Samarqand davlat chet tillar instituti I. Tuxtasinov, N. Isakulova, B. Kulmatov bolalar pedagogikasi



Download 2,79 Mb.
bet72/89
Sana19.05.2022
Hajmi2,79 Mb.
#604517
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   89
Bog'liq
BOLALAR PEDAGOGIKASI Дарслик 2-кисм (24.04.2020)

Adabiyotlar bilan ishlash
Ko‘rgazmalik metodlari
Ta’limning ko‘rgazmalilik metodidan amaliy faoliyatda foydalanishda namoyish etish, tasvirlash va ekskursiya metodi bilan ish ko‘rishda ta’lim oluvchilarni turli mavzularda tasviriy materiallar bilan ishlashga jalb etish muhim didaktik ahamiyatga ega [28; 93-b.].


Amaliy metodlar
Amaliy mashg‘ulotlar metodi, asosan o‘zlashtirilgan ilmiy bilimlarni mustahkamlash va uni amalda qo‘llay olish, tegishli ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishni ta’minlashga xizmat qiladi. Odatda mashq qildirish deganda ilmiy bilim va ma’lum bir ish – harakatni o‘zlashtirish yoki takomillashtirish maqsadida rejali ravishda tashkil etilgan takrorlash tushiniladi. Mashq qildirish metodi o‘quv predmetlarining mazmuni va tavsifiga qarab turlicha olib borilishi mumkin. Ta’lim oluvilarning o‘zlashtirgan ko‘nikma va malakalarini mustahkamlash va ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda mashq qildirish quyidagi talablarga amal qilishi lozim:
1. Topshiriqning maqsadi ta’lim oluvchilarga aniq va ravshan tushuntirilgan bo‘lishi, mazmuni va uni ishlash yo‘llari esa puxta o‘qtirilgan bo‘lishi lozim.
2. Ta’lim oluvchilar diqqati taqdim etilayotgan mashqqa jalb qilinishi, jamoaning va har bir ta’lim oluvchining intilish va qiziqishlari hisobga olinishi lozim.
3. Topshiriq rejalashtirilgan (loyihalangan) tizim asosida va ularni bajarishdagi jarayonlarning izchilligiga asoslangan bo‘lishi lozim.
4. Ma’lum qoida yuzasidan o‘zlashtirilgan ko‘nikma va malakalar shu qoidaga oid boshqa mazmundagi topshiriqlarni bajarishda ham osonlik bilan qo‘llanilishi lozim.
5. Topshiriq berilishida ta’lim oluvchilarni faollashtirilgan ijodiy faoliyatga yo‘naltirilishini ham e’tiborga olishi lozim.
6. Beriladigan topshiriq (mashq va shu kabilar)ni ta’lim oluvchilarning belgilangan vaqti ichida albatta bajara olishligini e’tiborga olish kerak va bunda ta’lim oluvchilarning intellektual salohiyatiga (umumiy va ayrim hollarda xususiy intellektual salohiyatiga) e’tibor qaratilishi mashq qilish jarayonining optimal variantlarini kafolatlash imkoniyatini beradi.
Ta’lim metodlarining bu turida ta’lim oluvchilarga beriladigan yozma ijodiy mashqlar va topshiriqlar muhim o‘rin egallaydi. Shuningdek, ta’lim oluvchilarga berilidagan mashq – topshiriqlar ichida kollokumlar bajarish hamda ayrim mavzular bo‘yicha mustaqil ma’ruzalar tayyorlash va grafik ishlarni bajarish ta’lim oluvchilarning mazkur sohadagi ongli ijodiy munosabatini yanada yuksaltirishga didaktik asos bo‘ladi.
Labaratoriya metodi. Bu ta’lim jarayonida ta’lim oluvchilarga atrofni o‘rab turgan obektiv borliqdagi narsa va hodisalar, ularning shakli, hajmi, tarkibi, tuzilishi, o‘zgarishi va rivojlanishi qobiliyatlari haqida yangi – yangi bilimlar berish, o‘zlashtirayotgan ilmiy bilimlarni mustahkamlash hamda tegishli ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirishda muhim ahamiyatga ega.
Demak, bu shunday ta’lim metodiki, unda ta’lim oluvchi ta’lim beruvchi rahbarligida oldindan belgilangan reja asosida tajribalar o‘tkazadi yoki amaliy vaziflarni bajaradi va shu jarayondagi bilimni yangilaydi va tushinib yetadi. Shu sababli ham ular qat’iy reja asosida olib boriladi. Reja ta’lim mazmunini ta’lim oluvchilar tomonidan tajribalar va amaliy ishlarni bajarish hamda o‘rganishning ko‘rsatmalarini ifodalovchi ta’lim beruvchining hujjati hisoblanadi. Unda mashg‘ulot mavzusi, ishning maqsadi, unga ajratilgan vaqt, mashg‘ulot mavzusining mazmuni, mashg‘ulot bo‘yicha adabiyotlar ro‘yxati o‘z ifodasini topadi.
Labaratoriya metodi, deyarli barcha fanlar bo‘yicha ta’lim berishda uchraydi. Ayrim fanlarda, ya’ni, fizika, kimyo, biologiya, geografiya, kasbiy ta’limga oid fanlarda, psixologiya, informatika va shu kabi predmetlarni o‘rganishda esa ko‘proq qo‘llaniladi. Ular maxsus jihozlangan labarotoriya xonasida tegishli moddiy – texnika vositalari va majmualari yordamida olib boriladi. Labaratoriya mashg‘ulotlari xususiyatiga ko‘ra quyidagicha turlarga va shakllarga bo‘linadi (8.2 – rasmga qarang):





Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish