhimlaridan biri zamon talablariga javob bera oladigan pedagog kadrlarni tayyorlashdan iborat.
Bu borada bo‘lajak mutaxassislarning malakaviy amaliyoti keng imkoniyatlarga ega. Malakaviy amaliyot maqsadi –talabaning pedagogik-psixologik fanlardan, qolaversa umumkasbiy ixtisoslik fanlaridan egallagan bilimlarini amalda qo‘llay bilish, bo‘lg‘usi mutaxassisni ta'lim muassasalarida amaliy faoliyatga tayyorlashdan iborat.
Malakaviy amaliyot davrida talaba bo‘lajak o‘qituvchi sifatida dars faoliyati jarayonida faol ishtirok etadi, tarbiyaviy ishlar bilan shug‘ullanadi va kelajak ixtisosiga doir o‘zini qiziqtirayotgan ko‘pgina savollarga javob topa oladi. Malakaviy amaliyotni o‘tash jarayonida talabalarning pedagogik malaka va ko‘nikmalari intensiv tarzda shakllanadi, ijodiy mustaqilligi rivojlanadi, pedagogik tafakkuri tarkib topadi. Malakaviy amaliyot bo‘lajak o‘qituvchining kasb faoliyatiga juda yaqin sharoitda o‘tadi va o‘quvchilar bilan uzoq muddat mobaynida tizimli kundalik muloqotga kirishish hamda ishlash imkoniyatini yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |