Tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari. Tarbiya jarayonining mazmuni va tuzilishi
Ta’lim va tarbiya tushunchasining qaysi biri kengroq ma’noga ega ekanligi xususidagi bahs samarasizdir, chunki hamma ran ularning qaysi maqsadda qo‘llanishidadir. Adabiyotlarda ko‘p uchraydigan «ta’lim» va «tarbiya» so‘zlarini pedagogik jarayonning qarama-qarshi tomonlarini ifodalash uchun qo‘llanishi unchalik to‘g‘ri emas. Binobarin, ta’lim bilim berishning maqsadga muvofiq jarayoni sifatida doimo muayyan shaxslarni tarbiyalashni o‘z ichiga oladi. Tarbiyaning yo‘nalishi esa, hatto, ta’limning mazmuni va saviyasi bilan rasman bir xil bo‘lsa ham, prinsip jihatdan turlicha — insonparvar demokratik yoki totalitar bo‘lishi mumkin. Ta’lim-tarbiya muassasalarida amalga oshiriladigan chuqur pedagogik jarayon sifatidagi tarbiya haqida gapirish uning faqat bir tomonini - kasbiy jihatini ko‘rsatishni bildiradi. Tarbiya hamma vaqt xalq orasidagi hodisa, ijtimoiy hayotning doimiy kategoriyasi hisoblangan [21; 90-b.].
Tarbiyaning ijtimoiy tabiatini anglash davlat va xalq tarbiyasi, jamiyat va shaxe tarbiyasi o‘rtasidagi maqsadga muvofiq va tasodifiy tarbiya o‘rtasidagi tafovutini, tarbiyaviy ta’sir obektining g‘oyat murakkab tugunini bilish imkonini beradi. Tarbiya shaxsni maqsadga muvofiq yo‘sinda shakllantirish, unda fazilatlarni tarkib toptirish jarayonidir. Tarbiya tarbiyani amalga oshiruvchilar kutadigan natija mavjudligini talab qiladi. U ikki turdagi faoliyatni, ya’ni shakllanuvchi va shakllantiruvchi faoliyatni bajaruvchilar tarbiyaning tashkilotchilari, shakllanuvchi faoliyatni bajaruvchilar esa tarbiyaning yolg‘iz yoki jamoaviy obektlari hisoblanadi.
Tarbiyaning o‘ziga xos xususiyatlari uning ikki tomoni - obekta va subektiv jihatlari mavjudligidir. Uning shakllantiruvchi faoliyatlarini bajaruvchilar o‘zlari xohlasa-xohlamasa tarbiyaning obekti ekanligida ko‘rinadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, obektlik shakllanuvchi va shakllantiruvchi faoliyatlar hamda ularning elementlari o‘rtasida, shuningdek, har bir faoliyatning elementlari urtasida ichki obektiv bog‘lanish va munosabatlar mavjudligida namoyon bo‘ladi. Shakllantiruvchi va shakllanuvchi faoliyatning subektiv tomoni u yoki bu faoliyatni bajaruvchilar subektlar hisoblanadi va tarbiyaning natijalari ularning ichki holatiga, egallagan shaxsiy xususiyatlari, qiziqishlari, ehtiyojlari hamda qobiliyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Tarbiya ba’zan to‘plangan bilimlarni, faoliyat tajribalarini yosh avlodga berishning yo‘li sifatida, ba’zan erishilgan ma’naviy madaniyatni qayta tiklash va rivojlantirishning omili sifatida va ba’zan ijtimoiy munosabatlarning alohida shakli sifatida ta’riflanadi [21; 91-b.].
Tarbiyaning maqsadi - uning ko‘zlangan natijasidir. U jamiyat rivojlanishining extiyojlarini o‘zida aks ettiradi va jamoatchilik hamda davlat hujjatlarida ifodalanadi, pedagogik ta’limotlar va nazariyalarda muayyanlashtiriladi hamda batafsil yoritiladi. Tarbiyaning maqsadi - shaxsni har tomonlama va uyg‘un kamol toptirish, uning ma’naviy, axloqiy-estetik qadriyatlarini shakllantirish, yuksak darajada uyushgan va shakllangan jamoalarni vujudga keltirishdir. Tarbiyaning maqsadlarini oxirgi va oraliq, umumiy va muayyan, asosiy va yo‘l-yo‘lakay maqsadlarga tasniflash mumkin. Maqsad bilan bir qatorda hal qilinishi maqsadga erishishni ta’minlaydigan vazifalar ham turadi. Masalan, tarbiyan ing umumiy maqsadini ro‘yobga chiqarish, ya’ni shaxsni har tomonlama kamol toptirish uchun aqliy, axloqiy, g‘oyaviy-siyosiy, estetik, mehnat va jismoniy tarbiya vazifalarini amalga oshirish zarur [21; 92-b.].
Do'stlaringiz bilan baham: |