5-bob. Autsorserning huquq va majburiyatlari
19. Autsorser quyidagi huquqlarga ega:
foydalaniladigan kommunal xizmatlar qiymati belgilangan limit va maktabgacha ta’lim muassasasiga ajratilgan byudjet mablag‘lari doirasida qoplanishini talab qilish;
ijara shartnomasi doirasida autsorserga vaqtincha foydalanishga beriladigan oshxonaning ishlab chiqarish xonalari, asbob-uskunalari, idish-tovoqlari va mebelidan foydalanganlik uchun tо‘lovni nol stavka bо‘yicha olish;
kо‘rsatgan xizmatlar uchun tо‘lovni shartnomada belgilangan miqdor va muddatda talab qilish.
muassasada sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish bо‘yicha kо‘rsatilgan xizmatlar uchun 20 foizgacha ustama haqini olish;
boshqa huquqlari ham bо‘lishi mumkin.
20. Autsorser quyidagilarga majbur:
muassasalar oshxonalarida о‘z faoliyatini sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq amalga oshirish;
tarbiyalanuvchilarni sog‘lom ovqatlantirish xizmatini muassasa oshxonasining о‘zida tо‘liq va sifatli tashkil etish;
yuridik shaxsning davlat rо‘yxatidan о‘tkazilganligi tо‘g‘risidagi guvohnoma nusxasini tanlov komissiyasiga taqdim etish;
tanlovda qatnashish uchun ariza berish kunidan kamida bir oy oldin tegishli tashkilotlardan soliq qarzdorligi, tо‘lovlar, boshqa majburiy tо‘lovlar va moliyaviy sanksiyalarning yо‘qligi tо‘g‘risida yozma ma’lumotlarni taqdim qilish;
О‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilangan texnik vazifalar asosida autsorsing usulida muassasada sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish loyihasini ishlab chiqish va taqdimotini о‘tkazish;
taomlar tayyorlash texnologiyasi bо‘yicha mutaxassislar (injener-texnolog, diyetolog, oshpazlar malaka razryadlari) bilan ta’minlash;
sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga amal qilinishini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish;
taomnomalar, tayyor taomlarning vazni, narxi, tarkibidagi mahsulotlar miqdorlari, texnologik kartalarning mavjudligini ta’minlash;
bitta tarbiyalanuvchi uchun yil davomida sarflanadigan mablag‘ miqdorini kо‘rsatish;
taom tayyorlash uchun sarflangan xarajatlarni (oshxona va oshxona jihozlarini ta’mirlash, xodimlar ish haqi, inventarlar, oshpazlar uniformasi, oshxonada ishlatiladigan zararsizlantirish va yuvish vositalari, olinadigan sof foyda) qoplash uchun ustama miqdorlarini kо‘rsatish (foizda);
umumiy ovqatlanishni tashkil qilish sohasidagi ish tajribasi hamda bо‘sh aylanma mablag‘lari mavjudligi;
Autsorserlarga texnik vazifalardan, muassasaning hududiy joylashuvi va ixtisoslashuvidan kelib chiqib boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |