О‘zini-о‘zi nazorat qilish va muhokama qilish uchun savollar Ta’lim olish harakatlari deganda nimani tushunasiz?
Kichik yoshdagi o‘quvchilarning qiziqishlari nimalarda kо‘rinadi?
Motiv tushunchasi deganda nimani tushunasiz?
Motivning qanday shakllari mavjud?
Motivning qanday turlari mavjud?
Mustaqil ish topshiriqlari Boshlang‘ich sinf о‘quvchisining qiziqishlarini tahlil qiling.
7-BOB. BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA O‘QITISH SHAKLLARI, TAMOYILLARI VA QOIDALARI Reja: O‘qitish shakllari va turlari. Differensial o‘qitish. O‘qitishning transformatsiya shakli.
Dars turlari va tiplari. Darsga tayyorgarlik.
Dars ishlanmalari namunalari. Uyga vazifalar.
O‘qitish tamoyillari va qoidalari.
Tayanch sо‘z va iboralar: dars turlari, dars tiplari, darsga tayyorgarlik, dars ishlanmalari, uyga vazifalar, o‘qitish tamoyillari, o‘qitish qoidalari
O‘qitish shakllari va turlari. Differensial o‘qitish. O‘qitishning transformatsiya shakli Jahon pedagogika fani va amaliyotida ta’limni tashkil etishning turli shakllari bor. Jamiyat rivojining har bir yangi bosqichi ta’limni tashkil etishga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Ayni vaqtda ta’limning quyidagi shakllari ajratilib ko‘rsatiladi:
individual;
individual – guruhli;
sinf – dars;
ma’ruza – seminarli;
sinfdan tashqari;
auditoriyadan tashqari;
maktab va maktabdan tashqari.
Ulardan ta’lim oluvchilarni qamrab olishi, ta’lim oluvchilar faoliyatini tashkil etishi, jamoaviy va individual shakllarining nisbatlari, mustaqiligi darajasi va o‘qish jarayoniga rahbarlik qilish xususiyatlari kabi belgilariga ko‘ra quyidagi asosiy turi iste’molda foydalanib kelinmoqda:
individual;
individual – guruhli;
sinf-dars;
ma’ruza-seminarli [28; 118-b.].
Hozirgi vaqtda respublika ta’lim muassasalarida o‘qitishning 7.1-rasmdagidek ko‘rinishlaridan foydalanilmoqda [28; 123-b.].
Bugungi kunda darslarni tashkil etishga nisbatan quyidagi didaktik talablar qo‘yilmoqda:
1. Darsning maqsadi va vazifalarining aniqligi hamda pedagogik jihatdan to‘g‘riligi.
2. Darsning ta’limiy, tarbiyaviy va shaxsni rivojlantiruvchanlik vazifalarining birligi va uzviyligi.
3. O‘qitishning yaxlit dars va uning ma’lum qismlari, vazifalari hamda mazmuniga muvofiq keladigan ta’lim oluvchilarning bilish faolliklari va mustaqil faoliyatlarini ta’minlashga xizmat qiluvchi maqbul metodlarni tanlash.
4. Mashg‘ulotlarning turli shakllari: jamoa; guruhli va yakka tartibdagi shakllarini maqbul ravishda qo‘shib olib borish.
5. Ta’lim beruvchining rahbarlik vazifasi bilan ta’lim oluvchining faol bilish faoliyatini birga olib borish.
6. Darslarning o‘zaro uzviy va dialektik xususiyatga ega bo‘lishiga erishish.
7. Ta’lim oluvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olish.
8. Darsda ta’lim oluvchilarni o‘qitish va tarbiyalash uchun qulay shart-sharoit yaratish.
9. Darslarni demokratik tamoyillar asosida tashkil etish.
10. Darsda ta’lim oluvchilar erkinligini ta’minlash.
Demak, ta’lim oluvchilarni bilim, ko‘nikma va malaka bilan qurollantirishda mashg‘ulotning asosiy qismini ishg‘ol qilgan ta’lim shakli u yoki bu ko‘rinishdagi dars turini tashkil etar ekan [28; 124-b.].