Samarqand davlat chet tillar instituti ingliz tili fakulteti maktabgacha va boshlang


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI



Download 465,53 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana20.06.2022
Hajmi465,53 Kb.
#679023
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
PEDAGOGIKA

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI.
 ........................................ 33 
 



 
KIRISH 
Mavzuning dolzarbligi:
Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda 1998 
yilning «Oila yili» deb e’lon qilinishi va shu munosabat bilan «Oila manfaatlarini 
ta’minlash borasida 1998 yilda amalga oshiriladigai chora-tadbirlar Davlat 
Dasturi» ning qabul qilinishi va amaliyotga tadbiq etilishi, Oliy Majlisning XI 
sessiyasida keng umumxalq muhokamasidan sung «Oila Kodeksi» ning bir 
ovozdan qabul qilinishi, Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 2 fevraldagi 54-sonli 
qaroriga binoan Respublika «Oila» ilmiy-amaliy Markazining tashkil etilganligi 
hukumatimiz tomonidan oila farovonligi, tinch-totuvligi va barqarorligini 
ta’minlashga bo‘lgan e’tiboridan dalolatdir. Milliy mustaqillikka erishgach, 
O‘zbekiston Respublikasida pedagogika fani taraqqiyotida yangi bosqich 
boshlandi. Xususan, pedagogik tadqiqotlarning ko‘lami kengaytirildi, milliy 
pedagogik madaniyat, meros chuqur o‘rganilib, shaxsga ta’lim beri shva uni 
tarbiyalash borasidagi jahon tajribalari, yutuqlaridan milliy xususiyatlarga 
tayangan holda foydalanish borasidagi izlanishlar yuzaga keldi. Oilalarda tashkil 
etilayotgan tarbiya o‘zining tub mohiyatiga ko‘ra milliy xususiyatlarni namoyon 
etish bilan birga ijtimoiy oila tarbiyasi ijtimoiy pedagogikaning muhim yo‘nalishi 
sifatida o‘rganildi. 
Oila, turmush va vijdon qonunlari asosida quriladi. O‘zining ko‘p asrlik 
mustahkam va ma’naviy tayanchlariga ega. O‘zbeklarning aksariyati o‘zining 
shaxsiy farovonligi to‘g‘risida emas balki, oilasining qarindosh–urug‘lari va yaqin 
odamlarini, qo‘shnilarining omon esonligi to‘g‘risida hamxo‘rlik qilishini birinchi 
o‘ringa qo‘yadi. Bu esa eng oliy darajada ma’naviy kadriyat, inson qalbining 
gavharidir. Oila insonni xalol va pokiza bo‘lishiga, ilm fan asoslarini egallashga, 
beva - bechoralarni qo‘llab - quvatlashga, tabiatni e’zozlashga dav’at etadigan 
diniy, ma’naviy, axloqiy qadriyatlarga alohida e’tibor berishga dav’at etadi. Bu 
borada buyuk bobokalonlarimiz Imom al-Buxoriy, Baxouddin Nakshband, Xoja 



Axmad Yassaviy, Imom at-Termeziyning insonni ma’naviy yetuklikka chorlovchi 
buyuk g‘oyalari, xikmatlari katta o‘rin tutadi [1]. 
Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev shu bois oila va mafkura tushunchalari 
chambarchas bog‘liqdir. Oilaning jamiyatda tutgan o‘rni, tarbiyaviy-axloqiy 
ahamiyati, qadr-qimmatini anglab yetmasdan turib, xalq mafkura yarata 
olmaymiz”. Oila insoniyat yaralgan muhim va muqaddas ijtimoiy institut 
muasssasidir. Darhaqiqat oila, ayniqsa o‘zbek oilasi asrlar osha yosh avlodni 
tarbiyalashda, komil insonni voyaga yetkazishda muqaddas maskan bo‘lib kelgan 
va shunday bo‘lib qoladi. Har bir insonda Vatan tushunchasi ilk bor tetapoya bo‘lib 
o‘sib kelayotgan yosh go‘dakning ongi, ruhi va qalbiga kirib boradi, butun umri, 
hayotiy faoliyati davomida yana ham sayqalanib, mazmunan mujassamlashadi. Bu 
jarayon oiladagi sog‘lom muhitda, ota-bobolar o‘giti, ota ibrati, ona mehri, aka-
uka, opa-singillarning mehr-oqibati orqali amalga oshib boradi. 
O‘zbek oilalarida barkamol avlodni tarbiyalashdagi o‘rni benihoya katta. Bu 
yerda asrlar davomida shakllanib kelgan milliy an’analar, ota-onalar va bolalarning 
o‘zaro hamkorligi va hurmati, qarindoshlarning bir-biriga yordam qo‘lini 
cho‘zilishi, oilaviy pokizalik talabalarini saqlanishi kabi urf-odatlar o‘sib 
kelayotgan yosh avlod ma’naviyati va axloqi uchun negizga aylanadi, maishiy-
madaniy turmushning asosiy tushunchalari va qoidalari xalqimizning urf-odatlari, 
marosimlari va rasm-rusumlari mustahkam qo‘rg‘ondagidek saqlanib qoladi va 
avloddan avlodga yetkazib beriladi. Mustaqil respublikamizda Arastu aytgan 
oilaning baxt-saodat uyiga aylantirish uchun shart-sharoitlar yaratilgan. Bugungi 
kunda sog‘lom, aqlli, bilimli, tashabbuskor, fidoiy yoshlarni oila muhitida 
tarbiyalash dolzarb vazifadir. 
Maktabgacha va boshlang`ich ta’lim sohasi uzluksiz ta’lim tizimining 
birlamchi bo‘g‘ini hisoblanib, u har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini 
tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi 
kunda Maktabgacha va boshlang`ich ta’lim tashkilotilari tarbiyalanuvchilarining 
ta’lim-tarbiyasi masalasi davlatimiz, hamda yurtboshimiz Sh.M. Mirziyoyev 



e’tiborida turgan dolzarb masalalaridan bir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2017 yil 16-avgust kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda 
maktabgacha ta’lim tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, mazkur 
tashkilotilarga bolalarni to‘la qamrab olish bo‘yicha muhim vazifalar qo‘yilgan 
edi. Bu boradagi tahlillar natijasida qisqa vaqtda uchta yirik hujjat - O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 9-sentabrdagi “Maktabgacha va boshlang`ich ta’lim 
tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3261-sonli 
Qarori, 30-sentabrdagi “Maktabgacha va boshlang`ich ta’lim tizimi boshqaruvini 
tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5198-sonli Farmoni 
hamda “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi –faoliyatini tashkil 
etish to‘g‘risida”gi PQ-3305-sonli Qarori imzolangan. O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2016 yil 29-dekabrdagi “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim 
tizimini yanada takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707-sonli 
Qarorda belgilangan vazifalarni amalga oshirish jarayonida O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasi, bola huquqlariga oid meyoriy-huquqiy hujjatlar 
asosida ta’lim sohasida bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda [2]. 

Download 465,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish