II.BOB. Bola diqqati turlari.Bola diqqatining fizialogiyasi
2.1
Diqqat haqida tushuncha va uning nerv fiziologik mexanizmlari. Diqqat
turlari.
Diqqat faoliyatining mukammal emasligi, ota-onalarning buni o’z vaqtida anglab
yetmasliklari natijasida yosh bolalarda aqliy rivojlanishdan orqada qolish, nutq
jarayonida o’zgalar fikrini qabul qila olmaslik kabi muammolar kelib chiqishini
mutaxassislar isbotlashgan. Farzandlarimiz ta’lim tizimida muhim ahamiyat kasb
etadigan diqqat nima, uni qanday vositalar bilan boyita borishimiz lozim?
Diqqat psixik faoliyatining yo’naltirilishi bilan birga uning to’planishini taqozo
qiladi. Psixik faoliyatning bir joyga to’planishi – mazkur faoliyatga hech qanday
aloqasi bo’lmagan hamma boshqa narsalardan diqqatni chalg’itish demakdir.
Diqqatning bir joyga to’planishi deganda mazkur faoliyatga butunlay berilish,
unga ozmi – ko’pmi chukur e’tibor berish tushuniladi.
Diqqat har qanday faoliyatning muhim shartidir. Diqqatsiz hatto eng oddiy
ishlarni ham bajarish mumkin emas. Diqqat mehnatning barcha jarayonida, ijodiy
faoliyatda, oqishda ayniqsa katta ahamiyatga ega. K.D.Ushinskiy «Diqqat ruhiy
xayotimizning shunday yagona bir eshigidirki, ongingizga kiradigan narsalarning
barchasi shu eshik orkali o’tib kiradi», - deb yozgan edi.
Diqqatning nerv – fiziologik mexanizmini I.P Pavlovning yozishicha orientirovka
refleksi tashkil etadi. Buni Pavlov «bu nima» refleksi deb ham atagan edi. Bundan
tashqari, diqqat ma’lum nerv markazlarining qo’zgolishi va miyadagi boshqa nerv
markazlarining tormozlanishi bilan ham bog’liqdir.
I. P. Pavlov tomonidan kashf etilgan nerv protsesslarining induktsiyasi qonuni
diqqatining fiziologik asoslarini tushunib olish uchun muhim ahamiyatga egadir.
Mana shu qonunga muvofiq bosh miya po’stining bir joyida paydo bo’lgan qo’zgalish
bosh miya po’stining boshqa joylarida tormozlanshni yuzaga keltiradi.
Va aksincha, bosh miya po’stining ayrim bir joyida yuzaga kelgan tormozlanish
bosh miya po’stining boshka joylarida kuchli kuzgolishni paydo bulishiga olib
keladi. Ayni shu paytning xar bir onida miya pustida kuzgolish uchun optimal,
ya’ni nixoyatda kulayligi bilan xarakterlanuvchi kuchli kuzgolish uchogi mavjud
14
buladi.
A.A. Uxtomskiy tomonidan ilgari surilgan DOMINANTA printsipi xam
dikkatning fiziologik asoslarini aniklash uchun katta axamiyatga ega. SHu
dominantalik printsipiga muvofik miyada kuzgolishning xar doim ustun turadigan
xukmron uchogi ayni shu damda miyaga ta’sir etib, unda yuzaga kelayotgan
xamma kuzgolishlarni kandaydir ravishda uziga tortib oladi va buning natijasida
boshka kuzgolishlarga nisbatan uning xukmronligi yanada oshadi.
Odatda dominonta subdominontaga, subdominonta esa dominontaga utib turadi.
Bu esa dikkatning bir narsadan ikkinchi narsaga kuchib turishining nerv fiziologik
mexanizmini tashkil etadi. Kurinib turibdiki, Pavlov bilan Uxtomskiy ta’limotlari
bir – biriga karama – karshi emas, balki mazmun jixatdan uxshashdir.
Jiddiy diqqat, odatta uziga xarakterli bo’lgan tashqi ifodalar bilan bog’liq
Bog’ladi, narsani yaxshilab idrok qilishga qaratilgan xarakatlar bilan tikilib qarash,
diqqat bilan eshitish, ortiqcha xarakatlarni to’xtatish, nafas olishni sekinlashtirish,
diqqat uchun xarakterli bo’lgan yuz xarakterlari bilan bog’liq bo’ladi.
Diqqat uch turli buladi
: ixtiyorsiz diqqat, ixtiyoriy diqqat, ixtiyoriydan keyingi
yoki muvofiqlashgan diqqat.
Ixtiyorsiz diqqat maqsadsiz, rejasiz yuz beradi. Bunday hollarda faoliyat
maroqliligi, qiziqarliligi yoki kutilmaganda sodir bo’lishligi bilan o’ziga jalb
qiladi. Odam o’ziga ta’sir qilayotgan narsalarga, hodisalarga, bajarayotgan
faoliyatiga beixtiyor berilib ketadi.
Ixtiyoriy diqqat deb ongimizni aniq maqsad asosida va idoraviy kuch yordamida
kerakli ob’ektga yo’naltirishga aytiladi. Agar ixtiyorsiz diqqatda ish bizni oziga
shunchaki jalb qilib olsa, ijtiyoriy diqqatda biz diqqatimizni qaratish uchun o’z
oldimizga ongli suratda maqsad qo’yamiz, qiyinchiliklarni yengib,diqqatni
to’plash uchun ko’rashib va har qanday boshqa narsalarga berilmaslik uchun
iroda kuchini sarflab diqqatimizni ongli ravishda narsaga qaratamiz.
Ixtiyoriy diqqatning xarakterli xususiyati xuddi mana shu maqsad ko’zlashda,
irodaviy zo’r berishda namoyon buladi.
Ixtiyoriy diqqat irodamizning namoyon bo’lishidir. qandaydir biror faoliyat bilan
15
shug’ullanishga qaror kilar ekanmiz, dikkatimizni xatto ayni chogda biz uchun
kizikarli bulmagan, lekin biz shug’ullanishni lozim topgan narsalarga ongli suratda
qaratamiz. Demak, ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatdan sifat jihatdan farq qiladi.
Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatdan kelib chiqqan. Odamda ixtiyoriy diqqat mehnat
jarayonida yuzaga keladi. Chunki mehnat maqsdga muvofiq faoliyatdir.
Maqsad ko’zlash esa o’z tarkibiga diqqatni yo’naltirishni ham oladi. Ijtimoiy hayot
extiyojlari odamda o’z diqqatini mehnat faoliyati uchun muhim ahamiyatga ega
bo’lmagan narsalarga qaratmaslik va mehnat jarayoni bilan bog’liq narsa ustida
tuplash ruxida tarbiyalaydi.
Ixtiyoriy dikkat ixtiyorsiz diqqat kabi odamning kizikishlari bilan mustaxkam
bog’likdir. Lekin, agar ixtiyorsiz diqqatda qiziqishlar bevosita bo’lsalar, ixtiyoriy
diqqatda bavosita xarakterga ega bo’ladi. Faoliyatning o’zi bizni qiziqtirmasligi
mumkin, ammo faoliyatni bajarishda yuklangan vazifani hal qilish uchun zarur
bo’lgani tufayli ana shu maqsad nuqtai nazaridan faoliyat biz uchun qizikarli bo’lib
qoladi.
Ixtiyoriy diqqatdan tashkari, diqqatning ana bir turini qayd qilib o’tish lozim, bu
diqqat, ixtiyoriy diqqat kabi maqsadga qaratilgan bo’lib, lekin doimiy irodaviy
zo’r berishni talab qilmaydi. Masalan, o’kuvchi uy topshirig’ini bajarishga kirishganda
dastlab bu ishga o’zini majbur qiladi, ataylab diqqatni ish ustiga to’playdi,
irodaviy zo’r beradi. Lekin ishga kirishib olgach, endi irodaviy zo’r berish
pasayadi, diqqat oz-ozidan ish ustiga to’planadi, o’quvchi esa ishni berilib bajara
boshlaydi. Ana shu paytda o’quvchining diqqati ixtiyoriy diqqatdan
muvofiqlashgan diqqatga aylanadi. Biz diqqatni qaratishni maqsad qilib qo`ymagan
paytimizda psixik faoliyatning yo`naltirishi va to`planishi ixtiyorsiz xarakterga ega
bo`lishi mumkin. Bunday hollarda faoliyatning maroqliligi, qiziqarli yoki
kutilmaganda favqulotdaligi bilan odamni o`z - o`ziga jalb eta oladi. Odam o`ziga
ta`sir qilayotgan narsalarga, hodisalarga, bajarayotgan faoliyatiga beixtiyor berilib
ketadi. Masalan: biror ishni bajarayotgan odam radioda yoqimli kuy yoki ashulani
eshitib qolsa yoki e`lonni eshitsa u beixtiyoriy qilayotgan ishini tashlab radioga quloq
soladi. Biroq biz ko`zlagan maqsad va qabul qilingan qaror tufayli ma`lum bir ishni
16
bajarish lozimligini bilar ekanmiz, bunday holda diqqatning yo`nalishi va to`planishi
ixtiyoriy tabiatga ega bo`lishi mumkin. Biz bunday paytda diqqatimizni bajarayotgan
ishimizga qaratishni maqsad qilib qo`yamiz. Masalan: maktab o`quvchisi berilgan
topshiriqni ongli ravishda bajarishini ixtiyoriy tabiatga ega deb bilamiz. Ba`zan esa
tamoman boshqa bir narsa jalb qiladi? Bu o`rinda biz odatda diqqatni jalb qilish
xususida bir - biri bilan zich bog`lanib ketgan murakkab sabablarga egamiz. Bu
sabablarni tahlil qilish maqsadida biz ularni shartli suratda turli toifalarga bo`lamiz.
Bunda qo`zg`atuvchining absolyut kuchidan ko`ra, nisbiy kuchi muhimroq rol
o`ynaydi.
Qo`zg`atuvchining to`xtatib ta`sir qilishi muhim ahamiyatga egadir. Bizga doim
ta`sir qilib turuvchi yorug`likka qaraganda ma`lum vaqt oralig`ida yonib - uchib
turuvchi yorug`lik diqqatimizni o`ziga tezroq jalb qiladi. Xuddi shuningdek
qo`zg`atuvchining to`xtashi ham diqqatimizni jalb qiladi. Masalan: o`quvchi bir xil
shovqinda dars tayyorlayotgan bo`lsa (ventilyator shovqinida), shovkinni payqamaydi,
agar shovqin to`xtasa u darhol sezadi. Qo`zg`atuvchining tashqi xarakterimizga
bog`liq bo`lgan diqqatni deyarli majburiy diqqat deb hisoblashimiz mumkin.
Pedagogik amaliyot, albatta diqqatni tug`diruvchan mana shu toifadagi sabablar bilan
hisoblashmog`i lozim. O`qituvchi o`quvchilar diqqatini jalb qilish uchun ba`zan
kattiqroq gapirishi yoki ovozni pasaytirib gapirishi mumkin. Lekin bunday usullar
maktabda diqqatni hal qilish masalasini hech qachon oxirigacha hal qilib bermaydi.
Bu usuldan so`ng va ular bilan birga o`quvchilar diqqatini jalb qilishning boshqa
usullaridan foydalanmog`i lozim.
Ixtiyoriy
diqqatni
yuzaga
keltiruvchi
ikkinchi
toifa
sabablariga
tashqi
qo`zg`atuvchilarning odamning ichki holatiga va avvalo odamda mavjud bo`lgan
ehtiyojlarga mos kelishi kiradi. Masalan: kornimiz och paytida biror mazali hid
beixtiyor diqqatimizni o`ziga jalb etadi. Agar qornimiz to`q bo`lsa, bu hidni
payqamasligimiz ham mumkin. Bu toifadagi sabablarga maroqlilik hamda
jozibadorlik kiradi. Agar o`qituvchining gapirayotgan gapi har xil hissiyotlarni
tug`diruvchi tasavvurlarni almashtirib tursa, o`quvchilarning diqqatlari so`saymaydi.
17
Bunday diqqatni emotsional diqqat deb atashimiz mumkin.
Diqqatni yuzaga keltiruvchi sabablarga yana ilgarigi tajribalarning ta`siri, jumladan
bilimlarning va tasavvurlarimizning ta`siri, hamda ko`pincha diqqatni jalb qilishda
ahamiyatga ega bo`lgan malaka va odatlarning ta`siri kiradi. Diqqatni jalb qilishda
inson shaxsi umumiy yo`nalishining va diqqatni yuzaga keltirishning muhim
sabablaridan biri bo`lgan qiziqishlarning ta`siri nihoyatda kattadir. Nimaiki narsa
bizga bevosita qiziqarli bo`lsa, diqqatimizni beixtiyor o`ziga jalb qiladi. Bolaning ilk
yoshida ham, maktab yoshidagi paytlarda ham diqqatni jalb qilish uchun
qiziqtirishning ta`siri ayniqsa kattadir. Qiziqishdan diqqatni jalb qilish vositasi sifatida
foydalanilar ekan, shuni esdan chiqarmaslik kerakki, qiziqish bizning ilgarigi
tajribamiz bilan bizdagi mavjud bilimlarga mustahkamlik bog`lab olib borishimiz
kerak. O`quv materiallarini maroqli bayon qilish izchillik va tizimlilik bilan qo`shilib
doimiy qiziqish hamda o`zluksiz diqqatni ta`minlaydi. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz
diqqatdan shuning bilan farq qiladiki, u narsalarga qabul qilingan qarorlar ta`siri va
ongli suratda ko`zlangan maqsadlarimiz asosida qaratiladi. Agar ixtiyorsiz diqqatda
ish bizni o`ziga shunchaki jalb qilib olsa, ixtiyoriy diqqatda biz ixtiyorimizni qaratish
uchun esa o`z oldimizga qo`yamiz, qiyinchiliklarni engib, diqqatni to`plash uchun
kurashib va har qanday boshqa narsalarga berilmaslik uchun iroda kuchini sarflab,
diqqatimizni ongli suratda biror ishga qaratamiz. Ixtiyoriy diqqatning o`ziga xos
xususiyati mana shu maqsad ko`zlashda, irodaviy zo`r berishda namoyon bo`ladi.
Ixtiyoriy diqqat irodamizning namoyon bo`lishidir. Qandaydir biror faoliyat bilan
shug`ullanishga qaror qabul qilar ekanmiz, diqqatimizni hatto ayni chog`da biz uchun
qiziqarli bo`lmagan, lekin shug`ullanishimiz lozim topgan narsalarga ongli suratda
qaratamiz. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatdan sifat jihatidan farq qiladi. Mehnat
maqsadga muvofiq faoliyatdir. Maqsad ko`zlash esa o`z tarkibiga diqqatni
yo`naltirishni ham oladi. Ixtiyoriy diqqat xuddi ixtiyorsiz diqqat kabi odamni
qiziqishlari bilan mustahkam bog`liqdir. Ixtiyoriy diqqatda qiziqishlar, asosan
bevositalik xarakteriga ega bo`ladi. Bunday qiziqishlar maqsad, ya`ni faoliyat
natijalari bilan bog`liq bo`lgan qiziqishlardir.
18
Ixtiyoriy diqqatdan tashqari diqqatning yana bitta to`rini kayd qilib o`tish lozim, u
ixtiyoriy diqqat kabi, maqsadga qaratilgan bo`lib, lekin irodaviy zo`r berishni talab
qilmaydi. Masalan: bir o`quvchi matematikadan qiyin misol echishga kirishdi, lekin
uni echa olmadi. U o`zicha eshikka qaraydi, uni-buni eshitadi, beixtiyor nimalarnidir
yozadi. Birdan misol echishning yo`lini tushuna boshlab misolni echadi. O`quvchining
ixtiyoriy diqqati muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy diqqatga aylanadi.
Muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy diqqatni ixtiyorsiz diqqat bilan almashtirib bo`lmaydi.
CHunki muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy diqqat ongli suratda ko`zlangan maqsadlar bilan
bog`liq bo`ladi va ongli qiziqishlar qo`llab turiladi. Ikkinchi tomondan
muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy diqqat sof ixtiyoriy diqqatga o`xshamaydi, chunki
muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy diqqat paytida irodaviy zo`r berish deyarli bo`lmaydi.
SHuning uchun diqqatning bu maxsus turi ixtiyorsiz diqqatga nisbatan sifat jihatidan
farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |