Samarqand davlat chet tillar instituti I. Tuxtasinov, N. Isakulova, B. Kulmatov bolalar pedagogikasi


О‘yin bolalar faoliyatining asosiy turi ekanligi. О‘yinning ijtimoiy xarakteri. О‘yin bolalar hayotini tashkil etish vositasi ekanligi



Download 1,09 Mb.
bet57/99
Sana04.06.2022
Hajmi1,09 Mb.
#636464
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   99
Bog'liq
fayl 1493 20210818

О‘yin bolalar faoliyatining asosiy turi ekanligi. О‘yinning ijtimoiy xarakteri. О‘yin bolalar hayotini tashkil etish vositasi ekanligi
О‘yin bog‘cha yoshidagi bolalarning asosiy faoliyati bо‘lib, u orqali bola shaxe sifatida shakllanadi. О‘yin bolaning kelajakdagi о‘quv, mehnat faoliyati, kishilarga munosabatining qay darajada shakllanib borishini belgilaydi. О‘yin qadim zamonlardan beri pedagog, psixolog, faylasuf, etnograf, san’atshunos olimlar diqqatini о‘ziga tortib kelgan. О‘yin ibtidoiy jamoa tuzumi davridayoq yuzaga kelgan bо‘lib, jamiyat hayotida mehnatdan keyin turadi va uning mazmunini belgilaydi. Ibtidoiy jamoa vakillari о‘z о‘yinlarida ovchilik urush, dehqonchilik ishlarini aks ettirganlar. Ba’zi hollarda о‘yin mehnat qilish istagi orqali yuzaga keladi. Bola о‘z о‘yinida oldin kattalar mehnatiga taqlid qiladi Keyinchalik ularning mehnatida qatnashadi. О‘yin yosh avlodni mehnatga tayyorlaydi. Bolalar о‘yinini bunday tush unish birinchi marta K.D.Ushinskiy tomonidan ta’riflab berilgan edi. U о‘z asarlarida bolalar о‘yinining mazmuni ular ning hayotdan olgan taassurotlari bilan belgilanib, ular shaxsi shakllanishiga ta’sir etadi, deb yozadi. Bu fikrni P.F.Leyegaft ham tasdiqlab, bolalar о‘z о‘yinlarida tevarak-atrofdan olgan taassurotlarini aks etgiradilar, deydi. Bunday faoliyat bolaning rivojlanishida katta ahamiyatga egadir. О‘yin kattalar hayotida muayyan о‘rin tutar ekan, u bolalar uchun alohida ahamiyatga ega ekanini olim va pedagoglar о‘zlarining kuzatish va ilmiy tadqiqotlari orqali isbotlab berdilar. Tarbiyachilar bolalar о‘yiniga rahbarlik qilishda quyidagilarga rioya qilishlari lozim:

  1. О‘yin bilan mehnat о‘rtasida tо‘g‘ri munosabat о‘rnatish.

  2. О‘yinda bolalarning bо‘lajak mehnat ahliga xoS
    bо‘lgan j ismoniy va ruhiy sifatlarini tarbiyalash.

О‘yin bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalash sistemasida, bog‘chaning ta’lim-tarbiya ishida axloqiy, mehnat va estetik tomondan tarbiyalashda katta о‘rin tutadi. О‘yinda yosh organizmga xos bо‘lgan talab va
ehtiyojlar qoniqtiriladi. Hayotiy faollik yaratiladi. Birdamlik, tetiklik, quvnoqlik tarbiyalanadi. О‘yin ta’lim va mashg‘ulotlar bilan kundalik hayotdagi kuzatishlar bilan uzviy bog‘liq bо‘lib, juda katta ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyatga ega. О‘yinda aks ettirilgan narsani bilib olishga qiziqish uyg‘onadi, kо‘pincha о‘yin bolalarga yangi bilim berish va ularning fikrlarini, bilim doirasini kengaytirish uchun xizmat qiladi. Bolalar о‘yinlari о‘zining rang-barangligi bilan ajralib turadi. Ular о‘z mazmuni va tashkil etilishiga kо‘ra, qо‘llaniladigan buyumlarning turlari kelib chiqishiga kо‘ra turlichadir. Bularning barchasi bolalar о‘yinlarini turkumlashtirishni favqulodda noziklashtiradi, biroq о‘yinlarga rahbarlik qilish uchun ularni, albatta, guruhyaash zarur. Pedagogikada о‘yinlarni ikki katta guruhga bо‘lish juda keng tarqalgan ijodiy va qoidali о‘yinlar. Ijodiy о‘yinlarning mazmunini bolalarning о‘zlari о‘ylab topadilar va ularda о‘z taassurotlarini, borliq haqidagi tushunchalarini hamda unga munosabatlarini aks etgiradilar. Qoidali о‘yinlar esa kattalar tomonidan yaratiladi va bola hayotiga olib kiritiladi. Mazmuni qoidalarning murakkabligiga qarab, ular turli yoshdagi bolalarga mо‘ljallangan bо‘ladi. Tayyor qoidali о‘yinlarning katta guruhini xalq о‘yinlari tashkil etadi, ularning kо‘plari avloddan-avlodga о‘tib, bizga yetib kelgan. О‘yinlarning har ikkala guruhi ham о‘zining xilmaxil kо‘rinishlariga ega. Ijodiy о‘yinlar guruhini syujetli rolli о‘yinlar tashkil etadi. О‘yinlar о‘z mazmuni va qoidalari, tarbiyaviy xarakteriga kо‘ra shartli ravishda didaktik о‘yinlar va musiqiy о‘yinlarga bо‘linadi. Didaktik о‘yinlarda avvalo, bolalarning aqliy faoliyati rivojlanadi, ularning bilimlari chuqurlashadi va kengayadi, harakatli о‘yinlarda bolalarning turli harakatlari takomillashadi, musiqali о‘yinlarda esa musiqiy qobiliyatlar rivojlanadi va hokazo. Demak, har bir о‘yinning о‘ziga xos sifatlari mavjud, biroq ular qator umumiy xususiyatlarga ham ega.
О‘yin - bu bola faoliyatining turi. Shunday ekan, bir faoliyatda bо‘lgani kabi unga ham xos xislatlar: maqsadning mavjudligi, rejali harakatlar, natijaning mavjudi kabilar xosdir. N.K.Krupskaya bolalar rivojlanishiga qarab, uning о‘yinda о‘z oldiga qо‘yadigan maqsadining tabiati ham о‘zgarishini bolalar taqlidi harakatlardan asta-sekin о‘ylangan asosli maqsadlarga о‘tishlarini kо‘rsatib о‘tgan edi. Bola о‘yindagi maqsadiga erishishi uchun о‘ziga sheriklar tanlaydi, zarur о‘yinchoqlarni topadi, о‘yin davomida muayyan harakat va qiliqlar qiladi. Boshqa faoliyat turlarida bо‘lgani singari о‘yin jarayoniga bolaning
butun shaxsiyati, uning psixik bilish jarayonlari, iro dasi, hissiyoti va ta’sirchanligi, ehtiyoj va qiziqishlari jalb etiladi, о‘yinda bola faol harakat qiladi, gapiradi, о‘z bilimlarini qо‘llaydi. О‘yin о‘ziga xos xususiyatga ega. О‘yin bolaning shaxsiy tashabbusiga kо‘ra vujudga keladigan, о‘zining faol ijodiy yо‘sindagi, yuksak ta’sirchanlik ruhi bilan ajralib turadigan erkin va mustaqil faoliyatdir. О‘yin ertalab nonushtagacha (15-20 daqiqa) boshlanadi va nonushtadan keyin, mashg‘ulotlar о‘rtasida, ochiq havoda, uyqudan keyin о‘tkaziladi. Ertalab rolli о‘yinlar, qurish-yasash, harakatli о‘yinlarni tashkil qilish tavsiya etiladi. Mashg‘ulot о‘rtasida harakatli, qoidali о‘yinlar ham о‘tkazib turiladi.
Ochiq havodagi о‘yinlarga esa yugurish, otish, sirpanish bilan bog‘liq bо‘lgan о‘yinlar, qoidali о‘yinlar (oq terakmi kо‘k terak, ona bо‘ri kabilar) kiradi.
Kunduzgi uyqudan keyingi о‘yinlarga qurilish о‘yinlari, ertak bо‘yicha sahnalashtiriladigan, rolli о‘yinlar, didakgik о‘yinlar va h.k. kiradi.



Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish