Samarqand davlat chet tillar instituti I. Tuxtasinov, N. Isakulova, B. Kulmatov bolalar pedagogikasi


MTM ta’lim dasturini tuzish bо‘yicha tavsiyalar



Download 1,09 Mb.
bet53/99
Sana04.06.2022
Hajmi1,09 Mb.
#636464
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   99
Bog'liq
fayl 1493 20210818

MTM ta’lim dasturini tuzish bо‘yicha tavsiyalar


Ta’lim dasturi – MTM Davlat о‘quv dasturiga asosan muayyan yosh guruhida tashkil etiladigan ta’lim jarayonini amalga oshirishga xizmat qiluvchi muhim hujjat bо‘lib, u qо‘yilgan maqsadlarga erishishni ta’minlashi lozim.
Dastur – muhim vosita bо‘lib, uning yordamida tarbiyachilar (mutaxassislar) О‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qо‘yiladigan Davlat talablariga muvofiq muayyan yosh guruhidagi bolalar uchun eng maqbul va samarali shakllar, metodlar va ta’lim jarayonini tashkil qilish yо‘llarini belgilaydilar.
Dastur majburiy qism va ta’lim jarayoni ishtirokchilari tomonidan shakllantiriladigan qismdan tashkil topadi. Har ikki qism ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qо‘yiladigan Davlat talablarini amalga oshirish nuqtai nazaridan о‘zaro bir-birini tо‘ldiruvchi hamda zaruriy hisoblanadi. Dasturning majburiy qismi barcha beshta ta’lim sohasi: jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish; nutq, muloqot, о‘qish va yozish kо‘nikmalari; bilish jarayonining rivojlanishi; ijtimoiy-hissiy rivojlanish hamda ijodiy rivojlanishni amalga oshirishga kompleks yondashuvni kо‘zda tutadi. Dastur tarbiyachi (mutaxassis) ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga quyiladigan Davlat talablari asosida bolalar rivojlanishining muayyan sharoitlari, ehtiyojlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’limning individual pedagogik modelini qanday yaratayotganini kо‘rsatib berishi lozim. Dastur uchta asosiy bо‘limni qamrab oladi (7.1-jadvalga qarang):
7.1-jadval.
Dastur bо‘limlari



Dastur bо‘limlari

Dastur bо‘limlarining mazmun-mohiyati

1.

maqsadli

tushuntirish xati hamda dastur о‘zlashtirilishining rejalashtirilayotgan natijalarini о‘z ichiga oladigan bо‘lim

2.

mazmunli

Dasturning umumiy mazmunini ifodalovchi va bolalar shaxsining tо‘laqonli rivojlanishini ta’minlovchi bо‘lim

3.

tashkiliy

Dasturning moddiy-texnik ta’minoti ta’rifini, ta’lim va tarbiyaning metodik materiallar va vositalar bilan ta’minlanganligini, kun tartibini, shuningdek, tadbirlar, bayramlar, rivojlantiruvchi muhitni о‘z ichiga oluvchi bо‘lim

Dastur MTMning pedagogik kengashida muhokama qilinadi va mudir buyrug‘i bilan tasdiqlanadi va quyidagi tarkiblardan iborat:


Mundarija sahifalar kо‘rsatilgan holda Dasturning barcha qismlari, paragraflar, bо‘limlar nomi, adabiyotlar va ilovalar rо‘yxati, matnda mavjud bо‘lgan barcha sarlavhalarni о‘z ichiga oladi. Ularning ta’rifi ish mazmuniga tо‘liq mos kelishi, qisqa, aniq va izchil bо‘lishi hamda uning ichki mantiqiy qonuniyatlarini aniq ifodalashi lozim.
Maqsadli bо‘lim tarkibiga tushuntirish xati kiradi va unda Dastur ishlab chiqilishiga asos bо‘lgan meyoriy-huquqiy hujjatlar, shuningdek, ta’lim jarayonini tashkil qilishning turli shakllari, metodlari va yо‘llari kо‘rsatilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, quyidagilar ham ta’riflanishi lozim:
dastur bо‘yicha ta’lim olayotgan tarbiyalanuvchilarning yoshga oid ruhiy va individual xususiyatlari;
dasturning maqsadi;
dasturning vazifalari;
dasturni amalga oshirish muddati;
asosiy tamoyillar;
bola shaxsining asosiy tavsiflari.
Dasturning maqsadli yо‘nalishlari ta’rifi maktabgacha ta’lim muassasasining Davlat о‘quv dasturi hamda О‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qо‘yilgan Davlat talablarining maqsadli yо‘nalishlariga mos kelishi lozim.
Mazmunli bо‘limga bola rivojining beshta ta’lim sohasi yо‘nalishlariga mos ravishdagi ta’lim faoliyatining ta’rifi kiradi: ta’lim sohasining vazifalari, ta’lim faoliyatining mazmuni, ta’lim faoliyatining natijalari, mintaqaviy tarkibiy qism (komponent), ta’lim sohasini amalga oshirish bо‘yicha ta’lim faoliyatini tashkil qilish shakllari.
Kompleks-mavzuviy rejalashtirish (barcha beshta ta’lim sohasini amalga oshirishni hisobga olgan holda). Mazkur kichik bо‘limning ta’rifi integrativ modelni kо‘zda tutadi va u hafta mavzusini faoliyatning turli kо‘rinishlarida, shakllarida, ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari bilan birgalikda ochib beradi. Dasturda ifodalangan kompleks-mavzuviy rejalashtirishning tarkibiy qismi jadvallar kо‘rinishida taqdim etilishi mumkin. Kompleks-mavzuviy rejada dasturdagi bо‘limlar va mavzularni о‘rganish ketma-ketligi ochib beriladi. Ta’lim faoliyatining taqsimoti, bolalar bilan ishlash shakllari va yakuniy tadbirlar kо‘rsatiladi.
Tashkiliy bо‘lim. Mazkur bо‘limda kun tartibi, о‘quv yili tuzilmasi, ta’lim faoliyati jadvali (meyoriy hujjatlarga muvofiq), yoshni hisobga olgan holda rivojlantiruvchi muhitni tashkil qilish, tarbiyalanuvchilarning yoshi va individual xususiyatlari, ularning ta’lim ehtiyojlari va qiziqishlarini hisobga olgan ravishda Dasturni amalga oshirishining turli shakllari, metod va vositalarining qisqacha ta’rifi beriladi. Shuningdek, turli xildagi faoliyatning о‘ziga xos ruhiy-pedagogik xususiyatlari, tarbiyalanuvchilarning oilalari bilan о‘zaro hamkorlik turlari ifodalanishi mumkin.
Dasturni amalga oshirish shartlari:
moddiy-texnik ta’minot;
о‘quv-metodik ta’minot (dasturlar, texnologiyalar, о‘quv qо‘llanmalari, ilmiy-metodik va о‘quv-metodik adabiyot, bolalar, ota-onalar uchun mо‘ljallangan adabiyot, internet-resurslar, ta’limiy CD disklar, didaktik material, hujjatlar).
Foydalanilayotgan adabiyotlar rо‘yxati.
Dasturga ilovalar, ularda quyidagi materiallar berilishi mumkin:
mashg‘ulotlar ishlanmalari, xordiq, bayramlar ssenariylari va h.k;
tarbiyachi ishining chuqurlashtirilgan yо‘nalishi bо‘yicha ish dasturi (rejasi);
о‘yinlar va didaktik о‘yinlar ta’rifi;
pedagoglar va ota-onalar uchun mahorat maktabi ssenariylari;
har bir yosh bо‘yicha ilova qilinadigan metodik jild-tо‘plamlar;
ota-onalar uchun tarbiyalanuvchilarning oilalari bilan hamkorlikning turli shakllari ssenariylari (maslahatlar, davra suhbatlari, treninglar, praktikumlar, seminarlar) [12; 16-17-b.].

7.2-jadval.



Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish